Volkswagen avtomobillari uchun avtokredit

Volkswagen uchun avtokredit

Volkswagen uchun avtokredit

Rasmiy dilerdan yangi Volkswagen yoki Jetta avtomobilini xarid qiling
Summa
800 000 000 so‘mgacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
20,9% dan boshlab

Avtokredit haqida

Avtokreditni rasmiylashtirish uchun 3 qadam

1
Avtomobilni tanlang
Rasmiy dilerida o‘zingizga mos model va komplektatsiyani tanlang
2
Avtokredit uchun ariza topshiring
Ipak Yuli Bank filialiga murojaat qiling va kerakli hujjatlarni taqdim eting
3
Avtomobilingizni oling
Kredit tasdiqlangach, shartnomani imzolang, boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring va avtomobilingizni olib keting

Kredit kalkulyatori

1 000 000 UZS
12 Oy
20.9 %
Kreditni qaytarish usuli
Sana Oylik to'lov Qarz qoldig'i Foizlar Asosiy qarz

Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.

Foiz stavkasi %
Muddat (oyda) oy
Sug'urta xarajatlari 0 so'm
Garovni baholash xarajatlari 0 so'm
Kreditning to'liq qiymati (KTQ)* %

*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.

Bilish muhim

Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar

  • Pasport / ID
  • Avtomobil xarid qilish bo‘yicha shartnoma

Qarz oluvchiga talablar

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
  • Yoshi — 18 yoshdan boshlab
  • Ijobiy kredit tarixi
  • Rasmiy daromad manbai yoki o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

Onlayn kredit arizasi

5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring

+998
Toshkent shahri va Toshkent viloyati

Davom etish orqali siz foydalanuvchi kelishuvni bilan qabul qilasiz

Foiz stavkasi haqida

 

Rasmiy daromad bilan

 

Boshlang'ich to'lovMuddatFoiz stavkasi
25%12 oy20,9%
25% dan boshlab24 oy22,9%
36 oy23,9%
60 oy24,9%
50% dan boshlab36 oy22,9%
60 oy23,9%

 

 

 

Davlat tashkilotlari xodimlari

 

Boshlang'ich to'lovMuddatFoiz stavkasi
25% dan boshlab24 oy20,9%
36 oy21,9%
60 oy22,9%
50% dan boshlab36 oy20,9%
60 oy21,9%

 

 

Norasmiy daromadli

 

Boshlang'ich to'lovСрокFoiz stavkasi
25%12 oy20,9%
25% dan boshlab24 oy22,9%
36 oy23,9%
60 oy24,9%
50% dan boshlab36 oy22,9%
60 oy23,9%

 

 

*Kredit shartlari skoring tahlili asosida individual tarzda belgilanadi.

Savollar va javoblar

Avtokredit dasturi bo‘yicha quyidagi avtomobillar mavjud: Volkswagen Passat Pro, Teramont Pro, Tiguan L Pro, Teramont X, Lavida XR, Tharu XR, Jetta VS5, Jetta VS7

Foiz stavkasi yillik 20,9% dan boshlanadi. Kredit shartlari tanlangan avtomobil modeliga bog‘liq.

Boshlang‘ich to‘lov miqdori tanlangan avtomobil modeliga bog‘liq bo‘lib, avtomobil qiymatining 25% dan boshlanadi.

Ha, kredit ta’minoti sifatida xarid qilinayotgan avtomobil rasmiylashtiriladi.

Ha, kreditni bank shartlariga muvofiq to‘liq yoki qisman muddatidan oldin so‘ndirish mumkin. Jarima va penya qo‘llanilmaydi.

Avtokreditni 18 yoshdan oshgan, daromadini tasdiqlay oladigan yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan hamda Ipak Yuli Bank talablariga mos keladigan jismoniy shaxslar rasmiylashtirishi mumkin.

Ariza topshirish uchun pasport yoki ID-karta, shuningdek, so‘nggi 6 oy uchun daromadni tasdiqlovchi hujjatlar yoki o‘zini o‘zi band qilganlik sertifikati talab etiladi.

Ha, avtokredit rasmiy daromadga ega mijozlar uchun ham, o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ham kerakli hujjatlar taqdim etilganda mavjud.

Ha. Davlat tashkilotlari xodimlari uchun pasaytirilgan foiz stavkalari amal qiladi.

Bank kartada

Kreditlar haqida bilish muhim

Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak

 

Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang: 

  • Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
  • Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
  • Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
  • Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay. 

 

Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.

Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari

  • Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.

     

  • Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.

     

  • Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

     

  • Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.

     

  • Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.

Boshqa kreditlar

Chevrolet uchun avtokredit

Chevrolet uchun avtokredit

Orzuingizdagi avtomobil egasi bo'ling!
Summa
600 000 000 so‘mgacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
0%
Volkswagen uchun avtokredit

Volkswagen uchun avtokredit

Rasmiy dilerdan yangi Volkswagen yoki Jetta avtomobilini xarid qiling
Summa
800 000 000 so‘mgacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
20,9% dan boshlab
Voyah avtomobillari uchun avtokredit

Voyah avtomobillari uchun avtokredit

Rasmiy dileridan yangi Voyah avtomobilini 0% stavkadagi maxsus kredit dasturi orqali xarid qiling
Summa
950 000 000 so‘mgacha
Muddat
24 oygacha
Yillik stavka
0% dan boshlab
...