Ijara

Ijara

Keyinchalik mulkka o‘tish huquqi bilan ijara va foizsiz moliyalashtirish
Summa
100 mlrd so‘mgacha
Muddat
60 oygacha
Valyuta
So‘m / USD / EUR

Moliyalashtirish haqida batafsil

Ijara — shariat qonunlariga muvofiq biznes uchun lizing Keyinchalik mulkka o‘tish huquqi bilan ijara, foiz va penyasiz.

 

Ipak Yuli Bank tomonidan taqdim etiladigan Ijara — bu asosiy vositalarni islomiy moliyalashtirish tamoyillariga mos ijara modeli orqali moliyalashtirish vositasidir. 

 

Bank siz tanlagan aktivni sotib oladi va uni ijara asosida foydalanishingiz uchun beradi. Siz uskuna, transport yoki ko‘chmas mulkdan biznesingizni rivojlantirish uchun foydalanasiz, barcha majburiyatlar bajarilgandan so‘ng esa aktiv alohida shartnoma asosida sizning mulkingizga o‘tadi. 

 

Ijara biznesga aktivlarni shaffof shartlar asosida, oldindan belgilangan to‘lov tuzilmasi bilan va foizlarsiz sotib olish imkonini beradi. 

 

Siz biznesingizni rivojlantirasiz — bank aktivni moliyalashtiradi. 

 

Mahsulot haqida 

Halol moliyalashtirish tuzilmasi 

 

• Foiz va penyasiz moliyalashtirish 

• Bank aktivni sotib oladi va ijaraga beradi 

• To‘lovlar ijara to‘lovi sifatida amalga oshiriladi 

• Bitim islomiy moliyalashtirish tamoyillariga muvofiq tuziladi 

 

Biznesni rivojlantirish va kengaytirish uchun 

 

• Uskuna, texnika va transport sotib olish 

• Tijorat ko‘chmas mulkini moliyalashtirish 

• Kichik, o‘rta va yirik biznes uchun mos 

• Biznes rivoji uchun real aktivlarni moliyalashtirish 

 

Shaffof va tushunarli shartlar 

 

• Aktiv qiymati va to‘lov jadvali oldindan belgilanadi 

• Mulk huquqi majburiyatlar bajarilgandan so‘ng o‘tadi 

• Bank tomonidan to‘liq hamrohlik qilinadi 

 

Afzalliklari 

 

• Moliyalashtirish summasi: 100 mlrd so‘mgacha (yoki valyuta ekvivalentida) 

• Muddat: 60 oygacha 

• Ijara daromadliligi: 

— xorijiy valyuta uchun yillik 10% dan boshlab 

— so‘m uchun yillik 24% dan boshlab 

• Valyuta: so‘m, USD, EUR 

• Ko‘rib chiqish muddati: 3 kundan 10 kungacha 

 

Ijara qanday ishlaydi 

 

1. Mijoz aktiv va yetkazib beruvchini tanlaydi 

2. Bank aktivni sotib oladi 

3. Ijara shartnomasi tuziladi 

4. Aktiv mijozga foydalanish uchun topshiriladi 

5. Mijoz ijara to‘lovlarini amalga oshiradi 

6. Majburiyatlar bajarilgandan so‘ng aktiv mijoz mulkiga o‘tadi 

 

Nima uchun bu biznesingiz uchun foydali 

 

• Shariat tamoyillariga muvofiq moliyalashtirish 

• Shaffof va tushunarli bitim tuzilmasi 

• Aktivlarni bir martalik katta xarajatlarsiz sotib olish imkoniyati 

• Oldindan ma’lum to‘lov jadvali 

• Biznesni uzoq muddatli rivojlantirish uchun yechim

Moliyalashtirishdan qanday foydalanish mumkin?

1
Aktivni tanlang
Kerakli uskuna, transport vositasi yoki ko‘chmas mulkni tanlang va bankka murojaat qiling
2
Shartnomani imzolang
Tasdiqlangandan so‘ng bank tanlangan aktivni sotib oladi va Ijara shartnomasi asosida sizga ijaraga beradi
3
Aktiv egasiga aylaning
Majburiyatlar bajarilgandan so‘ng, aktiv alohida shartnoma asosida sizning mulkingizga o‘tadi

Bilish muhim

Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar

 

• Murojaat xati

• Ta’sis hujjatlari

• Moliyaviy hisobot

• Garov hujjatlari

Ta’minot

 

a) ko‘chmas mulk, transport vositalari, pul mablag‘lari va zargarlik buyumlari garovi; 

b) likvid uskunalar; 

v) barqaror moliyaviy holatga va doimiy pul oqimlariga ega uchinchi shaxs kafilligi.

