Imkoniyatlar kredit kartasi
“Imkoniyatlar kartasi” kredit kartasi
Karta haqida batafsil
Kredit kartasidan qanday foydalansa bo‘ladi?
Kartani rasmiylashtirish uchun 3 qadam
Savollar va javoblar
“Imkoniyatlar kartasi” kredit kartasi bilan siz 100 million so‘mgacha, xaridlaringiz uchun foizsiz 55 kungacha foizsiz davr va O‘zbekiston yoki xorijda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, karta har qanday xarid uchun 0,5% keshbek beradi.
Sizga har qanday mahsulot yoki xizmatni sotib olganingizdan 0,5% qaytariladi, hatto siz chet elda nimadir sotib olgan bo‘lsangiz ham. Pul o‘tkazmalari uchun keshbek yo‘q.
Foizsiz davr — bu kredit mablag‘laridan foiz to‘lamasdan foydalanishingiz mumkin bo‘lgan davr.
Agar foizsiz davr tugashidan oldin qarzdorlikni to‘liq so‘ndirsangiz, xaridlar uchun foizlar hisoblanmaydi.
Masalan, kredit limiti hisobidan maishiy texnika xarid qilishingiz, sayohatga chiqishingiz yoki uyingiz uchun mebel sotib olishingiz, keyin esa foizsiz davr mobaynida sarflangan mablag‘ni kartaga qaytarishingiz mumkin. Bunda ortiqcha to‘lov bo‘lmaydi.
Foizsiz davrning maksimal muddati — 55 kungacha.
Qanday ishlaydi?
Kredit kartasi bilan xarid qiling
Masalan, siz 1 000 000 so‘mlik noutbuk xarid qildingiz.
Hisobot shakllanishini kuting
Har oyning 15-sanasida bank kredit karta bo‘yicha hisobotni shakllantiradi.
Hisobotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
kiritilishi kerak bo‘lgan minimal majburiy to‘lov;
umumiy qarzdorlik summasi;
to‘lovni amalga oshirish kerak bo‘lgan sana.
Qarzdorlikni so‘ndiring
Agar foizsiz davr tugashidan oldin qarzdorlik summasini to‘liq so‘ndirsangiz, foizlar hisoblanmaydi.
Agar qarzdorlik to‘liq so‘ndirilmasa, qolgan qarzdorlik summasiga kredit karta shartlariga muvofiq foizlar hisoblanadi.
Nega “55 kungacha”?
Foizsiz davrning davomiyligi xarid qilingan sanaga bog‘liq.
Oldingi hisobot shakllangandan keyin xaridni qanchalik erta amalga oshirsangiz, kredit mablag‘laridan shunchalik uzoq muddat foizsiz foydalanishingiz mumkin.
Masalan:
| Xarid sanasi | Foizsiz davr* |
| 16-iyul | 55 kungacha |
| 25-iyul | taxminan 46 kun |
| 5-avgust | taxminan 35 kun |
| 14-avgust | taxminan 26 kun |
*Misol tushuntirish maqsadida keltirilgan. Foizsiz davrning amaldagi davomiyligi xarid sanasi va hisobot shakllangan sanaga bog‘liq.
**Har oyning 15-sanasida bank kredit karta bo‘yicha hisobotni shakllantiradi.
Foizsiz davr faqat mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lovlar bilan ishlaydi. Naqd pul yechib olish, boshqa kartaga o‘tkazish yoki valyutani konvertatsiya qilish foizsiz davrga kirmaydi.
Shunchaki Ipak Yuli Mobile orqali karta hisobingizni to‘ldiring - buni boshqa banklarning kartalari yordamida ham komissiyasiz amalga oshirishingiz mumkin. Kartani Ipak Yuli Bank bankomatlarida ham to‘ldirishingiz mumkin.
Barcha shartlar ommaviy ofertada va tariflar hujjatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Maksimal limit - 100 000 000 so‘m. Kartangizning 5 yillik amal qilish davri davomida uni ko‘p marta sarflashingiz va to‘lashingiz mumkin.
Kartani Ipak Yuli Mobile orqali rasmiylashtirish mumkin. Tizim avtomatik ravishda limitni hisoblaydi.
Karta Visa mavjud bo‘lgan hamma joyda ishlaydi - bu dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari
Komissiya yo‘q.
Boshqa kartalar
Visa Infinite Sum so‘mdagi kartasi
Visa Platinum Sum so‘mdagi kartasi
Mastercard World Elite valyuta kartasi
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
