Yevro omonatlar
Yevro omonati haqida batafsil
Omonat bo‘yicha daromadingiz
not_offerta
Yevro omonatini qanday ochish mumkin
Bilish muhim

Norezidentlar Ipak Yuli Mobile’da so‘m omonatlarini ochishlari mumkin
Xizmat Ipak Yuli Bankning istalgan filialida hisob ochgan va identifikatsiyadan o‘tgan mijozlar uchun mavjud.
Hisob ochish va identifikatsiyadan o‘tish jarayoni 5–15 daqiqa vaqt oladi. Buning uchun pasport, JShShIR (PINFL) va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik hujjati talab etiladi.
Hisob ochilgandan so‘ng mijoz bankning omonat mahsulotlaridan foydalanishi, so‘m omonatlarini Ipak Yuli Mobile orqali, valyuta omonatlarini esa bank filiallarida ochishi mumkin.

Omonatlaringizni qaytarish kafolatlanadi
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi Omonatlarini Kafolatlash Agentligi bank tizimi barqarorligini ta’minlash bilan birga, aholining 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlarini qaytarish kafolati hisoblanadi.

O‘zbekiston norezidentlari uchun omonatlar bo‘yicha foizlarga soliq solish
O‘zbekiston norezidentlarining banklardagi omonatlari bo‘yicha daromadlariga 10% miqdorida soliq solinadi (O‘zR Soliq kodeksining 366, 382-moddalari). Bank foizlarni to‘lashda soliqni ushlab qoladi.
Savollar va javoblar
Yevro omonati — bu chet el valyutasida (EUR) ochiladigan depozit bo‘lib, yevroda barqaror daromad olish va foizlarni har oy olish imkonini beradi. Mablag‘larini valyutada saqlash va muntazam daromad olishni istaganlar uchun mos keladi.
Omonat muddati — 6 oydan boshlab. Aniq muddat omonat rasmiylashtirilayotganda tanlanadi.
Yillik foiz stavkasi — yevroda 4% gacha. Aniq stavka tanlangan muddatga bog‘liq.
Ha. Omonatni amal qilish muddati davomida to‘ldirish mumkin.
Ha, qisman va to‘liq yechib olish mumkin. Biroq muddatidan oldin yopilganda foizlar qayta hisoblanishining maxsus shartlari qo‘llaniladi.
Shartlarni aniqlashtiring va mos omonatni tanlang. Pasport va pul mablag‘lari bilan bankning istalgan bo‘limiga murojaat qiling. Bank xodimi omonatni rasmiylashtiradi. Foizlarni yechib olish yoki omonatda qoldirish, shuningdek Ipak Yuli Mobile orqali kuzatish mumkin.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
