Kafillik asosida mikroqarz
Mikroqarz haqida batafsil
Kredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
| Foiz stavkasi | Muddati | Kredit summasi | Ta'minot |
|---|---|---|---|
| 25,9% | 12 oygacha | 100 mln so'mgacha | Jismoniy shaxslarning kafilligi yoki sug‘urta polisi |
| 26,9% | 24 oygacha | ||
| 28,9% | 36 oygacha |
Savollar va javoblar
Kafillik asosidagi mikroqarz — bu shaxsiy maqsadlar uchun beriladigan, jismoniy shaxs kafilligi yoki sug‘urta polisi asosida rasmiylashtiriladigan qarz bo‘lib, mulk garovi talab etilmaydi.
100 000 000 so‘mgacha. Maksimal summa har bir mijoz uchun skoring tizimi orqali individual tarzda belgilanadi.
36 oygacha (3 yil).
- 12 oygacha — yillik 25,9% dan
- 24 oygacha — yillik 26,9% dan
- 36 oygacha — yillik 28,9% dan
- kamida 6 oy davomida rasmiy daromadga ega bo‘lish
- kamida 12 oy davomida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lish
- muddati o‘tgan qarz va qarzdorliklarning yo‘qligi ijobiy kredit tarixi
Qaror skoring natijalari va KATM ma’lumotlari asosida qabul qilinadi.
Tasdiqlangandan so‘ng, mablag‘lar sizning bank kartangizga yoki hisob raqamingizga o‘tkaziladi.
To‘lovlar har oy amalga oshiriladi:
- Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali
- bankning istalgan bo‘limida
- ADM (avtomatlashtirilgan depozit mashinasi) orqali
Muddatidan oldin to‘lash ham mumkin.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Chevrolet uchun avtokredit
Volkswagen uchun avtokredit