Norezidentlar uchun JShShIR olish va bankka topshirish tartibi

Ipak Yuli Bank mijozi bo‘lish uchun:

1
Norezident anketasini to‘ldiring
2
Javobni kuting
3
Hujjatlar bilan bank filialiga keling

JSHSHIR nima va bank nima uchun uni norezidentdan talab qiladi?

JShShIR — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil 8-fevraldagi 3420-son yo'riqnomasiga muvofiq bankning barcha xizmatlaridan foydalanish uchun siz JShShIR-ni bankka taqdim etishingiz shart.

 

JShShIR-ni bankka qanday taqdim etish mumkin?

  • Telegramda,@ipaksupport manzilida
  • Bank ilovasini qo‘llab-quvvatlash chatida — ilovani havoladan yuklab olishingiz mumkin ;
  • Sizga xizmat ko'rsatadigan bank filialiga.

 

JShShIR'ni qanday olish mumkin?

Chet el fuqarolari o'zlarining JShShIR'larini eng yaqin pasport idorasidan yoki Davlat xizmatlari markazidan olishlari mumkin. Davlat xizmatlari markazida JShShIR olish uchun siz faqatgina pasportingizni olib kelishingiz lozim. Pasport stolida ariza berish uchun pasport va O'zbekiston Respublikasida vaqtincha ro' yxatdan o' tkazish hujjati talab qilinadi. Murojaatdan so'ng siz 2-4 ish kuni ichida JShShIR olasiz.

Siz JShShIR'ni onlayn ravishda ololmaysiz.

 

Maslahat

Agar siz JShShIR uchun ariza topshirgan bo‘lsangiz-u, lekin uni Davlat xizmatlari markazidan shaxsan olishga vaqtingiz bo‘lmasa, o‘z o‘rningizga yaqinlaringizni yuborishingiz mumkin — lekin buning uchun ishonchnoma talab qilinadi.

Bank kartada