Ipak Yuli Bank Özbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya oldi
Ipak Yuli Bank Özbekiston Respublikasi Markaziy bankidan islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya oldi. Bu mamlakatda islomiy bank xizmatlarini rivojlantirişdagi yangi bosqiç va bankning islomiy moliyalaştiriş sohasidagi qariyb 20 yillik faoliyati natijasidir.
Litsenziya olinişi Ipak Yuli Bank uçun islomiy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirişda yangi imkoniyatlar yaratadi. Bank uşbu xizmatlarni islomiy moliyalaştiriş tamoyillari va Özbekiston qonunçiligiga muvofiq faoliyat yuritadigan alohida yönaliş — islomiy bank xizmatlari darçasi orqali taqdim etişga tayyorgarlik körmoqda.
Islomiy bank xizmatlari nima?
Islomiy bank xizmatlari — islomiy moliyalaştiriş tamoyillariga asoslangan moliyaviy xizmatlar tizimi. An’anaviy foizli kreditlaş örniga bunda başga moliyalaştiriş mexanizmlari qöllaniladi: kelişilgan ustama narx asosidagi savdo bitimlari, ijara, şeriklik va foydani taqsimlaş.
Masalan, Murobaha tamoyili asosida moliyalaştirişda bank mijozga kerakli tovar yoki aktivni sotib oladi, söng uni oldindan kelişilgan, ustama narxni öz içiga olgan narxda mijozga sotadi.
20 yil ortga qaytamiz
Ipak Yuli Bankning islomiy moliyalaştiriş sohasidagi faoliyati 2006-yilda Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibiga kiruvçi Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça islom korporatsiyasi (ICD) bilan hamkorlikdan boşlangan.
Ipak Yuli Bank Özbekistonda ICDning birinçi bank hamkoriga aylandi.
Hamkorlik yillari davomida tomonlar umumiy qiymati 46 mln dollar bölgan törtta moliyalaştiriş liniyasini yölga qöydi. Uşbu mablağlarning 40,5 mln dollardan ortiği 59 ta loyihani amalga oşirişga yönaltirildi. Natijada Özbekistonda 1 000 dan ortiq iş örni yaratildi.
Bank işlab çiqarış korxonalarini moliyalaştirib, ularga işlab çiqarış quvvatlarini kengaytiriş, mahsulot hajmini oşiriş va eksportni rivojlantirişda yordam berdi.
Masalan, avtomobil filtrlari, sovitiş suyuqliklari va motor moyi işlab çiqarışni kengaytirişga 3 mln dollardan ortiq mablağ ajratildi. Loyiha natijasida 24 ta iş örni yaratildi, korxona tuşumi esa 2024-yildagi 49 mlrd sömdan 2026-yilda 75 mlrd sömga yetdi.
ICD bilan hamkorlik tarixi haqida batafsil — biznes uçun islomiy moliyalaştirişni rivojlantiriş haqidagi maqolada.
Xalqaro hamkorlik va biznesni qöllab-quvvatlaş
2022-yilda Ipak Yuli Bank Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) bilan hamkorlikni boşladi. Dastlabki moliyalaştiriş liniyasi 15 mln dollarni taşkil etdi, 2026-yilga kelib esa uning hajmi 75 mln dollarga yetdi.
Uşbu mablağlar tadbirkorlarga biznesni rivojlantiriş uçun xomaşyo, uskunalar, butlovçi qismlar va tovarlar xarid qilişda yordam beradi.
Misollardan biri — çoyni saralaş va tarqatiş loyihasi. U ITFC bilan hamkorlik boşlanganidan buyon jami 10 mln dollar miqdorida moliyalaştirildi. 2024–2026-yillarda korxona tuşumi 5,6 mln dollardan 11,7 mln dollarga oşdi, loyiha doirasida esa 20 ta iş örni yaratildi.
Batafsil — ITFC bilan hamkorlikni kengaytiriş haqidagi xabarda.
Islomiy bank xizmatlari darçasini taşkil etişdan litsenziya olişgaça
2026-yil 29-iyunda Ipak Yuli Bank aksiyadorlarining Umumiy yiğilişi islomiy bank faoliyatini joriy etiş töğrisida qaror qabul qildi va islomiy bank xizmatlari darçasi modelini tanladi.
Uşbu model an’anaviy bank yönalişlarini saqlab qolgan holda, alohida taşkiliy tuzilma doirasida islomiy moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş imkonini beradi.
Tayyorgarlik jarayonida bank yangi mahsulotlarni işlab çiqiş ustida işladi, jamoani şakllantirdi, boşqaruv va içki nazorat tizimlarini yaratdi.
Ipak Yuli Bankda Islomiy moliyalaştiriş kengaşi taşkil etildi, ixtisoslaşgan bölinmalar şakllantirildi. Islomiy moliyalaştiriş auditi vazifalari esa Audit qömitasi nazorati ostidagi içki audit tizimiga kiritildi.
Bankning 10 nafardan ortiq xodimi islomiy moliya va buxgalteriya hisobi sohasida standartlar işlab çiqadigan xalqaro taşkilot — AAOIFI sertifikatlari va kasbiy malakalariga ega.
2026-yil oktabr oyida Ipak Yuli Bank uşbu işlar natijalarini Samarkand Islamic Finance Forum 2026 xalqaro forumida taqdim etdi.
Bank Boşqaruvi raisi Umidjon Hakimov forum iştirokçilariga xalqaro hamkorlik, iqtisodiyotning real sektorini moliyalaştiriş va islomiy bank xizmatlari darçasini işga tuşirişga tayyorgarlik haqida sözlab berdi.
Bankning forumdagi iştiroki haqida batafsil — «Özbekistonda islomiy moliyalaştiriş: Ipak Yuli Bank tajribasi va rejalari» maqolasida.
Markaziy bank litsenziyasining olinişi uşbu işlarning navbatdagi bosqiçi böldi.
Mijozlar uçun nimalar özgaradi?
Litsenziya Ipak Yuli Bankka islomiy bank xizmatlari darçasi orqali islomiy bank faoliyatini rivojlantirişning keyingi bosqiçiga ötiş imkonini beradi.
Kelgusida bank islomiy moliyalaştiriş tamoyillariga mos mahsulotlarga qiziqayotgan aholi va tadbirkorlar uçun moliyaviy yeçimlar turini köpaytirişni rejalaştirmoqda.
Yangi xizmatlarni bosqiçma-bosqiç joriy etiş rejalaştirilgan. Ularning işga tuşirilişi, şartlari va rasmiylaştiriş tartibi haqida ma’lumot bankning rasmiy sayti va başga axborot kanallarida alohida e’lon qilinadi.
Ipak Yuli Bank uçun islomiy bank xizmatlari xalqaro moliya institutlari va Özbekiston tadbirkorlari bilan olib borilgan köp yillik faoliyatning davomidir. Töplangan tajriba mijozlarga kundalik vazifalarni hal qiliş va uzoq muddatli rejalarini amalga oşirişda yordam beradigan yangi moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş uçun asos böladi.
Bank islomiy moliyalaştirişni rivojlantirişda davom etadi. Bunda şartlarning şaffofligi, professional tajriba va belgilangan talablarga rioya etişga alohida e’tibor qaratiladi.
Ipak Yuli Bank: har kuni yoningizda — katta maqsadlar sari!