Davlat xizmatchilari uchun kafillik asosida mikroqarz
Davlat xizmatchilari uchun kafillik asosida mikroqarz
Mikroqarzni qanday rasmiylashtirish mumkin
Mikroqarz kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
Mikroqarz haqida batafsil
Davlat xizmatchilari uchun kafillik asosidagi mikroqarz
Davlat va byudjet tashkilotlari xodimlari uchun imtiyozli kreditlash dasturi.
Kerakli mablag‘ni olish endi yanada oson — past foiz stavkasi, minimal hujjatlar to‘plami va tezkor qaror bilan.
Asosiy jihatlar
• Mikroqarz faqat davlat va byudjet tashkilotlari xodimlariga taqdim etiladi
• Har qanday shaxsiy maqsadlar uchun: uy ta’miri, mebel xaridi, texnikani yangilash
• Ipak Yuli Bankning istalgan filialida yoki ipakyulibank.uz saytida onlayn rasmiylashtirish mumkin
Mikroqarz shartlari
• Kredit summasi: 100 000 000 so‘mgacha
• Muddat: 36 oygacha
• Foiz stavkasi:
– 23,9% yillik — 12 oygacha bo‘lgan muddatlarda
– 24,9% yillik — 24 oygacha bo‘lgan muddatlarda
– 26,9% yillik — 36 oygacha bo‘lgan muddatlarda
• To‘lov usuli: annuitet yoki differensial
• Ta’minot: ko‘chmas mulk, transport vositasi, zargarlik buyumlari, pul mablag‘lari
• Valyuta: UZS
• Mijoz xarajatlari:
– Garov sug‘urtasi — 1 250 000 so‘m
– Notarius / garov baholash xizmati
– Kredit shartnomasini qayta ko‘rib chiqish — BHMning 1 dan 5 baravarigacha
• Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3 ish kuni ichida
• Mijozga qo‘yiladigan talab: davlat yoki byudjet tashkilotida rasmiy ish joyi mavjud bo‘lishi
Hujjatlar
• Pasport yoki ID-karta
• Garovga qo‘yiladigan mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar
Asosiy afzalliklar
• Imtiyozli stavka — davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan past foiz stavkasi
• Soddalashtirilgan rasmiylashtirish — minimal hujjatlar va tezkor tasdiqlash
• Moslashuvchan shartlar — 36 oygacha muddatli mikroqarz, uy ta’miri, mebel xaridi yoki texnikani yangilash uchun
• Tezkor qaror — arizalar 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi
Mikroqarz qanday ishlaydi
• Ariza topshiring — filiala yoki onlayn
• Barcha hujjatlar va garov haqidagi ma’lumotlarni taqdim eting
• Tasdiqlanishini kuting (3 ish kuni ichida)
• Shartnomani imzolang va mablag‘ni oling
Nega bu qulay
• Past foiz stavkasi
• Shaffof shartlar va yashirin to‘lovlarsiz
• Mobil ilova yoki avtomatik to‘lov orqali qulay to‘lash imkoniyati
• Ishonchli hamkor — Ipak Yuli Bank sizning rivojlanish va barqarorlik rejalaringizni qo‘llab-quvvatlaydi
Savollar va javoblar
Ta’mirlash, davolanish, o‘qish, texnika yoki mebel xaridi hamda boshqa shaxsiy ehtiyojlar uchun olish mumkin.
• Pasport yoki ID-karta
• Kafillik bo‘lishga rozilik arizasi
— kafildan yozma tasdiqlash, kafil o‘z ixtiyoriga ko‘ra, qarz oluvchining qarzini qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga olishga rozilik bildiradi.
• Kafillik shartnomasi
— bank va kafil o‘rtasidagi rasmiy hujjat bo‘lib, unda summa, muddat, javobgarlik shartlari va qarz oluvchining majburiyatlarini bajarmagan taqdirda qarzni undirish tartibi belgilanadi
Yo‘q, kafillik asosidagi mikroqarz uchun garov talab qilinmaydi.
Kafillik asosidagi mikroqarz 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
100 million so‘mgacha — miqdor garov qiymati va mijoz daromadiga qarab individual tarzda belgilanadi.
Pasport yoki ID-karta, shuningdek, kafildan hujjatlar (pasport yoki ID-karta, kafil bo‘lishga rozilik arizasi, kafillik shartnomasi)
To‘liq hujjatlar topshirilgandan so‘ng, qaror odatda 3 ish kuni ichida qabul qilinadi.
Kredit shartnomasi imzolangandan so‘ng mablag‘lar mijozning Ipak Yuli Bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ha, mumkin. Muddatidan oldin to‘lash shartlari shartnoma tuzish vaqtida aniqlashtiriladi.
• Ipak Yuli Mobile ilovasida
• Bankning istalgan filialida
• Terminallar va ADM (avtomatlashtirilgan depozit mashinalari) orqali
Kredit shartnomasiga muvofiq penya hisoblanadi va mijozning kredit tarixi yomonlashishi mumkin.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Chevrolet uchun avtokredit
Volkswagen uchun avtokredit