15-july, 2025

Yangi brendni ishga tushirish tadbirini tashkil etish bo‘yicha tanlov e’loni

2025-yil 15-iyuldan 1-avgustgacha “Ipak Yo‘li” AITB yangi brendini ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbirni tashkil etish va o‘tkazish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.


Loyiha maqsadi — keng auditoriyaga yangilangan brendni taqdim etadigan, uning taniqliligini va ijobiy qabul qilinishini kuchaytiradigan, shuningdek, mijozlar va hamkorlar bilan hissiy aloqani mustahkamlovchi yorqin va esda qolarli tadbirni yaratish.


Loyihaning asosiy vazifalari:


-Tadbirning kreativ kontseptsiyasi va senariysini ishlab chiqish;
-Joy tanlash, bezash va brendlash;
-Texnik ta’minot (yorug‘lik, ovoz, multimedia);
-Pudratchilar va xodimlar ishini tashkil qilish;
-PR va media hamrohligi, mehmonlar va OAV bilan ishlash;
-Tadbirning foto va video suratga olinishi;
-Sovg‘a va poligrafiya mahsulotlar tayyorlash.
Takliflar texnik topshiriqqa asosan tayyorlanishi lozim.


Tanlov e’lon qilingan sana: 2025-yil 15-iyul
Kommersiya takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: 2025-yil 1-avgust, soat 18:00
Takliflarni quyidagi elektron manzilga yuborish kerak: [email protected]


Korrupsiyaga qarshi shartlar


Tanlov ishtirokchilari o‘zlari, ularning vakillari, xodimlari yoki ular nomidan ish yuritayotgan boshqa shaxslar ushbu tanlovda qatnashish jarayonida korrupsiya yoki boshqa noqonuniy amaliyotlar bilan shug‘ullanmaganini va shug‘ullanmasligini tasdiqlaydilar.
Ishtirokchilar majburiyatlari:
-Hech qanday shaklda pora bermaslik, olmaslik va talab qilmaslik;
-Tanlovni shaffof va halol o‘tkazish tamoyillariga zid vakolatlardan foydalanmaslik;
-Pul mablag‘larini yuvish yoki ularning kelib chiqishini yashirish sxemalarida ishtirok etmaslik;
-O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi qonunchilik normalariga rioya qilish.


Agar qoidabuzarlik yoki vijdonsiz xatti-harakatlar haqida gumonlar aniqlansa, ishtirokchi tanlov tashkilotchisini zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilishi shart.


Ushbu shartni buzish tanlovdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi.

Texnik vazifa haqida batafsil

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner