Karyera

Ipak Yuli Bank — o‘sish shu yerdan boshlanadi 

 

Biz O‘zbekistonning eng jadal rivojlanayotgan banklaridan birimiz. Erishgan yutuqlarimizning barchasi kuchli jamoamiz mehnati samarasidir. Biz g‘oyalarni qadrlaymiz, insonlarga ishonamiz va mutaxassislarning o‘sishiga imkon beramiz. 

 

Biz halol shartlar, ochiq imkoniyatlar va karyera yo‘lining har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlashni taklif etamiz. Qo‘shiling — birgalikda bank sohasi kelajagini barpo etamiz. 

Bank raqamlarda

2700+

bankni va insonlar hayotini yaxshilayotgan xodimlar

35 yil

katta maqsadlar sari intilamiz

17ta filial

poytaxt va hududlarda

Natijaga intilish

Biz har kuni daromadlarimizni oshirib, ko‘proq mijozlarni jalb qilib, bozordagi darajamizni yana va yana ko‘tarishga intilamiz. Shuning uchun har bir xodim aniq, yuqori natija uchun ishlashi bizga muhim.

Ko‘prog‘iga intilish

Biz lider bo‘lishimiz kerak. Buning uchun biz atrofimizdagi barcha narsani: jarayonlarni, yondashuvlarni, mahsulotlarni va ko‘nikmalarni doimiy rivojlantirishga tayyormiz.

Vaqt va resurslardan unumli foydalanish

Biz hamkasblarimizni, mijozlarimizni va umuman olganda bank vaqtini va energiyasini qadrlaymiz — shuning uchun barcha ishlarni vaqtida qilishga, bergan va’dalarimizni bajarishga va hech qachon kelishuvlarni buzmaslikka harakat qilamiz.

Qoidalarni hurmat qilish

Bizning qoidalarimiz — biz uchun mayoq. Ular bizga samaradorlik yo‘lidan adashib ketmaslikka, har kuni tezroq, yengilroq va yaxshiroq ishlashga yordam beradi. Shuning uchun biz qoidalarni hurmat qilamiz va doimo ularga bo‘ysunishga intilamiz.

Bank hayoti

Faoliyat yo‘nalishlari

Biznes yo‘nalishlari

Korporativ va chakana biznes, mijozlar va mahsulotlar bilan ishlash.

 

Bank tahlili va qo‘llab-quvvatlash

Xatarlar, moliya, komplayens, monitoring va boshqa muhim funksiyalar.

 

Kross-funksional jamoalar

IT, marketing, HR, loyiha yo‘nalishlari va boshqa zamonaviy sohalar.

 

Ipak Yuli Bankida karyera