Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Kredit haqida
Kreditni rasmiylashtirish uchun 3 ta qadam
Bilish foydali
Ta’minot
• ko‘chmas mulk
• transport vositalari (yengil avtomobil, maxsus texnika, yuk transport vositalari, avtobus, mikroavtobus va boshqa transport vositalari)
• pul mablag‘lari garovi
• zargarlik buyumlari
• oltin o‘lchovli quymalar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oltin tangalari
• uskunalar
• kreditni qaytarmaslik xavfidan sug‘urta polisi
• muomaladagi tovarlar
• uchinchi shaxsning kafilligi (yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs)
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar
• Ariza
• Moliyaviy hujjatlar
• Ta’sis hujjatlari
• Pasport / ID-karta / STIR
Kredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Ariza qoldiring — biz siz bilan bog‘lanamiz
Savollar va javoblar
Barcha hujjatlar taqdim etilgach, ariza 3 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalarni xarid qilish uchun.
Ha, imtiyozli davr — 24 oygacha.
Dastur shartlariga mos loyihalarga ega kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun.
Kredit Ipak Yuli Bank faoliyat yuritadigan barcha hududlarda mavjud. Foiz stavkasi qarz oluvchi ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritadigan tuman yoki shahar toifasiga bog‘liq.
Ha. Ayrim faoliyat turlari dastur doirasida moliyalashtirilmaydi. Loyihalar, shuningdek, dasturning ekologik va ijtimoiy talablariga mos bo‘lishi kerak.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Mahalla Loyihasi
Kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit
Ipak Yuli Business
Kerakli hamma narsa - bitta ilovada. Navbatsiz va kutishlarsiz
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Ipak Yuli Business
