Uy taʼmiri uchun kredit
Uy ta’miri uchun kredit
Kredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
Savollar va javoblar
Kredit kvartira yoki xususiy uyni ta’mirlash, jumladan qurilish materiallarini xarid qilish va ta’mirlash ishlari uchun to‘lovni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Yo‘q. Kredit faqat mavjud ko‘chmas mulkni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uy qurish, rekonstruksiya yoki qayta rejalashtirishni moliyalashtirish uchun berilmaydi.
Kredit ta’minoti sifatida ta’mirlanayotgan ko‘chmas mulk qabul qilinadi.
Kredit rasmiylashtirilgandan so‘ng bank mablag‘ni qurilish materiallari sotuvchilariga yoki ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘tkazadi.
Ha. Kreditni bank shartlariga muvofiq to‘liq yoki qisman muddatidan oldin so‘ndirish mumkin.
Qaror 3 ish kunigacha qabul qilinadi.
- Ipak Yuli Mobile yordamida;
- Bankning har qanday ofisida;
- Bank ofislarida ADM orqali. Adm-avtomatlashtirilgan depozit mashinasi.
Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, pul mablag‘lari va zargarlik buyumlari.
Ha, shartnoma shartlariga muvofiq muddatidan oldin to‘lash imkoniyati mavjud.
Mijozning kredit tarixi, garov mavjudligi va individual skoring tahlili natijalari.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Chevrolet uchun avtokredit
Volkswagen uchun avtokredit