Google Pay — telefon orqali tölov
Google Pay™ orqali telefoningiz
bilan to‘lang
Tez va xavfsiz — shunchaki telefoningizni terminalga yaqinlashtiring

Tez, qulay va doimo yoningizda
Ipak Yuli Bankning Visa kartasini Google Wallet’ga qo‘shing va xaridlarni jismoniy kartasiz tez va qulay amalga oshiring
Google Pay™ orqali telefoningiz bilan to‘lang
Ipak Yuli Bank kartangizni Google Wallet’ga qo‘shing, xaridlarni tez va xavfsiz amalga oshiring

Telefoningizni terminalga yaqinlashtiring
- Telefoningizni yoqing
- Uni terminalga yaqinlashtiring
- To‘lov tasdiqlanishini kuting

Kartani Google Pay’ga qanday ulash mumkin






Savollar va javoblar
Google Pay — Google kompaniyasining to‘lov tizimi bo‘lib, Google akkauntingizga qo‘shilgan bank kartalari orqali telefon, aqlli soat yoki internetda xaridlar uchun to‘lov qilish imkonini beradi.
Google Pay Ipak Yuli Bank tomonidan chiqarilgan barcha Visa va Mastercard kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ipak Yuli Mobile ilovasida «Kartalar va hamyon» bo‘limiga o‘ting va Ipak Yuli Bank kartangizni tanlang. «Google Wallet’ga qo‘shish» tugmasini bosing va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling. Xaridlarni tezroq amalga oshirish uchun Ipak Yuli Bank kartangizni asosiy karta sifatida belgilang.
NFC va kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarda.
Ipak Yuli Mobile ilovasida «Kartalar va hamyon» bo‘limiga o‘ting va Ipak Yuli Bank kartangizni tanlang. «Google Wallet’ga qo‘shish» tugmasini bosing va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling. Xaridlarni tezroq amalga oshirish uchun Ipak Yuli Bank kartangizni asosiy karta sifatida belgilang.
Google Pay orqali Ipak Yuli Bank kartasi bilan xaridlar uchun qanday to‘lov qilinadi?
Avval Ipak Yuli Bank kartangizni Google Pay’ga qo‘shing.
Google Wallet ilovasini oching, Ipak Yuli Bank kartangizni tanlang, Android qurilmangizda to‘lovni tasdiqlang va uni kassadagi kontaktsiz to‘lov terminaliga tuting. Xarid summasi Ipak Yuli Bank kartangizdan yechiladi. To‘lov amalga oshirilgani haqida Ipak Yuli Mobile ilovasida xabar keladi.
Shuningdek, Google Pay’ni qo‘llab-quvvatlaydigan saytlar va ilovalarda ham xaridlarni to‘lashingiz mumkin.
Yo‘q. To‘lovni tasdiqlash uchun qurilmani PIN-kod, grafik kalit, parol yoki barmoq izi yordamida qulfdan chiqarishingiz mumkin.
Kartani Google Wallet ilovasidan o‘chirishingiz mumkin. Buning uchun Ipak Yuli Bank kartasini tanlang va «O‘chirish» tugmasini bosing.
Yo‘q. Google Pay’ga faqat o‘zingizga tegishli Ipak Yuli Bank kartasini qo‘shishingiz mumkin.
Pulni qaytarish uchun xaridni amalga oshirgan do‘konga murojaat qilishingiz kerak. Sotuvchi xaridni bekor qilgandan so‘ng, mablag‘ Ipak Yuli Bank kartangizga qaytariladi. Mablag‘ qaytarilgani haqida Ipak Yuli Mobile ilovasida xabar keladi.
Ha. Ipak Yuli Bank kartasi bilan Google Pay orqali internetga ulanmasdan ham xaridlarni to‘lashingiz mumkin.
Ha. Karta qayta chiqarilgandan so‘ng uni Google Pay’ga qayta qo‘shish kerak.
Qurilmangizda NFC mavjudligini va kartangiz Google Pay’ga avval qo‘shilmaganini tekshiring. Shuningdek, Ipak Yuli Mobile ilovasining so‘nggi versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Agar yuqoridagi sabablarning hech biri mos kelmasa, bank qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Google Wallet ilovasini oching, Ipak Yuli Bank kartasini tanlang va uni kontaktsiz to‘lovlar uchun asosiy karta qilib belgilang. Eslatma: tugmalar va bo‘limlar nomi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.
Ha. Google Pay orqali ushbu to‘lov usulini qo‘llab-quvvatlaydigan internet-do‘konlarda xaridlarni to‘lashingiz mumkin.
Agar Google Pay orqali to‘lash imkoniyati bo‘lmasa, sotuvchining saytida Ipak Yuli Bank kartangiz ma’lumotlarini kiritishingiz mumkin. Karta ma’lumotlarini Ipak Yuli Mobile ilovasida quyidagi bo‘lim orqali topishingiz mumkin.
Xavfsizlik uchun, Ipak Yuli Bank kartangizning CVV/CVC kodi va boshqa maxfiy ma’lumotlarini hech kimga bermang. Karta ma’lumotlarini yozishmalarda yoki ishonchsiz saytlarda kiritmang.
Ha. Kartani kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan bir nechta o‘zingizga tegishli qurilmaga qo‘shish mumkin.
