Biznes kreditlarini qayta moliyalashtirish — qulay shartlar
Biznes kreditlarini qayta moliyalashtirish
Qayta moliyalashtirish haqida
Qayta moliyashtirishni rasmiylashtirish uchun 3 qadam
Bilish foydali

Afzalliklar
- Amaldagi kredit bo‘yicha foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati
- Stavka yoki muddatni o‘zgartirish orqali oylik to‘lovlarni kamaytirish
- Bir nechta biznes kreditlarini bitta kreditga birlashtirish
- Biznesning kredit yukini optimallashtirish
- Arizani tez ko‘rib chiqish — 3 ish kunidan 5 ish kunigacha

Moliyalashtirish shartlari
- Maksimal summa — $1 500 000 gacha yoki milliy valyutadagi ekvivalenti
- Moliyalashtirish muddati
aylanma mablag‘lar uchun — 36 oygacha
asosiy vositalar uchun — 60 oygacha - Imtiyozli davr — asosiy qarz bo‘yicha 6 oygacha
- Valyuta — UZS, USD, EUR
Kredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Ariza qoldiring — biz siz bilan bog‘lanamiz
Rasmiylashtirish uchun kerak
Hujjatlar
- Ariza
- Moliyaviy hujjatlar
- Ta’sis hujjatlari
- Pasport / ID-karta / STIR
Ta’minot
Asosiy ta’minot
- Xarid qilinayotgan avtomobil
- Ko‘chmas mulk
- Transport vositalari
- Pul mablag‘lari
- Zargarlik buyumlari
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oltin quymalari va oltin tangalari
Qo‘shimcha
- Kafillik
- Sug‘urta
- Uskunalar
- Aylanma tovarlar
Savollar va javoblar
Qayta moliyalashtirish — bu biznesning boshqa bankdagi amaldagi kreditini Ipak Yuli Bankka o‘tkazish bo‘lib, kredit shartlarini qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi: foiz stavkasi, muddat yoki oylik to‘lov miqdori.
Ha. Qayta moliyalashtirish doirasida biznesning bir nechta kreditini bitta kreditga birlashtirish mumkin. Bu to‘lovlarni boshqarishni soddalashtiradi va kredit yukini kamaytirishga yordam beradi.
Ha, ayrim hollarda biznesning moliyaviy holati imkon bersa, kredit summasini oshirish mumkin.
Bank amaldagi kredit shartlarini, kompaniyaning kredit tarixini, biznesning moliyaviy holatini va qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini hisobga oladi.
Kredit tarixi qaror qabul qilishdagi muhim omillardan biridir. Kompaniyaning to‘lov intizomi qanchalik barqaror bo‘lsa, tasdiqlanish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ta’minot masalasi individual tartibda ko‘rib chiqiladi va amaldagi kredit shartlari hamda biznesning moliyaviy holatiga bog‘liq.
Agar biznes kreditingizni qayta moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, arizani onlayn qoldirishingiz mumkin. Menejerimiz siz bilan bog‘lanib, batafsil maslahat beradi. Qayta moliyalashtirishni rasmiylashtirish uchun esa Ipak Yuli Bank'ning sizga qulay bo‘lgan istalgan filialiga murojaat qilishingiz kerak.
Qayta moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mavjud.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Yillik 19,9% stavkada biznes kreditlari
Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash