FOTON avtokrediti — biznesingiz uchun ishonchli transport
FOTON avtomobillari uchun kredit
Kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin?
"FOTON" krediti haqida
Foton avtomobillari uchun avtokredit
Sizning yangi FOTON — bank ko‘magida
Biznesingiz uchun FOTON tijorat avtomobillarini qulay va tushunarli moliyalashtirish shartlari asosida xarid qiling.
Ipak Yuli Bankdan FOTON avtomobillari uchun avtokredit kompaniya avtoparkini yangilash yoki kengaytirish imkonini beradi — katta bir martalik xarajatlarsiz va foiz to‘lovisiz.
Kredit O‘zbekistonda FOTON brendining rasmiy distribyutori — SAMIST AUTO kompaniyasidan avtomobillarni xarid qilish uchun taqdim etiladi.
Asosiy jihatlar
Moliyalashtirishning qulay shartlari
• Maksimal summa — $1 500 000 gacha (milliy valyutadagi ekvivalentda)
• Moliyalashtirish muddati — 48 oygacha
• Foiz stavkasi — yillik 0%
• Boshlang‘ich to‘lov — 0% dan 70% gacha
Rasmiy distribyutor
• Moliyalashtirish FOTON avtomobillarini rasmiy distribyutor SAMIST AUTO orqali xarid qilishda taqdim etiladi
• Avtomobillar brendning rasmiy dilerlik tarmog‘i orqali yetkazib beriladi
Asosiy afzalliklar
• Biznes uchun FOTON avtomobillarini maxsus shartlarda moliyalashtirish
• Yillik 0% stavka
• Avtopark uchun bir nechta avtomobil xarid qilish imkoniyati
• Ariza bo‘yicha qaror — 3–5 ish kunidan boshlab
• Bitimning barcha bosqichlarida bank ko‘magi
Kreditni rasmiylashtirish uchun 3 qadam
1. SAMIST AUTO rasmiy distribyutoridan FOTON avtomobilini tanlang
2. Hujjatlarni Ipak Yuli Bankka taqdim eting
3. Shartnomani imzolang va biznesingiz uchun avtomobilni oling
Nima uchun bu foydali
• Avtoparkni katta bir martalik xarajatlarsiz yangilash imkoniyati
• Qo‘shimcha transport orqali biznesni kengaytirish
• Foizsiz moliyalashtirish
• Ijara va eski texnikani ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish
• Ipak Yuli Bankdan ishonchli moliyalashtirish
Kredit muddati bo‘yicha foiz stavkasi
| Boshlang‘ich to‘lov | Muddat | Foiz stavkasi |
| 0% | 12 oygacha | 0% |
| 30% | 18 oygacha | |
| 40% | 22 oygacha | |
| 50% | 24 oygacha | |
| 60% | 30 oygacha | |
| 65% | 36 oygacha | |
| 70% | 48 oygacha |
Ariza qoldiring — biz siz bilan bog‘lanamiz
Muhim ma’lumot
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar
- Ariza
- Moliyaviy hujjatlar
- Ta’sis hujjatlari
- Pasport / ID-karta / STIR
Ta’minot
- Ko‘chmas mulk
- Transport vositalari
- Pul mablag‘lari
- Zargarlik buyumlari
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oltin o‘lchov quymalari va oltin tangalari
Savollar va javoblar
Ha, agar biznesning moliyaviy ko‘rsatkichlari bank talablariga javob bersa, kredit orqali bir nechta FOTON avtomobilini sotib olish mumkin.
Avtomobillar O‘zbekistondagi FOTON brendining rasmiy distribyutori — SAMIST AUTO kompaniyasidan xarid qilinadi.
Majburiy emas. Siz 0% boshlang‘ich to‘lov bilan ham kredit olishingiz mumkin va yillik stavka 0% bo‘lib qoladi. Boshlang‘ich to‘lov faqat kredit muddatiga ta’sir qiladi.
Kredit milliy valyutada — so‘mda taqdim etiladi.
Ha, mijoz kreditni shartnoma shartlariga muvofiq muddatidan oldin so‘ndirishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlar va loyiha shartlariga bog‘liq. Odatda 3 kundan boshlab.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Mahalla Loyihasi
Kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit
Ipak Yuli Business
Kerakli hamma narsa - bitta ilovada. Navbatsiz va kutishlarsiz
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Ipak Yuli Business
