Visa Kids bolalar kartasi

Visa Kids bolalar kartasi | ishga tushirishga tayyorlanmoqda
Farzandingizga pulni boshqarishning ilk qadamlarini o‘rgating
Visa Kids bolalar kartasi | ishga tushirishga tayyorlanmoqda
🎂
7–16 yosh
Bolaning yoshi
🎁
0 so‘m
Xizmat ko‘rsatish
👁️
100%
Ota-ona nazorati
🌍
Hamma joyda ishlaydi
Visa qayerda qabul qilinadi
Bola uchun

Birinchi xariddan boshlab mustaqillik

💳

Bola nomiga karta

Aynan bola nomiga rasmiylashtirilgan haqiqiy Visa bank kartasi. Visa ishlaydigan barcha joylarda qabul qilinadi

🛍️

Do‘konlarda va onlayn to‘lash

O‘zbekistonda va butun dunyoda istalgan do‘kon, xizmat va ilovada

📈

Moliyaviy savodxonlik

Karta bolaga pulni boshqarishni o‘rganish va foydali moliyaviy odatlarni shakllantirishga yordam beradi

🏧

Naqd pul yechish

Ota-ona tomonidan belgilangan cheklov doirasida

Ota-ona uchun

Butun nazorat bir joyda

Bolaning kartasi bo‘yicha barcha operatsiyalar Ipak Yuli Mobile’da ko‘rinadi

Har bir xarid haqida bildirishnoma - real vaqt rejimida, kechikishlarsiz

Faqat ruxsat etilgan joylarda xarid qilish - karta qat’iy belgilangan toifalar va savdo nuqtalarida ishlaydi

Turli bolalar uchun bir nechta karta - bitta ota-ona hisobiga

Shaffof operatsiyalar tarixi — barchasi bitta ilovada ko‘rinadi

Visa Kids imtiyozlari

Karta bolalar xavfsizligi va ota-onalar qulayligini hisobga olgan holda yaratilgan

🔒

Xarajatlarning to‘liq nazorati

Bildirishnomalar Ipak Yuli Mobile ilovasida

🌍

Hamma joyda qabul qilinadi

Do‘konlar, onlayn xizmatlar, ilovalar - O‘zbekistonda va xorijda Visa mavjud bo‘lgan joylarda

👨‍👩‍👧‍👦

Bitta hisob uchun bir nechta karta

Har bir farzandingiz uchun Visa Kids rasmiylashtiring — barcha amallar bir joyda, boshqaruv yagona hisobdan

📊

Moliyaviy savodxonlik

Bola bolaligidan pulni boshqarish bo‘yicha foydali odatlarni shakllantiradi

🗺️

Faqat kerakli joylarda xarid qiling

Karta qat’iy belgilangan do‘konlar va toifalarda ishlaydi - bola ko‘zda tutilmagan joylarda pul sarflay olmaydi

🚚

Bepul xizmat ko‘rsatish

Karta bank filialida bir kun ichida rasmiylashtiriladi. Shundan so‘ng undan xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha to‘lovlarsiz foydalanish mumkin

Kartani qanday olish mumkin

Uch oddiy qadam — va karta farzandingizda bo‘ladi

01

Visa Start Sumni rasmiylashtiring

Ota-ona kartasi bolalarning Visa Kids kartasi biriktirilgan asosiy hisob sifatida ishlatiladi

02

Hujjatlarni tayyorlab, bank ofisiga keling

Ota-onaning pasporti yoki ID-kartasi va bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi - boshqa hech narsa kerak emas

03

Visa Kids oling

Karta kun davomida tayyor bo‘ladi. U bolaning nomiga rasmiylashtiriladi va darhol sizning hisobingizga bog‘lanadi

Hujjatlar

Rasmiylashtirish uchun nimalar kerak

Minimal hujjatlar - maksimal soddalik

🪪

Ota-ona pasporti yoki ID kartasi

Hisob egasini aniqlash uchun

📄

Bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma

Bola nomiga karta rasmiylashtirish uchun

💳

Visa Start Sum kartasi

Bog‘lash uchun asosiy ota-ona hisobi

Shartlar

Karta tariflari

Bolaning yoshi7-16 yosh
Valyutaso‘m
Chiqarish narxi35 000 so‘m
Xizmat ko‘rsatishKomissiyasiz
Asosiy hisobOta-onaning Visa Start Sum
Kartalar soniBir necha
To‘ldirishOta-onaning Visa Start Sum kartasidan
Xaridlar uchun to‘lovSavdo nuqtalarida va onlayn - ota-ona ruxsati bilan
Naqd pul yechishBankomatlarda
Operatsiyalarni nazorat qilishHar bir tranzaksiya uchun ota-ona bildirishnomalari
LimitlarXarajatlar, operatsiyalar va naqd pul yechib olish uchun - ota-ona belgilaydi
Onlayn to‘lovlarOta-ona tomonidan yoqiladi yoki faolsizlantiriladi
Kartani bloklashOta-onangiz istalgan vaqtda kartani bloklashi mumkin

Savollar va javoblar

Limit — bu bolalar kartasi orqali amalga oshiriladigan xaridlar summasiga qo‘yiladigan cheklov. U ota-onaning hisobidagi mablag‘larni ortiqcha xarajatlardan himoya qiladi va bolaga budjetni rejalashtirishni o‘rgatadi.

