Apple Pay’ni ulash yoki undan foydalanish uchun keshbek

Apple Pay’ga ulaganingiz yoki undan foydalanganingiz uchun 65 000 so‘m keshbek oling

Ipak Yuli Bank Apple Wallet’ga kartasini qo‘shgan va Apple Pay orqali xaridlar uchun to‘lov qilgan karta egalari uchun aksiya o‘tkazmoqda.

Aksiyada Apple Wallet’ga qo‘shish mumkin bo‘lgan Ipak Yuli Bank kartalari ishtirok etadi. Visa Kids kartasi bundan mustasno.

Aksiya doirasida keshbekni quyidagi ikki holatdan birida olishingiz mumkin

1
Kartani Apple Wallet’ga qo‘shishni yakunlaganingiz uchun
2
Apple Pay orqali birinchi to‘lov qilganingiz uchun

Har bir mijoz kartalari sonidan qat’i nazar, keshbekni faqat bir marta olishi mumkin.

Kartani Apple Wallet’ga qo‘shganlik uchun keshbek qachon taqdim etiladi?

  1. Mijoz Ipak Yuli Bank kartasini Apple Wallet’ga qo‘shishni boshlaydi, ammo jarayonni yakunlamaydi.
  2. Shundan so‘ng bank Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali mijozga maxsus bildirishnoma yuboradi. Bildirishnomada kartani qo‘shishni yakunlash va keshbek olish taklif etiladi.
  3. Mijoz bildirishnomani olganidan keyin 14 kalendar kun ichida kartani Apple Wallet’ga qo‘shishni yakunlashi kerak.
  4. Karta Apple Wallet’ga muvaffaqiyatli qo‘shilgach keshbek hisoblanadi.

Kartani qo‘shganlik uchun keshbek olishda xaridlarni amalga oshirish talab etilmaydi.

Birinchi to‘lov uchun keshbek qachon taqdim etiladi?

  1. Mijoz Ipak Yuli Bank kartasini Apple Wallet’ga qo‘shadi.
  2. Bank Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali mijozga maxsus bildirishnoma yuboradi. Unda Apple Pay orqali to‘lov qilish va keshbek olish taklif etiladi.
  3. Mijoz bildirishnomani olganidan keyin 14 kalendar kun ichida Ipak Yuli Bank’ning ulangan kartasi bilan Apple Pay orqali birinchi to‘lovni amalga oshirishi kerak.
  4. Bank to‘lovni tasdiqlaganidan so‘ng keshbek hisoblanadi.

Ushbu keshbek faqat Apple Wallet’ga karta qo‘shganlik uchun avval keshbek olmagan mijozlarga hisoblanadi.

Keshbek qaysi valyutada hisoblanadi?

Keshbek valyutasi aksiya shartlari bajarilgan karta turiga qarab belgilanadi.

Milliy valyuta
Keshbek so‘mda beriladi
AQSh dollari
Keshbek AQSh dollarida beriladi
Visa PUBG MOBILE
Keshbek UC’da beriladi

Bilib oling!

  • Agar mijoz Apple Wallet’ga bir nechta kartasini qo‘shgan bo‘lsa, keshbekni faqat bir marta olish mumkin. Ikki usuldan biri bo‘yicha aksiya shartlari bajarilgan birinchi karta uchun keshbek beriladi.
  • Keshbek olingach yoki ikkinchi usul bo‘yicha birinchi to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, mijozning aksiyadagi ishtiroki yakunlanadi. Boshqa kartalar uchun keshbek olish imkoniyati qolmaydi.
  • Agar mijoz kartani Apple Wallet’dan o‘chirib, qayta qo‘shsa, aksiya doirasida unga qayta keshbek berilmaydi.
  • Keshbek olish uchun mijoz avval maxsus PUSH-bildirishnoma olishi, so‘ng unda ko‘rsatilgan amalni 14 kalendar kun ichida bajarishi kerak.
  • Maxsus PUSH-bildirishnoma kelishidan oldin bajarilgan yoki taklif muddati tugaganidan keyin amalga oshirilgan harakatlar uchun keshbek hisoblanmaydi.
  • Keshbek taklifsiz oddiy PUSH-bildirishnomalar faqat eslatma sifatida yuboriladi.
  • Ikkinchi usul bo‘yicha to‘lov bank operatsiyani tasdiqlaganidan keyingina muvaffaqiyatli hisoblanadi. Rad etilgan, bekor qilingan, qaytarilgan yoki bank tomonidan tasdiqlanmagan operatsiyalar hisobga olinmaydi.

Aksiya bank uni yakunlash haqida alohida qaror qabul qilguniga qadar amal qiladi.

Apple Wallet'ga qo‘shish mumkin

Visa Kids bolalar kartasi

Visa Kids bolalar kartasi

Farzandingizga pulni boshqarishning ilk qadamlarini o‘rgating
Rasmiylashtirish narxi
bepul
Bolaning yoshi
7-16 yosh
To‘lov komissiyasi
komissiyasiz
 “Imkoniyatlar kartasi” kredit kartasi

“Imkoniyatlar kartasi” kredit kartasi

Bu karta bilan imkoniyatlar topiladi
Limit
100 000 000 so‘mgacha
Foizsiz davr
55 kungacha
Hozir buyurtma berish
bepul
Woman Card

Woman Card

Ehtiyojlaringizga moslanadigan karta
Xaridlar uchun keshbek
har bir xarid uchun 0,5%
To‘lovlar va o‘tkazmalar
soniyalar ichida
Hamkorlarda chegirmalar
55%gacha