112 749
marta ijtimoiy tarmoqlar, OAV va bloglarda tilga olindi
2025-yil Ipak Yuli Bank uchun yangi rivojlanish bosqichiga o‘tishda muhim yil bo‘ldi. Bank chakana va biznes yo‘nalishlarida barqaror o‘sishga erishdi, xalqaro hamkorliklarni kengaytirdi, ESG yo‘nalishini kuchaytirdi va muhim mahsulotlarni ishga tushirdi.

2025-yil kuzida Ipak Yuli Bank yangilangan — Think BIG / Katta maqsadlar sari / Ради больших целей — strategik platformasini taqdim etdi. Rebrending bank rivojlanishida yangi, yanada yetuk va uzoq muddatli maqsadlarga yo‘naltirilgan bosqichni boshlab berdi.
Yangilanish nafaqat vizual aydentikani, balki brend falsafasini ham qamrab oldi: mijozlarning katta maqsadlariga e’tibor, iqtisodiyotning barqaror rivoji va bankning ishonchli moliyaviy hamkor sifatidagi o‘rni.
2025-yil mart oyida Ipak Yuli Bank ayollar va ularning kundalik moliyaviy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan yangi formatdagi chakana mahsulot — Woman Card’ni muvaffaqiyatli ishga tushirdi.
Bugungi kunda Woman Card — bu qulaylik, foyda va o‘zini erkin namoyon etish imkoniyatini qadrlaydigan 150 000 dan ortiq ayollar tanlovidir. Bir yil davomida loyihaga savdo, beauty, restoranlar, ta’lim, xizmatlar va sog‘liqni saqlash sohalaridan 120 dan ortiq hamkorlar qo‘shildi.
Yilning eng yorqin mahsulotlaridan biri yosh auditoriya va geymerlar hamjamiyatiga mo‘ljallangan Visa PUBG MOBILE kartasi bo‘ldi. Loyiha bankning chakana mahsulotlarni rivojlantirishdagi noodatiy yondashuvini namoyish etdi va yangi avlod mijozlari bilan muloqot o‘rnatishga xizmat qildi.

Raqamli tajriba sifati chakana biznes o‘sishining muhim omillaridan biri bo‘ldi. 2025-yil oxirida Ipak Yuli Mobile ilovasi CX Banking Index reytingida quyidagi mukofotlarni qo‘lga kiritdi.
• First Impression nominatsiyasida — kumush
• Daily Banking nominatsiyasida — bronza
marta ijtimoiy tarmoqlar, OAV va bloglarda tilga olindi
nafar mualliflar bank haqida kontent yaratdi
dan ortiq reaksiya
neytral izohlar
ijobiy izohlar
salbiy izohlar
2025-yilda mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Dekabr oyida Ipak Yuli Bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan umumiy qiymati 50 mln AQSh dollari bo‘lgan ikki kredit liniyasini imzoladi:
• 35 mln dollar — kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun
• 15 mln dollar — GEFF doirasida “yashil” loyihalar uchun

FMO’dan
JICA’dan
Inecobank CJSC'dan
Hisob-kitoblarni qulay amalga oshirish va korporativ xarajatlarni boshqarish maqsadida bank sentabr oyida Visa Business va Visa Platinum Business kartalarini ishga tushirdi. Ushbu kartalar xizmat safarlari xarajatlarini, onlayn to‘lovlarni hamda kompaniyaning kundalik ehtiyojlarini to‘lash uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, bank xalqaro savdo uchun quyidagi yechimlarni ham taqdim etdi:
• xalqaro savdo operatsiyalari bo‘yicha moliyalashtirish (TradeLoan) — 50 000 AQSh dollaridan boshlab;
• mijozlarning savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun faktoring;
• mijozlarning savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun faktoring savdo nuqtalarida va onlayn to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi ekvayring va savdo terminallari.
2025-yil sentabr oyida Ipak Yuli Bank Osiyo Taraqqiyot Bankining Trade and Supply Chain Finance Program (TSCFP) dasturi doirasida Confirming Bank maqomini oldi. Bu bank mijozlarining eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirdi.
Shuningdek, 2025-yil aprel oyida bank Commerzbank AG bilan Master Trade Loan Agreement imzolab, savdo moliyalashtirish salohiyatini kuchaytirdi va xalqaro hamkorlar tomonidan yuqori darajadagi ishonchga ega ekanini tasdiqladi.
Islomiy bank xizmatlarini rivojlantirish doirasida Ipak Yuli Bank O‘zbekiston Iqtisodiy Imkoniyatlarni Kengaytirish Jamg‘armasi bilan Murabaha vositasi asosida 20 mln AQSh dollari miqdorida bitim imzoladi. Ushbu moliyalashtirish shariat tamoyillariga to‘liq mos bo‘lib, mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda axloqiy moliyaviy vositalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
2025-yilda ESG yo‘nalishi yanada rivojlandi. Ipak Yuli Bank GEFF YTTB dasturi doirasida iqtisodiyotning uglerod izini kamaytirishga qo‘shgan hissasi va GREEN TFP dasturidagi eng yaxshi texnologik loyiha uchun ikki mukofotga sazovor bo‘ldi.
Bank q.watt bilan strategik hamkorlik memorandumi imzolab, O‘zbekistonda ilk co-brand shahar veloshering xizmati — Tashkent𝑹𝒊𝒅𝒆 loyihasini ishga tushirdi. Ushbu hamkorlik bankning ESG strategiyasi doirasida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, ekologik va raqamli yechimlarni joriy etish, barqaror shahar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

2025-yilda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash Ipak Yuli Bank strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning tizimli asosi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda ayollar biznesda” dasturiga bankning uzoq yillik ishtirokiga tayangan.
2025-yilda bank Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tashabbusi bo‘lgan WE-Finance Code xalqaro tashabbusiga qo‘shildi. Bu ayollar tadbirkorlar uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishda shaffoflik va inklyuziya tamoyillariga sodiqlikni tasdiqladi.
Yilning muhim voqealaridan biri Visa bilan hamkorlikda O‘zbekistonda She’s Next global tashabbusining ishga tushirilishi e’lon qilinishi bo‘ldi. Dastur ayollarni tadbirkorlik yo‘lining turli bosqichlarida — g‘oya va ilk qadamdan tortib biznesni kengaytirishgacha — qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning birinchi bosqichi Boshlang! konsepsiyasi ostida amalga oshirilmoqda.

2025-yilda Ipak Yuli Bank O‘zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi (AmCham Uzbekistan) a’zosi bo‘ldi. Bu xalqaro biznes muloqotini rivojlantirish va bankning institutsional pozitsiyalarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Yil yakunlari Ipak Yuli Bankning chakana va biznes yo‘nalishlarida barqaror va muvozanatli o‘sishni ta’minlash, uzoq muddatli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va mijozlar hamda mamlakat iqtisodiyoti uchun qiymat yaratadigan yechimlarni joriy etish salohiyatini tasdiqlaydi.

2025-yil bank hayotida jamoaning hissasi yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Bugungi o‘sish va rivoj ortida 2 700 dan ortiq xodimning kundalik mehnati turibdi. Aynan shu ishonch, izchillik va bir yo‘nalishda harakat qilish bankni oldinga olib bormoqda.
Ipak Yuli Bank uchun bu yil natijalardan ko‘ra kengroq ma’noga ega bo‘ldi — u kelajak sari ishonch bilan qadam tashlash yili bo‘ldi.
Ipak Yuli Bank — katta maqsadlar sari