Evolution Motors avtokrediti

Leapmotor, Aito va GAC avtomobillari uchun 0% avtokredit

Leapmotor, Aito va GAC avtomobillari uchun 0% avtokredit

Zamonaviy elektromobillar va gibridlar uchun qulay shartlar
Summa
950 000 000 so‘mgacha
Muddat
48 oygacha
Yillik stavka
0%*

Kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin?

1
Avtomobilni tanlang
Evolution Motors avtosalonlarida Leapmotor, Aito yoki GAC modelini tanlang
2
Hujjatlarni bankka topshiring
Dilerlik shartnomasini oling va zarur hujjatlar bilan birga Ipak Yuli Bankka taqdim eting
3
Qarorni oling va kreditni rasmiylashtiring
Bank arizani ko‘rib chiqadi, kreditni ma’qullaydi va mablag‘larni dilerdan o‘tkazadi — shundan so‘ng siz avtomobilni olib ketasiz

Avtokredit haqida

Evolution Motors’da yangi avtomobillar uchun 0% avtokredit

 

Ipak Yuli Bank ko‘magida Evolution Motors avtosalonlarida Leapmotor, Aito yoki GAC avtomobillarini aniq va shaffof shartlarda xarid qiling.

 

Evolution Motors avtosalonlarida yangi Leapmotor, Aito va GAC avtomobillari uchun 0% foiz stavkali*, boshlang‘ich to‘lov 30% dan va 48 oygacha bo‘lgan avtokredit.

 

Asosiy jihatlar

 

Avtokreditlashning aniq shartlari:

 

• Foiz stavkasi — 0%*
• Boshlang‘ich to‘lov — 30% dan
• Kredit muddati — 48 oygacha
• Kredit valyutasi — so‘m
• Ta’minot — sotib olinayotgan avtomobil
• Mablag‘lar Evolution Motors dilеrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi

 

Asosiy afzalliklar

 

• 0% foiz stavkasi — avtomobilni ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish
• Shaffof shartlar — yashirin komissiyalarsiz aniq kredit parametrlari
• Rasmiy hamkor — Evolution Motors avtosalonlarida yangi avtomobillar
• Qulay rasmiylashtirish jarayoni — ariza, qaror va rasmiylashtirish tez va ortiqcha bosqichlarsiz amalga oshiriladi

 

Yangi avtomobilingizgacha 4 qadam

 

1. Avtomobilni tanlang
Evolution Motors avtosalonlarida Leapmotor, Aito yoki GAC modelini tanlang.

 

2. Hujjatlarni bankka topshiring
Dilerlik shartnomasini oling va zarur hujjatlar bilan birga Ipak Yuli Bankka taqdim eting.

 

3. Qarorni oling
Bank arizani ko‘rib chiqadi va avtokredit bo‘yicha qaror qabul qiladi.

 

4. Avtomobilni olib keting
Bank mablag‘larni dilеrga o‘tkazadi — siz esa yangi avtomobilingizda yo‘lga chiqasiz.

 

Nega bu foydali

 

• Avtomobilni ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilasiz*
0% stavka foizlar bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlardan qochish imkonini beradi.

 

• Aniq va shaffof shartlarga ega bo‘lasiz
Kreditning belgilangan parametrlari va tushunarli to‘lov jadvali.

 

• Vaqtingizni tejaysiz
Bank dilер bilan barcha hisob-kitoblarni o‘zi amalga oshiradi.

 

• Har bir bosqichda bank qo‘llab-quvvatlashi
Ariza topshirishdan tortib avtomobilni olishgacha.

 

*Shartnomaning yakuniy qiymati avtosalon tomonidan belgilanadi va tanlangan shartlarga qarab farq qilishi mumkin.

Onlayn kredit arizasi

5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring

+998
Toshkent shahri va Toshkent viloyati

Davom etish orqali siz foydalanuvchi kelishuvni bilan qabul qilasiz

Foiz stavkasi haqida

MuddatBoshlang‘ich to‘lov
30% dan boshlab40% dan boshlab50% dan boshlab60% dan boshlab
12 oygacha0%0%0%0%
24 oygacha0%0%0%0%
36 oygacha-0%0%0%
48 oygacha---0%

Muhim ma’lumot

Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar

  • Pasport / ID
  • Evolution Motors bilan tuzilgan shartnoma

Qarz oluvchiga talablar

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
  • Yoshi — 18 yoshdan boshlab
  • Ijobiy kredit tarixi
  • Rasmiy daromad manbai

Savollar va javoblar

Avtokredit Evolution Motors avtosalonlarida Leapmotor, Aito va GAC brendlariga mansub avtomobillarni xarid qilish uchun taqdim etiladi

Foiz stavkasi — 0%*. 

 

*Shartnomaning yakuniy qiymati avtosalon tomonidan belgilanadi va tanlangan shartlarga qarab farq qilishi mumkin.

Minimal boshlang‘ich to‘lov — 30% dan, tanlangan kredit muddatiga bog‘liq holda.

Ha, avtokredit bo‘yicha ta’minot — sotib olinayotgan avtomobil.

Ha, avtokreditni to‘liq yoki qisman muddatidan oldin to‘lash mumkin.

Avtokreditni 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Ipak Yuli Bank talablariga javob beradigan shaxslar rasmiylashtirishi mumkin. 

 

Kreditni rasmiylashtirish uchun amaldagi pasport yoki ID-karta, rasmiy daromad manbai va ijobiy kredit tarixi talab etiladi. Kredit berish bo‘yicha yakuniy qaror bank tomonidan ariza va hujjatlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng qabul qilinadi.

Amaldagi kreditlarning mavjudligi avtokredit rasmiylashtirish imkoniyatini istisno etmaydi. Qaror bank tomonidan mijozning umumiy kredit yuklamasi va to‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda individual tarzda qabul qilinadi.

Bank kartada

Kreditlar haqida bilish muhim

Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak

 

Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang: 

  • Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
  • Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
  • Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
  • Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay. 

 

Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.

Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari

  • Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.

     

  • Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.

     

  • Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

     

  • Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.

     

  • Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.

Boshqa kreditlar

Chevrolet uchun avtokredit

Chevrolet uchun avtokredit

Orzuingizdagi avtomobil egasi bo'ling!
Summa
600 000 000 so‘mgacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
0%
Volkswagen uchun avtokredit

Volkswagen uchun avtokredit

Rasmiy dilerdan yangi Volkswagen yoki Jetta avtomobilini xarid qiling
Summa
950 000 000 so‘mgacha
Muddat
60 oygacha
Yillik stavka
0% dan boshlab
Voyah avtomobillari uchun avtokredit

Voyah avtomobillari uchun avtokredit

Rasmiy dileridan yangi Voyah avtomobilini 0% stavkadagi maxsus kredit dasturi orqali xarid qiling
Summa
950 000 000 so‘mgacha
Muddat
24 oygacha
Yillik stavka
0% dan boshlab
...