Faktoring

Faktoring

Mijozlaringiz uchun savdo moliyalashtiruvi
Foiz stavkasi
0,5%dan boshlab
Muddat
180 kungacha
Valyuta
UZS / USD

Faktoring haqida batafsil

Faktoringdan qanday foydalanish mumkin?

1
Ofisga murojaat qilish yoki onlayn ariza qoldirish
So‘rov yuborishning qulay usulini tanlang - shaxsan yoki sayt orqali
2
Zarur hujjatlar to‘plamini taqdim etish
Asosiy hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish uchun tayyorlang va yuboring
3
Moliyalashtirishni tasdiqlash haqidagi javobni kutish
Ariza va hujjatlarni tahlil qilgandan so‘ng siz bilan bog‘lanamiz

Bilish muhim

Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar

  • Qarzdorning faktoring xizmatini taqdim etish bo‘yicha bankka mas’ul vakil tomonidan imzolangan arizasi — qog‘oz shaklida yoki faktoring platformalari orqali elektron shaklda topshiriladi
  • Direktorni tayinlash bo‘yicha qaror, bosh buxgalterni tayinlash haqidagi buyruq, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari
  • Faktoring jalb qilish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega organning qarori
  • Pul oqimi prognozi (Cash Flow), oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari (1-shakl va 2-shakl)
  • So‘nggi hisobot sanasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, shuningdek, asosiy vositalar tafsiloti
  • Ta’sischining shaxsini tasdiqlovchi hujjat
  • Korxona ustavi
  • Ijro etuvchi organni saylash to‘g‘risidagi bayonnoma
  • Ta’sischilar yig‘ilishi bayonnomasi (faktoring xizmatini olish to‘g‘risida qaror)

Qarz oluvchiga talablar

  • Ipak Yuli Bank’da hisob raqamining mavjudligi
  • To‘lovchini qarzdorligi bo‘lmasligi

Savollar va javoblar

Faktoring — bu tovar yoki xizmatlar uchun pulni mijoz to‘laguncha kutmasdan, bank orqali tezda olish usuli.

Tasavvur qiling, siz mijozga tovarni 30 kunlik to‘lov kechikishi bilan sotdingiz. Pulni bir oy kutish o‘rniga, siz hisob-fakturani bankka topshirasiz. Bank sizga ushbu summaning katta qismini (100% gacha) zudlik bilan to‘lab beradi, keyin esa belgilangan muddatda mijozdan pulni o‘zi oladi. Bu jarayon “talab huquqini bankka berish” deb ataladi.

Faktoring — bu moliyalashtirish shakli bo‘lib, unda biznes mahsulotni yetkazib bergan yoki xizmatni ko‘rsatgan zahoti pul oladi — mijoz hisob-kitob qilguncha kutmasdan.

Bu qulay:

• kredit olish shart emas, mijozdan pul kutishga hojat yo‘q;
• Mijoz to‘lovni bo‘lib-bo‘lib qiladi, siz esa pulni darhol olasiz;

Shunday qilib, faktoring — bu pul aylanishini tezlashtiradi, yetkazib berishlarni rejalashtirishga yordam beradi va mijozning to‘lov muddati tufayli kelib chiqadigan muammolarni kamaytiradi.

• Siz tovarni mijozga kechiktirilgan to‘lov bilan yetkazib berasiz
• Hisob-fakturani bankka topshirasiz
• Bank sizga hisob-faktura summasining 100% gacha bo‘lgan qismini to‘lab beradi
• Mijoz keyinchalik ushbu pulni bankka o‘tkazadi

To‘liq emas. Tasavvur qiling, siz tadbirkorsiz va mahsulot yoki xizmat sotmoqdasiz. Sizning mijozingiz to‘lovni hozir emas, balki keyinroq amalga oshirmoqchi. Siz esa pulni hozir olishni xohlaysiz. Shunda siz bankka murojaat qilasiz.

Bank shartnoma va hujjatlarni tekshiradi, va hisob-faktura asosida sizga umumiy qarzdorlik summasining 100% gacha bo‘lgan qismini to‘lab beradi. Siz esa bankka mijozdan qarzni undirib olish huquqini topshirasiz. Agar bank kontraktning faqat bir qismini moliyalasa, qolgan summa esa mijoz to‘lovni to‘liq amalga oshirgach sizga o‘tkaziladi.

• Qarzdorning faktoring xizmatini taqdim etish bo‘yicha bankka mas’ul vakil tomonidan imzolangan arizasi — qog‘oz shaklida yoki faktoring platformalari orqali elektron shaklda topshiriladi
• Direktorni tayinlash bo‘yicha qaror, bosh buxgalterni tayinlash haqidagi buyruq, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari
• Faktoring jalb qilish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega organning qarori
• Pul oqimi prognozi (Cash Flow), oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari (1-shakl va 2-shakl)
• So‘nggi hisobot sanasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, shuningdek, asosiy vositalar tafsiloti
• Ta’sischining shaxsini tasdiqlovchi hujjat
• Korxona ustavi
• Ijro etuvchi organni saylash to‘g‘risidagi bayonnoma
• Ta’sischilar yig‘ilishi bayonnomasi (faktoring xizmatini olish to‘g‘risida qaror)

Bu — mijozlaringiz sizga hali to‘lamagan, lekin allaqachon etkazib berilgan tovar yoki xizmatlar bo‘yicha qarz summasi.

50 million so‘mdan boshlab — hisob-faktura summasining 100% gacha. Qolgan pul mijoz to‘lovni to‘liq amalga oshirgach sizga o‘tkaziladi.

Xizmat uchun onlayn ariza

Qadam 1
Xizmat turi

Bank kartada

Boshqa kreditlar

"Trend Motor" avtokrediti

"Trend Motor" avtokrediti

Trend Motors va Alliance Motors’da biznes uchun yangi avtomobillar uchun kredit
Summa
$100 000 gacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
20% dan boshlab
Tadbirkorlar uchun Lixiang avtokrediti

Tadbirkorlar uchun Lixiang avtokrediti

Biznes uchun Lixiang xaridiga maxsus shartlar
Summa
$1 000 000 gacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
2% dan boshlab
Hamroh

Hamroh

Ayol tadbirkorlar uchun imtiyozli moliyalashtirish
Summa
BHMning 4000 baravarigacha
Muddat
84 oygacha
Yillik stavka
19% dan boshlab
Biznes ipotekasi

Biznes ipotekasi

Biznesni rivojlantirish uchun tijorat ko‘chmas mulkini xarid qilishga moliyalashtirish
Summa
$1 000 000 gacha
Muddat
120 oygacha
Yillik stavka
25% dan boshlab

Ipak Yuli Business

Kerakli hamma narsa - bitta ilovada. Navbatsiz va kutishlarsiz
banner