Mahalla Loyihasi — biznes uchun kredit
Mahalla Loyihasi
Kredit haqida
Kreditni rasmiylashtirish uchun 3 ta qadam
Bilish foydali
Ta’minot
Ta’minot
50 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun
• Kreditni qaytarmaslik xavfidan sug‘urta polisi
• Moliyaviy barqaror shaxs kafilligi
Hamda:
• joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi
• so‘nggi 12 oy davomida 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
• oxirgi olingan kredit bo‘yicha 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
• butun kredit tarixi davomida 60 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
Shuningdek, qarz oluvchining moliyalashtirish rasmiylashtiriladigan Ipak Yuli Bank filialida asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i bo‘lishi kerak.
3 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun
Ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
• ko‘chmas mulk
• transport vositalari (yengil avtomobil, maxsus texnika, yuk transport vositalari, avtobus, mikroavtobus va boshqa transport vositalari)
• pul mablag‘lari garovi
• zargarlik buyumlari, oltin o‘lchovli quymalar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oltin tangalari
Ta’minotning umumiy qiymati kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi kerak.
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar
• Ariza
• Moliyaviy hujjatlar
• Ta’sis hujjatlari
• Pasport / ID-karta / STIR
Kredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Ariza qoldiring — biz siz bilan bog‘lanamiz
Savollar va javoblar
Barcha hujjatlar taqdim etilgach, ariza 3 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalarni xarid qilish uchun.
Ha, imtiyozli davr — 3 oygacha.
Kredit naqd yoki naqdsiz shaklda taqdim etilishi mumkin.
Ha. Kredit naqd yoki naqdsiz shaklda taqdim etilishi mumkin.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Mahalla Loyihasi
Kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit
Ipak Yuli Business
Kerakli hamma narsa - bitta ilovada. Navbatsiz va kutishlarsiz
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Ipak Yuli Business
