Ipak Recycling

Ipak Yuli Bank’ning chiqindilarni kamaytirish va resurslardan mas’uliyatli foydalanishga qaratilgan tashabbusi.

Biz tadbirlar, festivallar va boshqa loyihalardan keyin materiallarni chiqindiga tashlamasdan, ularni qayta ishlash va qayta foydalanish imkoniyatlarini izlaymiz. Shu tariqa chiqindiga aylanishi mumkin bo‘lgan materiallardan yangi va foydali buyumlar yaratamiz.

 

Ipak Recycling — qayta ishlangan materiallardan yaratilgan buyumlar

Hammasi qanday boshlangan

Ipak Recycling tarixi 2025-yilgi Navro‘z bayramidan boshlandi.

Bayramga tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, shunday savol tug‘ildi: an’anaviy tarzda tayyorlanib, yaqinlarga ulashiladigan sumalak nega bir martalik plastik qadoqda berilishi kerak?

Biz plastikdan voz kechib, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan shisha bankachalarni tanladik. Bu kichik qaror ilk qadam bo‘ldi va vaqt o‘tishi bilan har yili Navro‘zda davom ettiriladigan an’anamizga aylandi.

Bayramdan so‘ng yana bir savol paydo bo‘ldi: bezak uchun ishlatilgan va endi kerak bo‘lmaydigan materiallarni nima qilish kerak?

Ularni chiqindiga chiqarish o‘rniga, qayta ishlash va keyinchalik foydalanish imkoniyatlarini izlay boshladik.

Bugun bu alohida ekologik aksiya emas, balki bankning turli loyihalarida qo‘llashga intilayotgan yondashuvimizdir: materiallardan yangi va amaliy maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarini topish.

Qayta foydalaniladigan shisha bankachalardagi sumalak, Navro‘z 2025

Navro‘z 2025: bir martalik plastik o‘rniga qayta foydalaniladigan shisha bankachalardagi sumalak

Ipak Recycling raqamlarda

970+ m²
bannerlar va festival chodirlaridan qayta foydalanish uchun yo‘naltirildi
700 kg
eski va yaroqsiz bank kartalaridan olingan plastik qayta ishlash uchun yig‘ildi
600
qayta foydalaniladigan suv o‘tkazmaydigan shopperlar
300
bolalar panamalari
150
quritilgan gullardan foydalangan holda tayyorlangan shamlar
8
Legkoe Retro cheklangan kapsula kolleksiyasidagi dizaynerlik obrazlari
300
karta plastigidan tayyorlangan breloklar
600
bank kartalarining mini-versiyalari
Banner matosidan tayyorlangan qayta foydalaniladigan shopperlar va bolalar panamalari Festivalning quritilgan gullaridan tayyorlangan shamlar Qayta ishlangan karta plastigidan tayyorlangan breloklar

Materiallar tarixi

Navro‘z 2025

Bayram bannerlari kundalik hayotning bir qismiga aylandi

Nimadan
470 m² bayram bannerlari
→
Nimaga
qariyb 200 ta qayta foydalaniladigan shopper

Navro‘z bayrami arafasida bank filiallari va shahar ko‘chalari bayram bannerlari bilan bezatildi. Banner matosi mustahkam, suv o‘tkazmaydigan va qayta foydalanish uchun mos ekani ma’lum bo‘ldi. Undan qariyb 200 ta qayta foydalaniladigan shopper tayyorlandi.

Shunday qilib, bir necha haftalik bayram bezagi uchun mo‘ljallangan material kundalik foydalanish uchun amaliy buyumlarga aylandi.

Navro‘z bannerlaridan tayyorlangan shopperlar

Namangan Flower Fest 2025

Festival gullari — yangi shaklda

Nimadan
10 quti so‘lib qolgan gullar
→
Nimaga
150 ta qo‘lda tayyorlangan sham

2025-yilda Ipak Yuli Bank mamlakatdagi eng yirik gullar festivallaridan biri — Namangan Flower Fest’ning hamkoriga aylandi.

Festival yakunlangach, odatda tadbirdan keyin qolib ketadigan gullarning bir qismini saqlab qolishga qaror qildik. Tashkilotchilar bilan birgalikda 10 ta katta quti so‘lib qolgan gullarni yig‘dik, ularni quritdik va 150 ta qo‘lda tayyorlangan sham yaratishda foydalandik.

Shamlar elchixonalar, BMT tuzilmalari kabi xalqaro tashkilotlar, bank hamkorlari, agentliklar va OAV vakillari uchun esdalik sovg‘asiga aylandi. Ular bilan birga resurslardan ehtiyotkorona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va zero waste tamoyillariga bag‘ishlangan murojaatni ham yetkazdik.

Shu tariqa festivalning bir necha kuniga mo‘ljallangan gullar butunlay boshqa shaklda yana foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Namangan Flower Fest’ning quritilgan gullaridan tayyorlangan shamlar

Milliy Fest 2026

Festival chodirlari yangi qo‘llanish usuliga ega bo‘ldi

Nimadan
500 m² dan ortiq chodir materiali
→
Nimaga
400 ta shopper va 300 ta bolalar panamasi

2026-yilgi Navro‘z bayramida Ipak Yuli Bank Milliy Fest hamkoriga aylandi. Festival infratuzilmasining asosiy elementlaridan biri katta chodirlar va tentlar edi.

