Biznes uchun yagona QR-kod

Ipak Yuli Bank yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun yagona QR-kodni ishga tushirdi. Bu — to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan universal QR bo‘lib, istalgan bank ilovasi va to‘lov servislarida ishlaydi. Ulanish bepul, jarayon 3 daqiqagacha vaqt oladi va biznes QR orqali mijozlardan to‘lovlarni darhol qabul qila boshlaydi.
Yagona QR — bu kundalik savdo va xizmat ko‘rsatishda qulay format: savdo nuqtalarida, xizmat ko‘rsatish sohasida, yetkazib berishda, salonlarda, qahvaxonalarda, shourumlarda va kichik biznesning boshqa yo‘nalishlarida.
Yagona QR-kod nima uchun kerak
2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda barcha savdo va servis korxonalari uchun yagona QR-kod tizimini joriy etish boshlandi. 1-iyuldan esa yagona QR-kod barcha savdo va servis kompaniyalari uchun majburiy bo‘ladi.
Bu biznes uchun bitta narsani anglatadi: QR-to‘lovlar yagona standartga aylanadi. Shuning uchun oxirgi daqiqani kutmasdan, hozirdanoq tayyorlanib olish foydaliroq — qo‘shimcha xarajatlar va shoshilinch ishlarsiz.
Nima o‘zgaradi
Ko‘pincha mijoz QR orqali to‘lamoqchi bo‘ladi, ammo sotuvchida faqat bitta bank yoki to‘lov tizimining QR-kodi mavjud bo‘ladi. Mijoz esa boshqa ilovadan foydalanadi — natijada ortiqcha savollar va kechikishlar yuzaga keladi. Bu esa noqulay.
Yagona QR-kod bu muammoni hal qiladi. Endi mijoz “o‘zining” QR-kodini qidirib o‘tirmaydi. Bitta universal QR-kodni skanerlab, to‘lovni istalgan bank ilovasi yoki hamyon orqali amalga oshirsa kifoya.
Yagona QR-kod orqali to‘lov qanday ishlaydi
Ishlashi juda oddiy:
• Biznes odatdagidek savdo nuqtasida yoki kassada yagona QR-kodni joylashtiradi
• Mijoz QR-kodni telefon kamerasi orqali istalgan bank ilovasi yoki to‘lov tizimi yordamida skanerlaydi va to‘lovni tasdiqlaydi
• To‘lov 24 soat ichida kompaniya hisobraqamiga tushadi
Yagona QR-kod biznesingizga nima beradi
Mijozlar uchun
- to‘lov tezroq va osonroq amalga oshadi
- “o‘z bankining” QR-kodini qidirishga hojat qolmaydi
- kartasiz, telefon orqali to‘lash mumkin
Biznes uchun
- barcha to‘lovlar uchun bitta QR
- xizmat ko‘rsatish tezlashadi, navbatlar kamayadi
- “boshqa ilova” yoki karta uyda qolib ketgani sababli bekor bo‘ladigan to‘lovlar kamayadi
Ipak Yuli Bankda yagona QR-kodni qanday ulash mumkin
Tadbirkorlar yangi tartibga oldindan o‘tib, to‘lovlarni qulay formatda bemalol qabul qilishlari uchun, Ipak Yuli Bank yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun yagona QR-kodni ulashni birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ydi.
Ulanish bir necha daqiqa vaqt oladi.
Agar sizda Ipak Yuli Bankda hisobraqami bo‘lmasa
1. Kerakli hujjatlar bilan bankning yaqin filialiga murojaat qiling
2. Menejer hisob raqamini ochish va rasmiylashtirishda yordam beradi (1 kungacha)
3. Yagona QR-kodni ulash uchun ariza topshiring
4. QR-kodni darhol oling va to‘lov qabul qilishni boshlang
Agar sizda Ipak Yuli Bankda allaqachon hisobraqami bo‘lsa
O‘z menejeringiz bilan bog‘lanish yoki filialda ariza qoldirish kifoya — va yagona QR-kodni shunchalik tez olasiz.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Boshqa postlar
Ipak Yuli Bank biznes uchun yagona QR-kodni ishga tushirdi — uni ulash bir necha daqiqada
Keshbek – har kuni, har joyda
Ipak Yuli Bank 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi
Ipak Yuli Bank x She's Next, Empowered by Visa
Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling
Korporativ karta egalari uchun imtiyozlar
Tashkent𝑹𝒊𝒅𝒆 –– shahrimizda yashil harakat aynan shu yerdan boshlanadi