Ipoteka omonati

Ipoteka omonati

Ipoteka omonati

Yillik 13% daromadlilikka ega ipoteka omonati — boshlang‘ich badalni yoki uy-joy xaridini moliyalashtirish uchun mablag‘ jamg‘arishning ishonchli usuli
Yillik stavka
13%
Muddat
12 oy
Foizlar to‘lash
muddat oxirida

Omonat haqida batafsil

Omonat bo‘yicha daromadingiz

Yillik foiz stavkasi
13%
Muddat (oyda)
12 oy
Muddat oxiridagi miqdor
0 UZS
Omonat bo'yicha daromad
+0 UZS

Hisob-kitob dastlabki hisoblanadi va ommaviy oferta hisoblanmaydi

Omonatni qanday ochish mumkin

1
Subsidiya bildirishnomasi bilan bankka murojaat qiling
Boshlang‘ich badal uchun subsidiya ajratilgani to‘g‘risidagi bildirishnomani oling va ipoteka omonatini ochish uchun Ipak Yuli Bankning o‘zingizga qulay filialiga murojaat qiling
2
Omonatni to‘ldiring
Boshlang‘ich badalning majburiy qismidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z mablag‘laringizni kiriting. Shundan so‘ng bank subsidiyani o‘tkazish uchun so‘rov yuboradi
3
O‘z uyingiz uchun jamg‘aring
Subsidiya omonat hisobiga tushgach, omonat daromad keltira boshlaydi va jamg‘arilgan mablag‘lardan ipoteka dasturi orqali uy-joy sotib olishda foydalanishingiz mumkin

Bilish muhim

Norezidentlar Ipak Yuli Mobile’da so‘m omonatlarini ochishlari mumkin

 

Xizmat Ipak Yuli Bankning istalgan filialida hisob ochgan va identifikatsiyadan o‘tgan mijozlar uchun mavjud.
 

 

Hisob ochish va identifikatsiyadan o‘tish jarayoni 5–15 daqiqa vaqt oladi. Buning uchun pasport, JShShIR (PINFL) va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik hujjati talab etiladi.
 

Hisob ochilgandan so‘ng mijoz bankning omonat mahsulotlaridan foydalanishi, so‘m omonatlarini Ipak Yuli Mobile orqali, valyuta omonatlarini esa bank filiallarida ochishi mumkin.

 

Batafsil

 

Omonatlaringizni qaytarish kafolatlanadi

 

Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi Omonatlarini Kafolatlash Agentligi bank tizimi barqarorligini ta’minlash bilan birga, aholining 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlarini qaytarish kafolati hisoblanadi.

 

O‘zbekiston norezidentlari uchun omonatlar bo‘yicha foizlarga soliq solish

 

O‘zbekiston norezidentlarining banklardagi omonatlari bo‘yicha daromadlariga 10% miqdorida soliq solinadi (O‘zR Soliq kodeksining 366, 382-moddalari). Bank foizlarni to‘lashda soliqni ushlab qoladi.

Savollar va javoblar

Bu ipoteka uchun boshlang‘ich to‘lovni jamg‘arishga mo‘ljallangan omonat. Siz omonatni o‘z mablag‘laringiz bilan to‘ldirasiz, yillik 13% daromad olasiz va jamg‘arilgan mablag‘ hamda hisoblangan foizlarni birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun ishlatasiz.

Omonatni ipoteka subsidiyasi ajratilishi to‘g‘risida ijobiy xabarnoma olgan mijozlar ochishi mumkin.

Ipak Yuli Bank’ning istalgan filiali yoki Bank xizmatlari markaziga (BXM) murojaat qiling. Omonat so‘mda ochiladi. Filiallar va BXMlarning manzillari hamda telefon raqamlari bilan to‘liq ro‘yxati bank saytida mavjud.

Minimal summa — 1 mln so‘m. Maksimal summa cheklanmagan.

Ha. Omonatni to‘ldirib, boshlang‘ich to‘lovning o‘zingizga tegishli qismini bosqichma-bosqich jamg‘arishingiz mumkin.

Avval subsidiya ajratilishi to‘g‘risida ijobiy xabarnoma olishingiz kerak. Boshlang‘ich to‘lovning kerakli qismini jamg‘arganingizdan so‘ng, bank subsidiyani o‘tkazish uchun so‘rovni mustaqil ravishda yuboradi. Batafsil bu yerda o‘qing.

Ha. Yillik foiz stavkasi — 13%. Foizlar mablag‘ omonatga kelib tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi.

Ha. Subsidiya mablag‘lariga ham foiz hisoblanadi. Ammo sizning mablag‘laringiz va subsidiya mablag‘lari alohida hisobga olinadi.

Jamg‘arilgan mablag‘ va hisoblangan foizlar faqat ipoteka dasturi doirasida birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun ishlatiladi.

Sizning jamg‘armalaringiz va ularga hisoblangan foizlar sizga qaytariladi. Subsidiya mablag‘lari va ularga hisoblangan foizlar davlat budjetiga qaytariladi.