She’s Next — ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi

 

Ipak Yuli Bank x She's Next, Empowered by Visa

 

She’s Next — bu o‘z biznesini boshlashni orzu qilayotgan yoki allaqachon rivojlantirib kelayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global tashabbusdir. Bankimiz O‘zbekistonda dasturining birinchi to‘lqinini ishga tushirishda Visa’ning bosh hamkoriga aylandi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — Ipak Yuli Bank ESG strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri. Biz har bir muvaffaqiyatli biznes jasur birinchi qadam bilan boshlanishiga ishonamiz. She’s Next tashabbusiga qo‘shilgan holda, biz O‘zbekiston ayollariga shu qadamni qo‘yish, o‘sish uchun zarur bo‘lgan ishonch, bilim va yordamni olishga ko‘maklashamiz. Biz uchun nafaqat moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish, balki tadbirkorlik madaniyatga va har bir ayol uchun imkoniyatga aylanishi mumkin bo‘lgan ekotizimni yaratish ham muhim.

She's Next raqamlarda

>70 000

17 ta mamlakatni qamrab olgan CISSEE mintaqasida (Ukraina, Gruziya, MDH davlatlari va Janubi-Sharqiy Yevropa) loyihada ishtirok etgan ayollar soni

79

G‘oliblar o‘z biznesini boshlash yoki rivojlantirish uchun moliyaviy grantlar oldilar

>$303 000

She’s Next g‘oliblari uchun ajratilgan moliyaviy grantlar umumiy miqdori

Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorligini rivojlantirish — Ipak Yuli Bank uchun ustuvor yo‘nalish. Visa bilan She’s Next dasturi orqali biz O‘zbekiston ayollariga g‘oyalarini hayotga tatbiq etish va biznesni rivojlantirishda yordam beramiz.

Saidahmedov Saidabror Saidiagzamovich

Bank Boshqaruvi Raisi (CEO)

Ochiqliq

Biz g‘oyalar muloqot va tajriba almashinuvi mavjud joyda tug‘ilishiga ishonamiz. She’s Next turli sohalardagi ayollarni birlashtirib, ilhom, muloqot va qo‘llab-quvvatlash uchun ochiq maydon yaratadi, har bir ayol g‘oyasini baham ko‘rishi mumkin.

Ishonch

Ishonch — o‘sish va hamkorlik asosi. Visa va Ipak Yuli Bank ayollarning o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlab, ularni barqaror biznes qurishga undaydi. Biz ayollarga kelajak uchun ishonamiz va ularning har bir qadami yonida bo‘lamiz.

Rivojlanish

She’s Next — bu oldinga harakat. Ta’lim, mentorlik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali ishtirokchilar o‘sish uchun zarur vositalarni oladilar. Rivojlanish — bu natija emas, balki yo‘l, biz esa uni ilhomlantiruvchi va muvaffaqiyatli qilamiz.

She’s Next — Visa’ning global tashabbusi bo‘lib, yuz minglab ayollarga biznesni boshlash va rivojlantirishda yordam berdi. O‘zbekistonda biz uni Ipak Yuli Bank bilan boshlaymiz, ishtirokchilarga bilim va qo‘llab-quvvat berib, ilhomlantiramiz.

Behzod Abdurahmonov

Visa’ning O‘zbekistondagi mintaqaviy menejeri

“Boshlang!” konsepsiyasi – boshlash uchun jasorat

 

 

O‘zbekistonda o‘tayotgan She’s Next dasturining birinchi bosqichi “Boshlang!” konsepsiyasi ostida tashkil etilgan. Bu konsepsiya boshlash uchun mukammal sharoitni kutish shart emas — eng muhimi, birinchi qadamni qo‘yish ekanini anglatadi. 

 

Dastur taqdimoti ijodkorlik, yetakchilik va ayollar energiyasini birlashtirgan Visa Fashion Week Tashkent tadbiri doirasida bo‘lib o‘tdi. Konsepsiya dizayner Nigora Xashimovaning kolleksiyasida vizual tarzda o‘z ifodasini topdi. Dizayner bilan hamkorlikda yaratilgan kolleksiya “Boshlang!” konsepsiyasining mohiyatini ifodalovchi go‘zal nomukammallik unsurlari va o‘sish hamda yuksalishga intilishni aks ettiruvchi ifodali choklarga ega jaketlardan iborat. 

