Valyutani Ipak Yo‘li Bankida almashtiring

Bank quyidagi valyutalarni ayirboshlaydi

- USD AQSh dollari 

- EUR Yevro 

- RUB Rossiya rubli 

 

faqat naqd pulsiz shaklda: 

- GBP Funt sterling 

- CHF Shveysariya franki 

- JPY Yaponiya yeni 

 

Quyidagi joylarda valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshiriladi: 

 

- pul ayirboshlash shaxobchalari; 

- mobil bank. 

 

Valyuta ayirboshlash shaxobchalarida, jismoniy shaxs tomonidan 187 500 000 so'mdan ortiq ( 500 BHM) miqdordagi naqd pul shaklidagi xorijiy valyuta sotilganda shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Chet el valyutasini sotib olayotganda, operatsiya hajmidan qat'iy nazar, shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. 

 

Naqd pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash mobil ilova va uning veb-versiyasida mavjud bo'lib, undan foydalanish uchun jismoniy shaxs-rezident nomiga bank kartasi va xalqaro to'lov kartasi ochilishi kerak. 

 

Valyuta ayirboshlash shaxobchalarida quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin: 

 

- jismoniy shaxslardan naqd milliy valyutaga naqd chet el valyutasini harid qilish; 

- jismoniy shaxslar –rezident bo‘lmaganlarga naqd chet el valyutasini sotish;

- jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini milliy valyutaga almashtirish; 

- jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridan mijozning istagiga ko‘ra milliy yoki chet el valyutasida naqd pul yechib olish; 

- jismoniy shaxslardan muomalaga yaroqsiz bo‘lgan chet el valyutasini inkassoga qabul qilish; 

- jismoniy shaxslardan haqiqiyligi shubha uyg‘otadigan chet el valyutasini ekspertiza uchun qabul qilish; 

- jismoniy shaxslarning chet el valyutasini xuddi shu chet el valyutasida yirikroq kupyuralarga almashtirib berish; 

-jismoniy shaxslarning zararlangan banknotalarini shu turdagi zararlanmagan banknotaga almashtirish; 

- jismoniy shaxslarga ma’lum bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish; 

- O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasida qonunchilik tomonidan belgilangan bojxona to‘lovlari va yig‘imlarini qabul qilish. 

 

Valyuta ayirboshlash shaxobchasida jismoniy shaxslardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi. 

 

Norezidentlar chet el valyutasini quyidagi miqdorda sotib olishlari mumkin: 

- sotilgan valyuta (bankomat cheklari yoki ayirboshlash shaxobchasidan 09002 raqamli shakl taqdim etiladi) 

- olingan daromad (ish beruvchi tomonidan berilgan daromadlar to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etiladi)

Bank kartada

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner

Boshqa postlar

Qayta moliyalashtirish: qarz yukini optimallashtirish vositasi qachon haqiqatan ham samarali bo‘ladi

Qayta moliyalashtirish: qarz yukini optimallashtirish vositasi qachon haqiqatan ham samarali bo‘ladi

Kredit yukini kamaytiring va shartlarni yaxshilang
Endi O‘zbekistonda kreditni qanday olish mumkin?

Endi O‘zbekistonda kreditni qanday olish mumkin?

Nima o‘zgardi
Hammasi rejadagidek — onlayn mikroqarzi bilan

Hammasi rejadagidek — onlayn mikroqarzi bilan

Garovsiz va kafilsiz tezkor xaridlar uchun tezkor pul
Ipak Yuli Bank biznes uchun yagona QR-kodni ishga tushirdi — uni ulash bir necha daqiqada

Ipak Yuli Bank biznes uchun yagona QR-kodni ishga tushirdi — uni ulash bir necha daqiqada

To‘lovlarni tez va qulay qabul qiling: bitta QR-kod va oson ulanish
Keshbek – har kuni, har joyda

Keshbek – har kuni, har joyda

Keshbek — kundalik xaridlarni yanada foydaliroq qilishning eng oson usuli
Ipak Yuli Bank 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi

Ipak Yuli Bank 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi

2025-yilda erishilgan asosiy natijalar, yutuqlar va muhim tashabbuslar
Ipak Yuli Bank x She's Next, Empowered by Visa

Ipak Yuli Bank x She's Next, Empowered by Visa

She’s Next — bu xalqaro tashabbus bo‘lib, o‘z biznesini boshlashni orzu qilayotgan yoki uni rivojlantirayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bizning bank Visa’ning O‘zbekistondagi dasturini ishga tushirishdagi bosh hamkoriga aylandi.
 Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling

Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling

Firibgarlik turlari va ularning ishlash usullari

Korporativ karta egalari uchun imtiyozlar

Korporativ kartalar biznesingiz uchun chegirmalar, bonuslar va premium xizmatlarga yo‘l ochadi.
Ipak Yuli Bank Namangan Flower Fest'da

Ipak Yuli Bank Namangan Flower Fest'da

Gullar qanday qilib yangi hayotga ega bo‘ladi