Ikkilamchi bozor uchun avtomobil krediti
Kredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
Kredit muddati bo‘yicha foiz stavkasi
| Foiz stavkasi | Boshlang'ich to'lov | Kredit summasi | Kredit muddati |
| 20,90% | 25% | 800 mln so'mgacha | 12 oygacha |
| 22,90% | 25% dan 49,99% gacha | 24 oygacha | |
| 23,90% | 25% dan 49,99% gacha | 36 oygacha | |
| 24,90% | 25% dan 49,99% gacha | 60 oygacha | |
| 22,90% | 50% dan yuqori | 36 oygacha | |
| 23,90% | 50% dan yuqori | 60 oygacha |
Ikkilamchi bozordan avtomobil sotib olishga kredit olish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetgan fuqarosi yoki rezidenti bo‘lish;
- rasmiy ish bilan ta‘minlangan bo‘lib 6 oy davomida doimiy daromadga ega bo‘lish;
Agar siz talablarga mos kelsangiz, unda sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- o‘zingiz bilan pasport yoki ID karta hamda avtosalondan shartnoma oling;
- bankning eng yaqin filialini tanlab u yerga avtomobil sotuvchisi, avtomobilning o‘zi va texnik passport bilan keling.
Ma‘lumotlaringiz va hujjatlaringizni bank xodimi tahlil qilgandan so‘ng, arizani qabul qilib barcha kerakli bajariladigan ish tartibi to‘g‘risida tushuntirib beradi.
Shuningdek, siz sayt orqali onlayn ariza berishingiz mumkin, shunda bizning xodimlarimiz siz bilan bog‘lanib, barcha shartlar haqida tushuntirib berishadi.
Ishlatilgan avtomobillar sotiladigan har qanday joyda — avtomobil bozoridan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil egasidan yoki ochiq onlayn savdo maydonchalaridan.
Avtomobilning yoshi 5 yildan oshmasligi kerak. Qarz oluvchi har qanday O‘zR fuqarosi yoki so‘nggi olti oy ichida rasmiy daromadga ega bo‘lgan rezident bo‘lishi mumkin.
Ha, siz kreditni istalgan vaqtda ertaroq to‘lab yopishingiz mumkin.
Garov sifatida pul, qimmatbaho buyumlar yoki avtomobil qo‘yish mumkin. Ko‘chmas mulk qabul qilinmaydi.
- Ipak Yuli Mobile yordamida;
- Bankning har qanday ofisida;
- Bank ofislarida ADM orqali. Adm-avtomatlashtirilgan depozit mashinasi.
Annuitet: Bu sizga byudjetni rejalashtirishni osonlashtiradi, chunki siz har oy bir xil miqdorda pul to‘laysiz.
Differentsial: Ushbu variant yanada foydalidir – foizlar bo‘yicha ortiqcha to‘lamaysiz, lekin birinchi oylarda ko‘proq pul to‘lashingiz kerak.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Chevrolet uchun avtokredit
Volkswagen uchun avtokredit