Keshbek har kuni

Keshbek – har kuni, har joyda
Keshbek — kundalik xaridlarni yanada foydaliroq qilishning eng oson usuli
Keshbek – har kuni, har joyda

Keshbek — bu bank xaridlaringiz uchun sarflagan mablag‘ingizning bir qismini sizga qaytarib berishidir. Agar siz Ipak Yuli Bank’ning Visa kartasi orqali savdo nuqtalaridagi POS-terminalda (kafe, do‘kon, dorixona, AYoQSh va boshqalar) yoki onlayn tarzda (marketpleys, sayt, obuna va hokazo) to‘lov qilsangiz, har bir xaridingizdan 0,5% keshbek olasiz. Keshbek avtomatik tarzda yig‘iladi va muddatsiz saqlanadi. (Istisno: karta qayta chiqarilganda keshbek summasi nolga tenglashtiriladi) 

 

Masalan

 

    Kafeda 500 000 so‘mga tushlik uchun to‘lov qildingiz — 2 500 so‘m qaytadi

    1 200 000 so‘mga oziq-ovqat xarid qildingiz — 6 000 so‘m qaytadi

    300 000 so‘mga yoqilg‘i oldingiz — 1 500 so‘m qaytadi

 

Qaysi kartalarda keshbek mavjud 

 

Keshbek 4 ta kartada mavjud. Shuningdek, har bir karta undan qanday foydalanishingizga qarab o‘ziga xos afzalliklarga ega. 

 

Visa Start Sum 

 

   • kundalik to‘lovlar uchun asosiy karta

   • bepul chiqarish va bepul xizmat ko‘rsatish

   • O‘zbekistonda va chet elda xaridlar uchun mos

   • jamoat transportida yo‘l haqi — sayohat uchun 50% keshbek 

 

Woman Card

 

  • 120+ hamkor va 55% gacha chegirmalar

  • bepul chiqarish, xizmat ko‘rsatish va eksklyuziv dizayn

  • O‘zbekistonda va chet elda istalgan valyutada to‘lash mumkin

  • hamkorlar ro‘yxati shu yerda

 

“Imkoniyatlar kartasi” kredit kartasi

 

  • kredit liniyaga ega karta — istalgan paytda qo‘lingizda mablag‘ bo'ladi

  • kredit limiti 100 mln so‘mgacha

  • imtiyozli davr — 55 kungacha. Masalan, kartadan 2 mln so‘m sarfladingiz — imtiyozli davr ichida 2 mln so‘mni foizsiz qaytarasiz 

 

Visa PUBG MOBILE 

 

  • Geymerlar va katta g‘alabalar uchun karta

  • To‘lov qilishda UC (PUBG MOBILE o‘yini valyutasi)'da keshbek qaytadi

  • bepul chiqarish va bepul yetkazib berish

  • birinchi 100 000 so‘mdan ortiq to‘lov qilishda sovg‘a boksi (1 marta) beriladi

 

 

Keshbekni faollashtirish uchun

 

1. Ipak Yuli Mobile ilovasini oching

2. “Kartalar va hamyon” bo‘limiga o‘ting

3. Visa kartaningizni tanlang

4. Ekranni pastga suring

5. “Keshbekni faollashtirish”ni bosing

 

Yig‘ilgan keshbekni qanday ishlatish mumkin? 

 

Keshbek Ipak Yuli Mobile ilovasidagi virtual hisobda jamlanadi. Oyiga maksimal 5 mln so‘mgacha yig‘ish mumkin. Keshbekni istalgan vaqtda yechib olishingiz mumkin — mablag‘lar avtomatik ravishda xaridlarni amalga oshirgan kartangizga tushadi.

 

Keshbekni qanday yechib olish mumkin: 

 

1. Ilovani oching va kartangizni tanlang.

2. «Chiqarib olish» tugmasini bosing.

3. Summani kiriting.

4. O‘tkazmani tasdiqlang.

5. Karta balansini tekshiring — mablag‘lar darhol tushadi. 

 

Hisoblash muddati 

 

Keshbek to‘lovdan keyin darhol hisoblanmaydi. 

Karta orqali to‘lov qilganingizda, operatsiya avval tekshiruv bosqichida bo‘ladi. Mablag‘lar sotuvchiga darhol o‘tkazilmaydi — bank to‘lovni ko‘rib chiqadi. 

Tekshiruv jarayonida bank quyidagilarga ishonch hosil qiladi: 

• kartada yetarli mablag‘ bo‘lganiga

• savdo nuqtasi to‘lovni to‘g‘ri qabul qilganiga 

• operatsiya haqiqiy ekaniga va xatolik emasligiga 

 

Tekshiruv yakunlangach, to‘lov tasdiqlanadi va shundan keyingina keshbek hisoblanadi. 