Konvertatsiya sotuvchi banki tomonidan operatsiya tasdiqlangan kundagi kurs bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatda operatsiya bir necha kun ichida tasdiqlanadi, ammo ba’zan bu jarayon ko‘proq vaqt olishi mumkin.
Siz kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan terminallar mavjud do‘konlarda, shuningdek Apple Pay orqali to‘lov qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan saytlar va ilovalarda xaridlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin.
Yo‘q. Karta amal qilish muddati tugagandan so‘ng, Google Payy orqali xaridlar uchun to‘lov qilib bo‘lmaydi.
Kartani Ipak Yuli Mobile ilovasida yoki bank filialida qayta chiqarishingiz mumkin.
Ha. Google Pay orqali xorijda kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan terminallar mavjud do‘konlarda xaridlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin.
Ha. Google Pay orqali Ipak Yuli Bank kartangiz bilan do‘konlarda, onlayn va ilovalarda xavfsiz va ishonchli tarzda to‘lov qilishingiz mumkin.
Ipak Yuli Bank kartasini Google Pay’ga qo‘shish bepul.
Tasdiqlash kodi bir necha sabablarga ko‘ra kelmasligi mumkin: SMS kechikishi, telefon raqami noto‘g‘ri ko‘rsatilgani yoki bankdan keladigan xabarlarni qabul qilish bilan bog‘liq cheklovlar.
Bir necha daqiqadan so‘ng kodni qayta so‘rab ko‘ring va bankdan keladigan SMSlarni qabul qilishda muammo yo‘qligini tekshiring.
Agar kod kelmasa, bank yoki mobil operator qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Kartangiz faol ekanligini va ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganini tekshiring. Shuningdek, telefoningiz Android’ning so‘nggi versiyasiga yangilanganini, Google Pay esa qurilmangiz va hududingizda mavjudligini tekshiring.
Xarid uchun to‘lov qilishda telefoningizni kontaktsiz to‘lov terminaliga yaqinlashtiring va to‘lovni PIN-kod, grafik kalit, parol yoki barmoq izi yordamida tasdiqlang.
Saytda xaridni rasmiylashtirish vaqtida to‘lov usuli sifatida Apple Payni tanlang. Buyurtma ma’lumotlari va to‘lov summasini tekshiring, so‘ng to‘lovni Face ID, Touch ID yoki parol-kod orqali tasdiqlang. Saytda xarid qilayotganda to‘lov usullari orasidan Google Payni tanlang, buyurtma ma’lumotlarini tekshiring va to‘lovni PIN-kod, grafik kalit, parol yoki barmoq izi yordamida tasdiqlang.
Google Pay orqali to‘lov ushbu usulni qo‘llab-quvvatlaydigan saytlarda amalga oshiriladi.
Ilovada buyurtmani rasmiylashtirishda to‘lov usuli sifatida Google Payni tanlang, tanlangan karta va summani tekshiring, so‘ng to‘lovni PIN-kod, grafik kalit, parol yoki barmoq izi yordamida tasdiqlang. Google Pay orqali to‘lov ushbu usulni qo‘llab-quvvatlaydigan ilovalarda amalga oshiriladi.
Yo‘qolgan qurilmada Apple Pay orqali to‘lov qilishni vaqtincha to‘xtatish uchun «Lokator» ilovasi orqali «Yo‘qolgan rejim»ni yoqing.
Kartani bloklash uchun esa bank bilan bog‘laning.
Yo‘q. To‘lov paytida kartangizning to‘liq raqami sotuvchiga yuborilmaydi. Uning o‘rniga maxsus kod ishlatiladi.
Yo‘q. Google Pay orqali xaridlar uchun to‘lov qilganda komissiya olinmaydi.
Agar operatsiya do‘kondagi xarid bilan bog‘liq bo‘lsa va mablag‘ni qaytarishni istasangiz, avvalo sotuvchiga murojaat qiling.
Agar operatsiya sizning roziligingizsiz amalga oshirilgan bo‘lsa yoki sotuvchi orqali mablag‘ni qaytarishning imkoni bo‘lmasa, bank bilan bog‘laning.
Telefoningizda Google Wallet ilovasini oching, kartangizni tanlang va kerakli to‘lovni bosing. Shunda uning tafsilotlarini ko‘rishingiz mumkin.
Google Pay’dagi qo‘shimcha tekshiruv — kartadan uning egasi foydalanayotganini tasdiqlash jarayoni. Bu karta va to‘lovlarni qo‘shimcha himoya qilishga yordam beradi.
Qachon qo‘shimcha tekshiruv talab qilinishi mumkin?
• Google Wallet’ga yangi karta qo‘shilganda, ayniqsa karta virtual bo‘lsa yoki boshqa hududda rasmiylashtirilgan bo‘lsa;
• Noodatiy yoki katta miqdordagi xarid amalga oshirilganda, agar xavfsizlik tizimi operatsiyani xavfli deb hisoblasa;
• Qurilma almashtirilganda yoki yangi Google Account’ga kirilganda.
Qo‘shish uchun kartalar
“Imkoniyatlar kartasi” kredit kartasi
Woman Card