Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasi

Boshqaruv raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot - sizning fikringiz muhim

Hurmatli mijozlar, xodimlar va hamkorlar!

 

Biz o‘z faoliyatimizni adolat, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillariga asoslab yuritamiz. Sizlarni ushbu qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashga, korrupsiya holatlari haqida xabar berishga va belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilishga chorlayman.

 

Biz nazorat tizimini kuchaytirdik: audit o‘tkazyapmiz, xodimlarni o‘qityapmiz, shaffof xarid jarayonlarini joriy etyapmiz va maxfiy murojaat kanallarini ta’minlayapmiz. Har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi, xabar berganlar esa ishonchli himoyaga ega bo‘ladi.Faqat birgalikda biz ishonchni saqlab, oldinga qadam tashlashimiz mumkin.

 

Halol va ochiq faoliyatga sadoqatingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman.

 

Hurmat bilan,
Saydaxmedov S.S.
Ipak Yuli Bank Boshqaruv raisi