Davlat xizmatchilari uchun avtokredit
Davlat xizmatchilari uchun avtokredit
Avtokreditni qanday rasmiylashtirish mumkin
Avtokredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
Avtokredit haqida batafsil
Davlat xizmatchilari uchun avtokredit
Davlat va byudjet tashkilotlari xodimlari uchun imtiyozli kredit dasturi. Avtomobil xarid qilish endi yanada oson — past foiz stavkasi, minimal hujjatlar to‘plami va tezkor qaror bilan.
Asosiy jihatlar
• Kredit faqat davlat va byudjet tashkilotlari xodimlariga taqdim etiladi
• Yangi va ishlatilgan avtomobillarni xarid qilish uchun amal qiladi
• Eng yaqin filialda yoki ipakyulibank.uz saytida onlayn rasmiylashtirish mumkin
Kredit shartlari
• Kredit summasi: 800 000 000 so‘mgacha
• Muddati: 60 oygacha
• Foiz stavkasi — yillik 20,9% dan boshlab
• Dastlabki to‘lov — avtomobil qiymatining 25% dan boshlab
Kerakli hujjatlar
• Pasport yoki ID-karta
• Avtosalon yoki avtomobil sotuvchisi bilan tuzilgan shartnoma
Kredit qanday ishlaydi
• Hujjatlarni tayyorlang va ariza topshiring — filiala yoki onlayn
• Tasdiqlanishini kuting — tizim bir necha kun ichida skoring tahlilini o‘tkazadi
• Shartnomani imzolang va dastlabki to‘lovni amalga oshiring
• To‘lov jadvalini oling va avtomobilni sotuvchidan qabul qiling
| Foiz stavkasi | Dastlabki to‘lov | Kredit miqdori | Kredit muddati (oylarda) |
|---|---|---|---|
| 20,90% | 25% | 800 000 000,00 so‘mgacha | 12 |
| 20,90% | 25% dan 49,99% gacha (shu jumladan) | 24 | |
| 21,90% | 25% dan 49,99% gacha (shu jumladan) | 36 | |
| 22,90% | 60 | ||
| 20,90% | 50% va undan ortiq | 36 | |
| 21,90% | 60 |
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Chevrolet uchun avtokredit
Volkswagen uchun avtokredit