Davlat xizmatchilari uchun garovli mikrozaym
Davlat xizmatchilari uchun garov asosidagi mikroqarz
Mikroqarz kalkulyatori
Mikroqarz haqida batafsil
Davlat xizmatchilari uchun garov asosidagi mikroqarz
Davlat va byudjet tashkilotlari xodimlari uchun imtiyozli kreditlash dasturi.
Kerakli mablag‘ni olish endi yanada oson — past foiz stavkasi, minimal hujjatlar to‘plami va tezkor qaror bilan.
Asosiy jihatlar
• Mikroqarz faqat davlat va byudjet tashkilotlari xodimlariga taqdim etiladi
• Har qanday shaxsiy maqsadlar uchun: uy ta’miri, mebel xaridi, texnikani yangilash
• Ipak Yuli Bankning istalgan filialida yoki ipakyulibank.uz saytida onlayn rasmiylashtirish mumkin
Mikroqarz shartlari
• Kredit summasi: 100 000 000 so‘mgacha
• Muddat: 60 oygacha
• Foiz stavkasi:
– 20,9% yillik — 12 oygacha bo‘lgan muddatlarda
– 20,9% yillik — 36 oygacha bo‘lgan muddatlarda
– 22,9% yillik — 60 oygacha bo‘lgan muddatlarda
• To‘lov usuli: annuitet yoki differensial
• Ta’minot: ko‘chmas mulk, transport vositasi, zargarlik buyumlari, pul mablag‘lari
• Valyuta: UZS
• Mijoz xarajatlari:
– Garov sug‘urtasi — 1 250 000 so‘m
– Notarius / garov baholash xizmati
– Kredit shartnomasini qayta ko‘rib chiqish — BHMning 1 dan 5 baravarigacha
• Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3 ish kuni ichida
• Mijozga qo‘yiladigan talab: davlat yoki byudjet tashkilotida rasmiy ish joyi mavjud bo‘lishi
Hujjatlar
• Pasport yoki ID-karta
• Garovga qo‘yiladigan mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar
Asosiy afzalliklar
• Imtiyozli stavka — davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan past foiz stavkasi
• Soddalashtirilgan rasmiylashtirish — minimal hujjatlar va tezkor tasdiqlash
• Moslashuvchan shartlar — 60 oygacha muddatli mikroqarz, uy ta’miri, mebel xaridi yoki texnikani yangilash uchun
• Tezkor qaror — arizalar 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi
Mikroqarz qanday ishlaydi
• Ariza topshiring — filiala yoki onlayn
• Barcha hujjatlar va garov haqidagi ma’lumotlarni taqdim eting
• Tasdiqlanishini kuting (3 ish kuni ichida)
• Shartnomani imzolang va mablag‘ni oling
Nega bu qulay
• Past foiz stavkasi
• Shaffof shartlar va yashirin to‘lovlarsiz
• Mobil ilova yoki avtomatik to‘lov orqali qulay to‘lash imkoniyati
• Ishonchli hamkor — Ipak Yuli Bank sizning rivojlanish va barqarorlik rejalaringizni qo‘llab-quvvatlaydi
Mikroqarzni qanday rasmiylashtirish mumkin
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
Bank kartada
Savollar va javoblar
Ta’mirlash, davolanish, o‘qish, texnika yoki mebel xaridi hamda boshqa shaxsiy ehtiyojlar uchun olish mumkin
Garov sifatida ko‘chmas mulk, avtomobil, zargarlik buyumlari, pul mablag‘lari yoki bank tomonidan kelishilgan boshqa mulklar qabul qilinadi.
Yo‘q, garov asosidagi mikroqarz uchun kafil talab qilinmaydi.
Garov asosidagi mikroqarz 60 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
100 million so‘mgacha — miqdor garov qiymati va mijoz daromadiga qarab individual tarzda belgilanadi.
Pasport yoki ID-karta, shuningdek garovga qo‘yiladigan mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.
To‘liq hujjatlar topshirilgandan so‘ng, qaror odatda 3 ish kuni ichida qabul qilinadi.
Kredit shartnomasi imzolangandan so‘ng mablag‘lar mijozning Ipak Yuli Bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ha, mumkin. Muddatidan oldin to‘lash shartlari shartnoma tuzish vaqtida aniqlashtiriladi.
• Ipak Yuli Mobile ilovasida
• Bankning istalgan filialida
• Terminallar va ADM (avtomatlashtirilgan depozit mashinalari) orqali
Kredit shartnomasiga muvofiq penya hisoblanadi va mijozning kredit tarixi yomonlashishi mumkin.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
