Ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish
Ipotekani qayta moliyalashtirish
Qayta moliyalashtirish haqida batafsil
Qayta moliyalashtirish kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
Muhim ma’lumot
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar
- Pasport yoki ID-karta
- Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar (zarurat bo‘lganda)
- Amaldagi ipoteka krediti bo‘yicha hujjatlar
- Garovga rasmiylashtiriladigan ko‘chmas mulk hujjatlari
- Bank talabiga ko‘ra boshqa hujjatlar
Qarz oluvchiga talablar
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, rasmiy daromadi bor yoki rasmiy daromadi tasdiqlanmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
Savollar va javoblar
Ha, agar amaldagi ipoteka krediti Ipak Yuli Bank qayta moliyalashtirish dasturi talablariga javob bersa.
Yo‘q, boshlang‘ich to‘lov talab etilmaydi.
Amaldagi ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarz qoldig‘i doirasida 1,5 mlrd so‘mgacha.
Yo‘q. Dastur faqat amaldagi ipoteka kreditini qayta moliyalashtirishni nazarda tutadi.
Ha. Kreditni bank shartlariga muvofiq to‘liq yoki qisman muddatidan oldin so‘ndirish mumkin.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Chevrolet uchun avtokredit
Volkswagen uchun avtokredit