"Imkon" universal krediti

Universal «Imkon» krediti

Universal «Imkon» krediti

Biznesingizning deyarli har qanday ehtiyoji uchun moslashuvchan shartlarda moliyalashtirishga ega bo‘ling
Summa (ekv. UZSda)
$200 000 gacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
17,6% dan boshlab

Kredit haqida batafsil

Kreditdan nimaga foydalanish mumkin

Kreditni rasmiylashtirish uchun 3 ta qadam

1
Onlayn ariza yuboring
Bank xodimi siz bilan bog‘lanib, maslahat beradi
2
O‘zingizga qulay bank filialiga keling
Maslahatlashuv davomida xodim sharoitlar haqida ma’lumot beradi
3
Moliyalashtirishni tasdiqlash haqidagi javobni kutish
Ariza va hujjatlarni tahlil qilgandan so‘ng siz bilan bog‘lanamiz

Bilish foydali

Moliyalashtirish shartlari

  • Maksimal summa — $200 000 UZS ekvivalentida
  • Imtiyozli davr — asosiy qarz bo‘yicha 6 oygacha
  • Moliyalashtirish muddati
    • 36 oygacha — aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun
    • 60 oygacha — asosiy vositalarni xarid qilish va boshqa biznes maqsadlari uchun
  • Foiz stavkasi —  YaTT naqd pulda 18,6% dan boshlab, o‘tkazma orqali (YaTT, MCHj) 17,6% dan boshlab. Stavka biznes muddati va hajmiga bog‘liq.

Afzalliklar

  • Biznesning turli ehtiyojlari uchun universal kredit
  • Ta’minotning keng turlari
  • Mablag‘larni hisob raqamiga, korporativ kartaga, yetkazib beruvchiga yoki naqd shaklda oling
  • Asosiy qarz bo‘yicha 6 oygacha imtiyozli davr bilan biznesingizni ishonch bilan rejalashtiring

     

Ariza qoldirish

Kredit kalkulyatori

1 000 UZS
12 Oy
17.6 %
Kreditni qaytarish usuli
Sana Oylik to'lov Qarz qoldig'i Foizlar Asosiy qarz

Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.

Foiz stavkasi %
Muddat (oyda) oy
Sug'urta xarajatlari 0 so'm
Garovni baholash xarajatlari 0 so'm
Kreditning to'liq qiymati (KTQ)* %

*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.

Ariza qoldiring — biz siz bilan bog‘lanamiz

Qadam 1

Rasmiylashtirish uchun kerak

Hujjatlar

  • Ariza
  • Moliyaviy hujjatlar
  • Ta’sis hujjatlari
  • Pasport / ID-karta / STIR

Ta’minot

  • Ko‘chmas mulk  
  • Transport vositalari (yengil avtomobil, maxsus texnika, yuk avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus va boshqa transport vositalari)  
  • Pul mablag‘lari  
  • Zargarlik buyumlari  
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oltin o‘lchovli quyma va oltin tangalari 

Savollar va javoblar

Kredit O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan. Bank talablariga muvofiq bo‘lgan boshlovchi tadbirkorlar ham kredit olishlari mumkin.

«Imkon» — biznes uchun universal kredit. Mablag‘lardan aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vositalarni xarid qilish, xomashyo va tovarlar sotib olish, ish va xizmatlar uchun to‘lov qilish, ish haqi, soliqlar, ijara hamda biznesning boshqa ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin.

$200 000 gacha UZS ekvivalentida.

Kredit muddati moliyalashtirish maqsadiga bog‘liq:

• 36 oygacha — aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun;
• 60 oygacha — asosiy vositalarni xarid qilish va boshqa biznes maqsadlari uchun.

Kredit bo‘yicha imtiyozli davr bormi? Ha. Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr 6 oygacha bo‘lishi mumkin. Bu davrda faqat foizlar to‘lanadi, asosiy qarz to‘lanmaydi.

Shartnoma tuzilgan paytdagi amaldagi valyuta kursi bo‘yicha UZSda.

To‘liq hujjatlar taqdim etilganda ariza 3–10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Mablag‘lar qarz oluvchining asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilishi, korporativ bank kartasiga yo‘naltirilishi yoki bank kassasi orqali berilishi mumkin.

Ta’minot sifatida turar joy va noturar joy ko‘chmas mulki, avtotransport, maxsus texnika, pul mablag‘lari, oltin o‘lchov quymalari, oltin esdalik tangalari hamda oltin taqinchoqlar qabul qilinadi.

Bank kartada

Kreditlar haqida bilish muhim

Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak

 

Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang: 

  • Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
  • Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
  • Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
  • Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay. 

 

Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.

Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari

  • Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.

     

  • Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.

     

  • Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

     

  • Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.

     

  • Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.

Boshqa kreditlar

Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

Biznesni rivojlantirish uchun so‘mdagi ekvivalentda 400 000 EUR’gacha moliyalashtirish
Summa
€400 000 gacha
Muddat
72 oygacha
Imtiyozli davr
24 oygacha
Mahalla Loyihasi

Mahalla Loyihasi

Aylanma mablag‘lar va asosiy vositalar uchun 3 mlrd so‘mgacha
Summa
3 000 000 000 so‘mgacha
Muddat
36 oygacha
Imtiyozli davr
3 oygacha
Kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit

Kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit

7 yilgacha muddatga biznes uchun 300 mln so‘mgacha moliyalashtirish
Summa
300 000 000 so‘mgacha
Muddat
84 oygacha
Imtiyozli davr
36 oygacha
...

Ipak Yuli Business

Kerakli hamma narsa - bitta ilovada. Navbatsiz va kutishlarsiz
banner