 

Odatda bu jarayon 3–5 kun davom etadi, shu sababli keshbek biroz kechikib tushishi mumkin. Agar to‘lov muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, keshbek bir necha kundan so‘ng avtomatik tarzda hisobingizga o‘tkaziladi. 

 

Qaysi operatsiyalarga keshbek tushmaydi 

 

   • Kartalar orasidagi pul o‘tkazmalari 

   • Naqd pul yechish 

   • Bankomat orqali amalga oshirilgan amaliyotlar 

   • Valyuta ayirboshlash va onlayn konversiya operatsiyalari 

 

Visa kartalari bilan to‘lang, keshbekni avtomatik tarzda to‘plang va istalgan vaqtda ilova orqali yechib oling. Har bir kuningiz, har bir to‘lovingiz foyda keltiradi.

 

*Kuniga 2 ta safar uchun yo‘l haqi qiymatining 50% qismi keshbek sifatida qaytariladi — har bir safar uchun 850 so‘mdan. Har bir safar uchun hisoblanadigan maksimal keshbek miqdori 2 000 so‘mni tashkil etadi. Keshek yechib olish uchun minimal summa - 50 000 so‘m. Keshbek olish uchun avvalgi kalendar oy davomida kartadan kamida 500 000 so‘m miqdorida xarajat qilingan bo‘lishi kerak.

Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin

1
Ipak Yuli Mobile ilovasini yuklab oling
Har qanday kartani onlayn rasmiylashtirish mumkin
2
Kartani tanlang
Kartani ilova orqali buyurtma bering va yetkazib berishni kuting
3
Faollashtiring va foydalaning
Barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan karta Ipak Yuli Mobile’da avtomatik ravishda paydo bo‘ladi

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner

Boshqa postlar

Ipak Yuli Business yangi internet-banking

Ipak Yuli Business yangi internet-banking

Moliya bilan oson ishlash uchun yangilangan internet-banking
Ipak Yuli Business — biznesingiz uchun internet-banking

Ipak Yuli Business — biznesingiz uchun internet-banking

Kompaniyangiz moliyasini onlayn boshqaring: to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, korporativ kartalar, ish haqi loyihasi va boshqalar
Ipak Recycling

Ipak Recycling

Ipak Yuli Bankning materiallarni qayta ishlash va ulardan qayta foydalanishga qaratilgan ekologik tashabbusi
Lyuksemburg 1 kunda

Lyuksemburg 1 kunda

Lyuksemburg - Yevropaning yuragidagi kichik, ammo juda ajoyib gersoglik. Bu yerda qadimiy qal’alar zamonaviy hududlar bilan uyg‘unlashgan, yashillik, tozalik va mazali taomlar ko‘p.
Sarpo yig‘amiz: Woman Card hamkorlaridan to‘y uchun maxsus takliflar marafoni

Sarpo yig‘amiz: Woman Card hamkorlaridan to‘y uchun maxsus takliflar marafoni

Chiroyli liboslar va taqinchoqlar tanlash, bo‘lajak uy uchun kerakli narsalarni xarid qilish, o‘zingizga vaqt ajratish bularning barchasi yoqimli tashvishlarning bir qismidir
Bolalar eko-almanaxi

Bolalar eko-almanaxi

Loyihaning asosiy tashabbuslaridan biri "Qahramonlar davri" ekologik harakati va Asian Book House nashriyoti bilan hamkorlikda yaratilgan bolalar eko-almanaxi bo'ldi
O‘zbekiston hududlarida ekologiya darslari

O‘zbekiston hududlarida ekologiya darslari

Green Generation'ning asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekistonning turli hududlaridagi maktab o‘quvchilari uchun ekologik darslar seriyasi bo‘ldi
Woman Card hamkorlaridan yozgi takliflar marafoni

Woman Card hamkorlaridan yozgi takliflar marafoni

Chamadon hali yig‘ilmagan, ammo kayfiyat allaqachon ta’tilnikidek. Yoz, sayohatlar va yangi taassurotlarga tayyorlanayotganlar uchun Woman Card hamkorlaridan maxsus takliflar
Yagona QR-kod: biznes uchun zamonaviy to‘lov yechimi

Yagona QR-kod: biznes uchun zamonaviy to‘lov yechimi

Yagona QR-kod nima uchun biznes uchun qulay vositaga aylanmoqda va u to‘lovlarni qanday tezlashtiradi
Green Generation — ESG va barqaror rivojlanish

Green Generation — ESG va barqaror rivojlanish

Ipak Yuli Bankning ekologik loyihalar, ESG yondashuvi va yangi avlod uchun barqaror kelajakni qo‘llab-quvvatlovchi tashabbusi