Woman Card
Ilhom beradigan ayollar uchun
Ish, farzandlar, sport, uchrashuvlar, ota-onaga sovg‘alar. Woman Card faol hayot tarzingizga moslashadi va kundalik xaridlardan ko‘proq foyda olishga yordam beradi.
“Imkoniyatlar kartasi” kredit kartasi
Har doim rejalari bor dadalar uchun
Ta’mirlash, texnika, sayohat yoki yaqinlarga sovg‘a — karta rejalaringizni o‘z vaqtida amalga oshirish va sarflangan mablag‘ni imtiyozli davrda qaytarish imkonini beradi.
Visa Kids
Mustaqil hayot yo‘lini endi boshlayotganlar uchun
Bola nomiga rasmiylashtiriladigan Visa karta. Bola pulni boshqarishni o‘rganadi, ota-ona esa operatsiyalarni kuzatib, xavfsiz chegaralarni belgilaydi.
Visa PUBG MOBILE
Hech bir droplarini o‘tkazib yubormaydigan geymerlar uchun
O‘zbekistonda va xorijda xaridlar uchun so‘mdagi karta. Xarajatlarning bir qismini o‘yin ichidagi UC valyutasida qaytaradi.
Mastercard World Elite
Taassurotlar hisobini to‘ldirishni istaganlar uchun
Sayohatlar va xalqaro xaridlar uchun premium valyuta kartasi — Mastercard xizmatlari va aeroportlarda qulayliklar bilan.
Visa Start Sum
Mustaqil hayotini boshlayotganlar uchun
O‘zbekistonda va xorijda kundalik xaridlar, pul o‘tkazmalari va to‘lovlar uchun universal so‘m karta.

Visa Infinite Sum
Cheksiz imkoniyatlarni tanlaydiganlar uchun
So‘mdagi premium karta: avtomatik konvertatsiya orqali butun dunyo bo‘ylab to‘lovlarni amalga oshiring va Visa Infinite imtiyozlaridan foydalaning.
Qaysi karta aynan sizga mos?
Sizga mos keladigan variantni tanlang. Biz turmush tarzingizga eng mos kartani tavsiya qilamiz.
Bir nechta variantni tanlang
Tavsiya shu yerda paydo bo‘ladi
Har bir hikoya o‘ziga xos. Har biri uchun mos karta bor.
Hayot tarzingiz, rejalaringiz va muhim lahzalaringizga mos kartani tanlang
Kartani onlayn rasmiylashtirish uchun QR-kodni skanerlang
Har bir hikoya o‘ziga xos. Har biri uchun mos karta bor.

Savollar va javoblar
Hayot tarzingizga eng yaqin hikoyani tanlang yoki karta tanlash funksiyasidan foydalaning. Sizning ehtiyojlaringizga eng mos kartani tavsiya qilamiz.
Ha. Tavsiya tanlovni osonlashtirish uchun beriladi, ammo o‘zingizga mos bo‘lgan istalgan kartani rasmiylashtirishingiz mumkin.
Ha. Zaruratga qarab bir nechta kartadan foydalanishingiz mumkin. Masalan, bittasi kundalik xaridlar uchun, boshqasi sayohatlar uchun, yana biri farzandingiz uchun, to‘rtinchisi esa premium imtiyozlar uchun.
Har bir karta turli ehtiyoj va foydalanish ssenariylari uchun yaratilgan. Ayrimlari chegirmalar va keshbekni, boshqalari kredit limiti, sayohat imtiyozlari, geymerlar uchun bonuslar yoki ota-onalar uchun qulay boshqaruv imkoniyatlarini taklif qiladi. Hayot tarzingizga eng mos kartani tanlang.
Ha. Visa Kids’dan tashqari barcha kartalarni Ipak Yuli Mobile ilovasida rasmiylashtirish mumkin.
Ko‘pchilik kartalar bepul rasmiylashtiriladi. Chiqarish va xizmat ko‘rsatish shartlari tanlangan kartaga bog‘liq. Batafsil ma’lumot har bir karta sahifasida keltirilgan.
Ha. Ipak Yuli Mobile orqali buyurtma beriladigan barcha kartalar uchun bepul yetkazib berish xizmati mavjud.
Kartani olgach, uni mobil ilovada yoki bank ofisida faollashtiring — shundan so‘ng undan darhol foydalanishingiz mumkin.
Siz har doim boshqa kartani rasmiylashtirishingiz yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta kartadan foydalanishingiz mumkin. Masalan, sayohatlar uchun premium kartani yoki yirik xaridlar uchun kredit kartasini qo‘shishingiz mumkin.