22 мая 2023 г.
Ipak Yo‘li Banki XSRIK bilan yangi shartnoma orqali kichik va o‘rta biznesni islomiy moliya bilan ta’minlaydi
Ipak Yo‘li Banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), kichik va o‘rta biznesga alohida e’tibor qaratgan holda, O‘zbekistondagi xususiy sektor mijozlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida moliyalashtirish liniyasi boʻyicha yangi kelishuv imzoladi.
Tegishli kelishuv 2023-yil 12-may kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining yillik yig‘ilishida imzolandi.
Unga muvofiq, XSRIK agentlik kelishuvi - vakala asosida Ipak Yo‘li Banki tomonidan tavsiya etilgan xususiy sektor loyihalarini murobaha vositasidan foydalangan holda moliyalashtirish uchun 15 million AQSh dollari va 5 million yevro miqdorida moliyalashtirish liniyasini taqdim etadi.
Bu mablagʻlar Oʻzbekistonda xususiy sektorning oʻsishiga ko‘maklashishi va tadbirkorlarga milliy iqtisodiyotni kengaytirishga yordam beradigan qoʻshimcha qiymatga ega loyihalarni yaratish imkonini berishi kutilmoqda.
Yangi moliyalashtirish shartnomasi XSRIK va Ipak Yo‘li banki o‘rtasida 2006-yilda boshlangan mustahkam hamkorlikning dalilidir. Shu vaqtdan boshlab Bank XSRIK tomonidan taqdim etilgan to‘rtta moliyalashtirish liniyasini jalb qildi, shulardan oxirigi kelishuv XSRIK kanallarini rivojlantirish strategiyasiga mos keladi va a’zo mamlakatlarda xususiy sektor loyihalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi.
Ushbu shartnomada qo‘llanilgan murobaha instrumenti keng tarqalgan islomiy moliya vositasi bo‘lib, tovar yoki aktivlarni tannarxida qo‘shimcha qiymat bilan sotib olishga imkon beradi va bu shariatga muvofiq moliyalashtirishga intilayotgan korxonalar uchun jozibador variant hisoblanadi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