 

 

Ushbu kolleksiya orqali Visa va Ipak Yuli Bank tadbirkorlik yakuniy natija emas, balki yo‘l ekanligi, va har bir ayol bugun boshlashi mumkinligi g‘oyasini yetkazmoqda. She’s Next esa ayollarda o‘zlariga ishonchni mustahkamlash, nomukammallik qo‘rquvini yengish va turli sohalarda o‘z bizneslarini rivojlantirishni boshlashga ilhom beradi.

Loyiha bosqichlari

1
Jalb qilish
Dastur tafsilotlarini e’lon qilish va ishtirokchilarni ariza topshirishga taklif etish.
2
Tanlov
Yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqish va final bosqichi ishtirokchilarini tanlash.
3
Qo‘llab-quvvatlash
Tanlab olingan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.
4
Tabriklash
Ishtirokchilarning yo‘lini nishonlash va ularning yutuqlarini dastur yakunlangandan keyin ham qo‘llab-quvvatlash.

Savollar va javoblar

O‘z biznesiga ega bo‘lgan yoki o‘z ishini boshlashni rejalashtirayotgan ayollar.

Yo‘q — ta’lim va dasturda ishtirok etish har doim bepul.

- Ariza topshirish;

- Arizalarni ko‘rib chiqish va finalistlarni tanlash;

- Qo‘llab-quvvatlash va mentorlik;

- Yakuniy bosqich — mukofotlar topshirish.

Ipak Yuli Bank sahifasida, dastur rasmiy veb-saytida, shuningdek, Telegram kanali va tashkilotchilarning ijtimoiy tarmoqlarida.

Boshqa postlar

Hammasi rejadagidek — onlayn mikroqarzi bilan

Hammasi rejadagidek — onlayn mikroqarzi bilan

Garovsiz va kafilsiz tezkor xaridlar uchun tezkor pul
Ipak Yuli Bank biznes uchun yagona QR-kodni ishga tushirdi — uni ulash bir necha daqiqada

Ipak Yuli Bank biznes uchun yagona QR-kodni ishga tushirdi — uni ulash bir necha daqiqada

To‘lovlarni tez va qulay qabul qiling: bitta QR-kod va oson ulanish
Keshbek – har kuni, har joyda

Keshbek – har kuni, har joyda

Keshbek — kundalik xaridlarni yanada foydaliroq qilishning eng oson usuli
Ipak Yuli Bank 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi

Ipak Yuli Bank 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi

2025-yilda erishilgan asosiy natijalar, yutuqlar va muhim tashabbuslar
Ipak Yuli Bank x She's Next, Empowered by Visa

Ipak Yuli Bank x She's Next, Empowered by Visa

She’s Next — bu xalqaro tashabbus bo‘lib, o‘z biznesini boshlashni orzu qilayotgan yoki uni rivojlantirayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bizning bank Visa’ning O‘zbekistondagi dasturini ishga tushirishdagi bosh hamkoriga aylandi.
 Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling

Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling

Firibgarlik turlari va ularning ishlash usullari

Korporativ karta egalari uchun imtiyozlar

Korporativ kartalar biznesingiz uchun chegirmalar, bonuslar va premium xizmatlarga yo‘l ochadi.
Ipak Yuli Bank Namangan Flower Fest'da

Ipak Yuli Bank Namangan Flower Fest'da

Gullar qanday qilib yangi hayotga ega bo‘ladi
Tashkent𝑹𝒊𝒅𝒆 –– shahrimizda yashil harakat aynan shu yerdan boshlanadi

Tashkent𝑹𝒊𝒅𝒆 –– shahrimizda yashil harakat aynan shu yerdan boshlanadi

Shahar, texnologiyalar va odamlarni birlashtiruvchi platforma — yashash uchun qulay muhit sari qadam
Ipak Yuli Bank’dan Tradeloan

Ipak Yuli Bank’dan Tradeloan

Xalqaro bitimlarni moliyalashtirish