Biznesga qo‘yiladigan talablar

 

Loyiha kompaniyasining asosiy faoliyati Islom shariati tamoyillariga mos bo‘lishi kerak. Shu sababli foiz asosida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar, shuningdek alkogol mahsulotlari, cho‘chqa go‘shti, qurol-yarog‘, tamaki, qimor o‘yinlari, tungi klublar, pornografiya va shariat tomonidan taqiqlangan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar moliyalashtirilmaydi

Savollar va javoblar

Ijara’da bank pulni foiz bilan bermaydi. Bank aktivni sotib olib, mijozga ijaraga beradi. Mijoz ijara to‘lovlarini amalga oshiradi va barcha majburiyatlar bajarilgandan so‘ng aktiv uning mulkiga o‘tishi mumkin. Bank daromadi foizlardan emas, balki ijara to‘lovlaridan shakllanadi.

Murabaha’da bank aktivni mijozga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotadi va mulk huquqi darhol mijozga o‘tadi. 

 

Ijara’da esa bank ijara muddati davomida aktiv egasi bo‘lib qoladi, mulk huquqi esa barcha majburiyatlar bajarilgandan so‘ng alohida shartnoma asosida o‘tadi

Quyidagilarni sotib olish: 

 

• uskunalar 

• ishlab chiqarish texnikasi 

• transport vositalari 

• tijorat ko‘chmas mulki 

• boshqa asosiy vositalar 

 

Faqat qonunchilik va islomiy moliyalashtirish tamoyillariga mos keladigan real aktivlar moliyalashtiriladi.

Mulk huquqi Ijara shartnomasi bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilgandan so‘ng alohida shartnoma asosida o‘tadi.

Yo‘q. Ijara’da foiz mavjud emas. To‘lovlar aktivdan foydalanish uchun ijara to‘lovi hisoblanadi. 

 

Ijara shartnomasi bo‘yicha aktivning yakuniy qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishga nisbatan yuqori bo‘ladi. Barcha shartlar, yakuniy qiymat va ijara to‘lovlari mijoz bilan oldindan kelishiladi va shartnomada belgilanadi.

Yo‘q, kechiktirilgan to‘lovlar uchun penya hisoblanmaydi.

Ijara davrida aktiv egasi bank hisoblanadi, shuning uchun risklar shartnoma asosida taqsimlanadi. Agar zarar mijoz aybi bilan bo‘lmasa, shartnomada belgilangan tartib qo‘llaniladi.

Muddatidan oldin majburiyatlarni bajarish imkoniyati individual tartibda ko‘rib chiqiladi va shartnomada belgilanadi.

Ha. Mahsulot islomiy moliyalashtirish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Assoodiq Consulting» kompaniyasi ko‘magida ishlab chiqilgan.

Asosiy vositalarni moliyalashtirishga muhtoj bo‘lgan va islomiy moliyalashtirish tamoyillariga mos ijara modelini afzal ko‘radigan yuridik shaxslar uchun.

Xizmat uchun onlayn ariza

Qadam 1
Xizmat turi

Bank kartada

Boshqa kreditlar

"Trend Motor" avtokrediti

"Trend Motor" avtokrediti

Trend Motors va Alliance Motors’da biznes uchun yangi avtomobillar uchun kredit
Summa
$100 000 gacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
20% dan boshlab
Tadbirkorlar uchun Lixiang avtokrediti

Tadbirkorlar uchun Lixiang avtokrediti

Biznes uchun Lixiang xaridiga maxsus shartlar
Summa
$1 000 000 gacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
2% dan boshlab
Hamroh

Hamroh

Ayol tadbirkorlar uchun imtiyozli moliyalashtirish
Summa
BHMning 4000 baravarigacha
Muddat
84 oygacha
Yillik stavka
19% dan boshlab
Biznes ipotekasi

Biznes ipotekasi

Biznesni rivojlantirish uchun tijorat ko‘chmas mulkini xarid qilishga moliyalashtirish
Summa
$1 000 000 gacha
Muddat
120 oygacha
Yillik stavka
25% dan boshlab

Ipak Yuli Business

Kerakli hamma narsa - bitta ilovada. Navbatsiz va kutishlarsiz
banner