Yangi qurilgan uylar uchun ipoteka

Yangi qurilgan uylarga ipoteka

Yangi qurilgan uylarga ipoteka

O‘z uyingizni qulay shartlarda oling
Summa
480 000 000 so‘mgacha
Muddat
20 yilgacha
Yillik stavka
16,5% dan boshlab

Ipotekani qanday rasmiylashtirish mumkin

1
Bank filialiga murojaat qiling
Pasport va oldi-sotdi bo‘yicha dastlabki shartnomani Ipak Yuli Bank hududiy filialiga olib boring.
2
Skoringdan o‘ting
Bank ichki tizim orqali to‘lov qobiliyatingizni baholaydi.
3
Hujjatlarni tayyorlang va imzolang
Tasdiqdan so‘ng — bankda ipoteka shartnomasini imzolang.
4
Ro‘yxatdan o‘tkazish va kredit ajratish
Garov shartnomasini Kadastr agentligida ro‘yxatdan o‘tkazing. Shundan so‘ng bank mablag‘ni sotuvchiga o‘tkazadi.

Ipoteka kalkulyatori

1 000 000 UZS
12 Oy
16.5 %
Kreditni qaytarish usuli
Sana Oylik to'lov Qarz qoldig'i Foizlar Asosiy qarz

Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.

Foiz stavkasi %
Muddat (oyda) oy
Sug'urta xarajatlari 0 so'm
Garovni baholash xarajatlari 0 so'm
Kreditning to'liq qiymati (KTQ)* %

*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.

Ipoteka haqida batafsil

Nega bu foydali

 

• Birlamchi bozorda o‘z kvartirangizni sotib olish imkoniyati
• Turli daromad darajasiga ega mijozlar uchun qulay shartlar
• Toshkent va hududlar uchun moslashuvchan parametrlar
• Arizani tez ko‘rib chiqish — 2–3 ish kuni

Asosiy

 

Moslashuvchan shartlar

• Foiz stavkasi 

  • Rasmiy daromad bilan:
    17–17,5% — Toshkentda, 16,5% — hududlarda
  • Norasmiy daromad bilan:
    17% dan 18% gacha

• Rasmiy daromadsiz ham rasmiylashtirish imkoniyati
• Kredit valyutasi — so‘m

 

Qulaylik

• Boshlang‘ich to‘lov —  15% dan
• Kredit muddati — 20 yilgacha
• Kredit summasi:
— Toshkent uchun 480 mln so‘mgacha
— hududlar uchun 380 mln so‘mgacha
• Imtiyozli davr — 6 oygacha
(bu davrda faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi)

Afzalliklar

• Rasmiy daromadsiz ham yangi qurilgan uydan kvartira sotib olish imkoniyati
• Uzoq kredit muddati — qulay oylik to‘lovlar
• Tushunarli shartlar va shaffof rasmiylashtirish jarayoni
• Sotib olinayotgan kvartira kredit ta’minoti sifatida xizmat qiladi

Onlayn kredit arizasi

5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring

+998

Davom etish orqali siz foydalanuvchi kelishuvni bilan qabul qilasiz

Savollar va javoblar

Hududlarda — yillik 16,5%, Toshkentda — 17–17,5%. Rasmiy daromadi tasdiqlanmagan mijozlar uchun stavka 17%–18% ni tashkil etadi.

Yo‘q, xarid qilingan ko‘chmas mulkning o‘zi garov bo‘ladi.

Barcha hujjatlar topshirilganidan so‘ng odatda 2–3 ish kuni ichida.

• Pasport (ID-karta)
• Dastlabki oldi-sotdi shartnomasi
• Boshlang‘ich badal to‘langanini tasdiqlovchi hujjat
• Uy-joy yashashga tayyorligini tasdiqlovchi hujjatlar (qabul-topshirish dalolatnomasi va kadastr ko‘chirmasi)

Bank kartada

Kreditlar haqida bilish muhim

Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak

 

Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang: 

  • Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
  • Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
  • Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
  • Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay. 

 

Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.

Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari

  • Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.

     

  • Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.

     

  • Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

     

  • Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.

     

  • Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.

Boshqa kreditlar

Chevrolet uchun avtokredit

Chevrolet uchun avtokredit

Orzuingizdagi avtomobil egasi bo'ling!
Summa
600 000 000 so‘mgacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
0%
Volkswagen uchun avtokredit

Volkswagen uchun avtokredit

Rasmiy dilerdan yangi Volkswagen yoki Jetta avtomobilini xarid qiling
Summa
950 000 000 so‘mgacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
0% dan boshlab
Voyah avtomobillari uchun avtokredit

Voyah avtomobillari uchun avtokredit

Rasmiy dileridan yangi Voyah avtomobilini 0% stavkadagi maxsus kredit dasturi orqali xarid qiling
Summa
950 000 000 so‘mgacha
Muddat
24 oygacha
Yillik stavka
0% dan boshlab
...