 


Limitlar qanday ishlaydi


Vaqt va operatsiyalar bo‘yicha: cheklovlarni bitta xarid uchun, kunlik yoki oylik qilib belgilash mumkin.


Misol: agar oylik limit 1 000 000 so‘m qilib belgilansa, bola oy yakuniga qadar ushbu summadan ortiq mablag‘ sarflay olmaydi.


Hisoblarning mustaqilligi: limitlar faqat bolalar kartasiga tatbiq etiladi. Ular asosiy (ota-ona) kartasidagi mablag‘larga ta’sir qilmaydi.

 

Moslashuvchanlik: agar bir nechta farzandingiz bo‘lsa, har bir karta uchun alohida limit va qoidalarni belgilashingiz mumkin.


Muhim: limitlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki bekor qilish faqat ota-onalar tomonidan bank ofisida amalga oshiriladi. Bola cheklovlarni mustaqil ravishda o‘zgartira olmaydi.

 


Limitlar nima uchun kerak?


Xavfsizlik. Bola tasodifan yoki hissiyotga berilib, hisobingizdagi barcha mablag‘larni sarflab yubormaydi.


Moliyaviy savodxonlik. Aniq belgilangan limitga ega cho‘ntak pullari bolaga mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash va jamg‘arishni o‘rganishga yordam beradi.

 

Muhim: Visa Kids kartasi xalqaro karta hisoblanadi, shu sababli limitlar Markaziy bankning AQSH dollari kursi asosida hisoblanadi. Valyuta kursining o‘zgarishi tufayli so‘mdagi limit miqdori ko‘rsatilgan qiymatdan biroz farq qilishi mumkin (odatda ±1 000 so‘m doirasida). Masalan, 50 000 so‘mlik limit ayrim kunlarda 49 500 yoki 50 500 so‘m sifatida aks etishi mumkin.

Yo‘q. Har bir operatsiyadan so‘ng ota-ona bildirishnoma oladi va karta bo‘yicha xarajatlar uchun limitlar o‘rnatishi mumkin.

Visa Kids kartasi bilan Visa qabul qilinadigan do‘konlar, servislar va onlayn platformalarda to‘lov qilish mumkin. Voyaga yetmaganlar uchun taqiqlangan to‘lovlar avtomatik bloklanadi.

Karta 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan va bola nomiga rasmiylashtiriladi.

Ha. Bir ota-ona hisobiga har bir bola uchun alohida Visa Kids kartasini rasmiylashtirish mumkin.

Ha, agar ota-ona onlayn to‘lovlarga ruxsat bersa. Bu funksiyani yoqish yoki o‘chirish mumkin.

Ota-ona kartani bloklashi va qayta chiqarish uchun bankka murojaat qilishi mumkin.

Ha. Bola bankomatlardan o‘rnatilgan limit doirasida naqd pul yechishi mumkin.

Ota-onaning Visa Start Sum kartasini to‘ldirish kifoya. Visa Kids kartasi ota-onaning Visa Start Sum kartasiga biriktirilgan, shuning uchun ota-onaning kartasidagi mablag‘ bola kartasida ham mavjud bo‘ladi

Visa Kids alohida hisobga ega emas. U ota-onaning Visa Start Sum kartasi hisobiga biriktirilgan.

Ha. Ota-ona xarajatlar, naqd pul yechish va bitta xarid summasi uchun limitlar o‘rnatishi mumkin. Shuningdek, ayrim turdagi xarajatlarga ruxsat berish yoki taqiqlash mumkin.

Ha. Ota-ona kartani istalgan vaqtda bloklashi va zarurat bo‘lsa keyin yana faollashtirishi mumkin.

Ha. Spirtli ichimliklar, tamaki yoki kazino kabi toifalarda to‘lovlar avtomatik bloklanadi.

Karta bo‘yicha bank va Visa to‘lov tizimi dasturlari doirasida bonuslar yoki keshbek mavjud bo‘lishi mumkin.

Ha. Visa qabul qilinadigan barcha joylarda karta bilan to‘lov qilish mumkin.