Tadbir yakunlangach, 500 m² dan ortiq mustahkam va suv o‘tkazmaydigan materialni saqlab qoldik va uni qayta foydalanish uchun topshirdik. Undan 400 ta qayta foydalaniladigan shopper va 300 ta bolalar panamasi tayyorlandi.

Panamalar va shopperlarning bir qismi Ona Foundation ishtirokida Central Park’da o‘tkazilgan Grand Pharm Family Day tadbirida xayriya jamg‘armalaridan bo‘lgan bolalarga topshirildi.

Festival vaqtida mehmonlarni quyoshdan himoya qilgan material yangi shaklda o‘z vazifasini bajarishda davom etdi.

Milliy Fest chodirlaridan tayyorlangan panamalar va shopperlar

Legkoe Retro × Visa Fashion Week

Festival chodiridan dizaynerlik kolleksiyasigacha

Nimadan
Milliy Fest chodirlari
→
Nimaga
8 ta obrazdan iborat kapsula kolleksiyasi

Milliy Fest chodirlarining tarixi shu bilan tugamadi. O‘zbekistondagi Legkoe Retro brendi bilan birgalikda Visa Fashion Week doirasida namoyish etilgan cheklangan kapsula kolleksiyasini yaratdik.

Loyiha qayta ishlash va moda kesishmasidagi tajribaga aylandi: biz o‘zining dastlabki vazifasini bajargan material butunlay yangi dizaynerlik mahsuloti uchun asos bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldik. Kolleksiyaga 8 ta obraz kirdi: ikkita ikki qismli kostyum, uchta uzun va uchta kalta plash.

Namoyishdan so‘ng kolleksiya tarixi davom etdi. Obrazlar sayyohlik loyihasi qahramonlari bilan birga sayohatga chiqdi va dunyoning turli mamlakatlaridagi suratga olish jarayonlarida namoyon bo‘ldi.

Kolaboratsiya zamonaviy moda tili orqali qayta ishlash, zero waste va resurslardan mas’uliyatli foydalanish haqida hikoya qilish imkonini berdi. Loyiha nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham e’tibor qozondi — kolleksiya haqida xorijiy media, jumladan ELLE Kazakhstan ham yozdi.

Visa Fashion Week’dagi Legkoe Retro kapsula kolleksiyasi

Bank kartalari 2026

Kartaning amal qilish muddati tugaydi, materialning tarixi esa davom etadi

Nimadan
eski va yaroqsiz bank kartalari
→
Nimaga
kartalarning mini-versiyalari tushirilgan breloklar

Bank kartasining amal qilish muddati bor. U tayyorlangan materialning esa tarixi ancha uzoq davom etadi.

2026-yilda bank va filiallarda eski hamda yaroqsiz kartalarni yig‘ishni boshladik. Shredderdan o‘tkazilgach, ular keyinchalik qayta ishlashga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan plastik granulalarga aylanadi. Jami qariyb 700 kg karta plastigi yig‘ildi.

Materialning bir qismi Ipak Yuli Bank kartalarining miniatyura nusxalari tushirilgan breloklar yaratish uchun ishlatilmoqda. Birinchi bosqichda 300 ta brelok va 600 ta mini-karta tayyorlandi. Bu yig‘ilgan materialning faqat bir qismi — qayta ishlash davom etmoqda va shu bilan birga undan kelajakda foydalanishning yangi usullarini izlamoqdamiz.

Ipak Yuli Bank kartalarining mini-versiyalari tushirilgan breloklar

Biz bilan birga

Qo‘shma loyihalardagi Ipak Recycling hamkorlari

Ipak Recycling resurslardan mas’uliyatli foydalanish yondashuvimizni qo‘llab-quvvatlaydigan hamkorlar yordamida rivojlanmoqda.

Festival tashkilotchilari tadbirlardan keyin materiallarni saqlab qolishga yordam beradi, ishlab chiqarish hamkorlari ularni qayta ishlash yechimlarini topadi, dizaynerlar esa ularni yangi mahsulotlarga aylantiradi. Xayriya tashkilotlari esa tayyor mahsulotlarni ularga ayniqsa kerak bo‘lgan insonlarga yetkazishga ko‘maklashadi.

Har bir hamkor umumiy g‘oyaning bir qismiga aylanadi — chiqindilar miqdorini kamaytirish va materiallardan keyinchalik foydalanish imkoniyatlarini topish.

Blog

Lyuksemburg 1 kunda

Lyuksemburg 1 kunda

Lyuksemburg - Yevropaning yuragidagi kichik, ammo juda ajoyib gersoglik. Bu yerda qadimiy qal’alar zamonaviy hududlar bilan uyg‘unlashgan, yashillik, tozalik va mazali taomlar ko‘p.
Sarpo yig‘amiz: Woman Card hamkorlaridan to‘y uchun maxsus takliflar marafoni

Sarpo yig‘amiz: Woman Card hamkorlaridan to‘y uchun maxsus takliflar marafoni

Chiroyli liboslar va taqinchoqlar tanlash, bo‘lajak uy uchun kerakli narsalarni xarid qilish, o‘zingizga vaqt ajratish bularning barchasi yoqimli tashvishlarning bir qismidir
Bolalar eko-almanaxi

Bolalar eko-almanaxi

Loyihaning asosiy tashabbuslaridan biri "Qahramonlar davri" ekologik harakati va Asian Book House nashriyoti bilan hamkorlikda yaratilgan bolalar eko-almanaxi bo'ldi
...