Biznes uchun asbob-uskunalar va texnika lizingi
Lizing
Lizing haqida batafsil
Lizingni qanday rasmiylashtirish mumkin?
Ariza qoldiring — biz siz bilan bog‘lanamiz
Savollar va javoblar
Mol yetkazib beruvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini bank tuzadi, mijoz esa bank bilan lizing shartnomasini imzolaydi.
Ha, muddatidan oldin to‘lash mumkin. Shartnoma shartlari aniqlashtirilmoqda.
Ha, mumkin.
Lizingda bank mulkni o‘zi sotib oladi va mijozga topshiradi. Bu aylanma mablag‘larga bo‘lgan yuklamani kamaytiradi va texnikadan foydalanishni tez boshlash imkonini beradi.
Garov yoki uchinchi shaxsning kafilligi talab qilinadi
Yetkazib beruvchini mijoz tanlaydi. Bank faqat uning talablarga muvofiqligini tekshiradi va bitimni rasmiylashtiradi.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Mahalla Loyihasi
Kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit
Ipak Yuli Business
Kerakli hamma narsa - bitta ilovada. Navbatsiz va kutishlarsiz
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Ipak Yuli Business
