Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin

Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling
Firibgarlik turlari va ularning ishlash usullari

Firibgarlik turlari

 

 

1. Bir martalik parollar (OTP) bilan aldash 

 

Firibgar qanday harakat qiladi: 

● O‘zini Markaziy bank xodimi, tanish odam yoki boshqa bank vakili sifatida tanishtiradi. 

 ● Mijoz nomiga kredit rasmiylashtirilayotgani yoki akkaunti buzilmoqchi ekanini aytadi. 

 ● “Himoya qilish” bahonasida SMS orqali kelgan bir martalik parolni (OTP) so‘raydi. 

 ● Ba’zan ishonch uyg‘otish uchun soxta guvohnoma yuboradi. 

 

Keyin nima bo‘ladi: 

● Firibgar OTPni qo‘lga kiritgach, mijoz nomidan turli operatsiyalarni amalga oshiradi: onlayn kredit rasmiylashtiradi, P2P pul o‘tkazmalari qiladi, omonatlar ochadi va mablag‘larni yechib oladi.  

● Barcha operatsiyalar boshqa odamlar nomiga ochilgan va firibgarlarga sotilgan drop kartalar va drop akkauntlar orqali amalga oshiriladi.

  

 

 

 

2. “Pul o‘tkazishda xato” va mablag‘ni qaytarish  

 

Firibgar qanday harakat qiladi: 

● Mijoz kartasiga kichik summa o‘tkazadi. 

● Qo‘ng‘iroq qilib: “Tasodifan sizga pul yuborib qo‘ydim, iltimos, qaytarib yuboring,” deydi. 

● Mablag‘ni “qaytarish” uchun noodatiy usul taklif qiladi: havola, kod yoki karta ma’lumotlarini kiritish kerak bo‘lgan servis. 

 

Keyin nima bo‘ladi: 

● Jabrlanuvchi karta raqamini, CVV-kodini, amal qilish muddatini kiritadi va OTP orqali tasdiqlaydi. 

● Firibgarlar kartaga to‘liq kirish huquqini qo‘lga kiritib, undagi barcha mablag‘larni yechib olishadi.

 

 

 

 

3. Onlayn marketpleyslar orqali firibgarlik  

 

Firibgar qanday harakat qiladi:  

● OLX kabi platformada e’lon topadi va sotib olish istagini bildiradi.  

● Boshqa shaharda ekanini aytadi va shaxsan uchrasha olmasligini bildiradi. Mashhur yetkazib berish xizmatlariga o‘xshash soxta sayt orqali “qulay yetkazib berish”ni taklif qiladi (masalan, BTS yoki boshqa).  

● Jabrlanuvchini soxta saytga yo‘naltiradi. Sayt interfeysi haqiqiy xizmat saytiga juda o‘xshash bo‘ladi.  

 

Keyin nima bo‘ladi:  

● Qurbon havola orqali saytga o‘tadi va tanish interfeysni ko‘radi.  

● Karta ma’lumotlarini soxta saytga kiritadi.  

● Ma’lumot kiritilgach, ular darhol firibgarlarga tushadi. 

 

 

 

 

 

4. Akkauntlar va kartalarni sotish  

 

Firibgar qanday harakat qiladi:  

● Mijozlardan identifikatsiyadan o‘tgan akkauntlar yoki kartalarni sotib oladi.  

● Shu asosda virtual kartalar ochadi, kredit rasmiylashtiradi va boshqa odamlarning mablag‘larini o‘tkazadi.  

 

Keyin nima bo‘ladi:  

● Barcha amallar mijoz nomidan bajarilgandek hisoblanadi.  

● Akkauntini sotgan shaxs barcha operatsiyalar uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. 

 

 

 

 

5. Android uchun zararli fayllar  

 

Firibgar qanday harakat qiladi:  

● Telegram orqali .apk formatdagi “foydali dastur” deb nomlangan zararli fayllarni yuboradi.  

● Foydalanuvchi faylni yuklab oladi va ochadi.  

 

Keyin nima bo‘ladi:  

● Virus telefondan ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi (SMS, parollar, bank hisoblari).  

● Avtomatik tarzda qurilma egasining kontaktlariga tarqaladi.  

● iOS tizimida bu usul ishlamaydi, shuning uchun firibgarlar ko‘proq Android foydalanuvchilarini nishonga olishadi.  

 

 

6. Soxta yutuqlar va lotereyalar  

 

Firibgar qanday harakat qiladi:  

● “Yutuq” yoki “lotereya”da g‘olib bo‘lganingizni aytadi.  

● Sovrinni olish uchun “soliq” yoki “komissiya” to‘lashni so‘raydi.  

 

Keyin nima bo‘ladi:  

● To‘lovdan keyin firibgarlar aloqani uzishadi.  

● Hech qanday sovrin mavjud emas. nbsp;

 

 

 

 

7. . Soxta investitsiyalar va kriptovalyutalar  

 

Firibgar qanday harakat qiladi:  

● Pulni kriptovalyuta, aksiyalar yoki “investitsion platforma”ga kiritishni taklif qiladi.  

● Yuqori daromad va’da qiladi.  

 

Keyin nima bo‘ladi:  

● Pul firibgarlarga yuboriladi.  

● Daromad soxta bo‘lishi yoki umuman yo‘qolib ketishi mumkin.  

 

 

Agar firibgarlikka uchrasangiz 

1. Darhol barcha kartalarni bloklang — mobil ilovada yoki kontakt-markaz raqami orqali: 78 140 69 00 / 1296

2. Agar onlayn imkoniyat bo‘lmasa, pasport bilan bank bo‘limiga murojaat qiling. 

3. Kartalarni qayta chiqarishni rasmiylashtiring — firibgarlar ulardan foydalana olmaydi. 

4. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling va ariza yozing. 

5. Isbotlarni saqlang — yozishmalar, skrinshotlar, telefon raqamlari, havolalar. 

6. Muhim akkauntlaringizdagi parollarni almashtiring.

 

 

Muhim eslatma: 

 

Bank hech qachon mijozdan bir martalik parol (OTP), PIN-kod, CVV yoki boshqa maxfiy ma’lumotlarni so‘ramaydi, mustaqil pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni, “zaxira hisob raqamiga” mablag‘ yuborishni yoki telefon orqali operatsiyalarni tasdiqlashni so‘ramaydi. Mijozlar bilan aloqa faqat rasmiy kanallar orqali olib boriladi: mobil ilova, rasmiy Telegram chat — @ipaksupport va yagona raqamli kontakt-markaz — 78 140 69 00 / 1296. Agar shubhali harakatlarni sezsangiz — suhbatni darhol yakunlang. .

 

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner