Tender va tanlovlari

Bankning joriy xaridlari va ochiq tanlovlari bilan tanishing. Bu yerda ishtirok shartlari, ariza topshirish muddati va kerakli hujjatlar haqida to‘liq ma’lumot topasiz

27.08.2026

AITB «Ipak Yo‘li» o‘z balansida bulgan avtotransport vositalarini oldi - sotti takliflarini kabul kilishini ma’lum kiladi.
Murojat uchun tel: +998 78 140-78-00 ichki 11-24

 

Avtomobil markasiIshlab chiqarilgan yili
Cobalt 2017
Lacetti2018
Nexia 32019
Spark2019
Damas2019
Damas2019
Damas2019

 


 

Tender o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon

 

“Ipak Yo‘li” AITB ipoteka mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha reklama kampaniyasi doirasida Bank reklama materiallarini O‘zbekiston Respublikasi telekanallarida joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi pudratchini tanlash bo‘yicha ochiq tender e’lon qiladi.

 

Tender predmeti:
“Ipak Yo‘li” AITB reklama videomateriallarini O‘zbekiston Respublikasi telekanallarida joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish.

 

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

-telekanallarda reklama kampaniyalarini joylashtirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
-O‘zbekiston Respublikasining yetakchi telekanallarida reklama joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lish;
-telekanallar, joylashtirish davri va vaqti, efirga chiqishlar soni hamda boshqa media ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan batafsil medi-rejani taqdim etish;
-raqobatbardosh tijorat taklifini taqdim etish;
-reklama materiallarini joylashtirish muddatlari va shartlariga rioya qilish;
-reklama kampaniyasi yakunlari bo‘yicha hisobot taqdim etish.

 

Tenderda ishtirok etish uchun quyidagilarni taqdim etish lozim:
tijorat taklifi, media-reja, shuningdek, telekanallarda reklama joylashtirish qiymati.

 

Tijorat takliflari 10.09.2026 sanasiga qadar [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

 


 

"Ipak Yo‘li" AITB valyuta omonatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha reklama kampaniyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi telekanallarida Bankning reklama materiallarini joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha pudratchini tanlash bo‘yicha ochiq tender e’lon qiladi.

 

Tender predmeti:
"Ipak Yo‘li" AITBning reklama videomateriallarini O‘zbekiston Respublikasi telekanallarida joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

 

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
-televizion kanallarda reklama kampaniyalarini joylashtirish tajribasiga ega bo‘lish;
-O‘zbekiston Respublikasining yetakchi telekanallarida joylashtirishni ta’minlash imkoniyati;
-telekanallar, joylashtirish davrlari va vaqti, chiqishlar soni va boshqa media ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holda batafsil media-rejani taqdim etish;
-raqobatbardosh tijorat taklifini taqdim etish;

  • reklama materiallarini joylashtirish muddatlari va shartlariga rioya qilish;
  • reklama kampaniyasi yakunlari bo‘yicha hisobot taqdim etish.

 

Tenderda ishtirok etish uchun quyidagilar taqdim etilishi kerak: tijorat taklifi, media-reja, kompaniya va tegishli ish tajribasi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, Bank talablariga muvofiq boshqa hujjatlar.

Tijorat takliflari 14.08.2026 yilgacha [email protected] elektron manziliga qabul qilinadi.

 


 

"Yashirin tashrif" usuli bo'yicha hamkor tanlash bo'yicha tanlov tartibi


AITB «Ipak Yo'li» bank filiallari, bank xizmatlari markazlari va ekspress-markazlarida mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini «yashirin tashrif» usuli bilan kompleks o'rganish uchun hamkor tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.

Tijorat takliflari 2026 yil 12 maydan 22 maygacha qabul qilinadi.

Texnik topshiriq olish va takliflar taqdim etish uchun murojaat qiling: +998 78 140-69-00 (qo'shimcha 1858).

 


 

Sug'urta tashkilotini tanlash bo'yicha tanlov e'loni

"Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsion tijorat banki ixtiyoriy tibbiy sug'urta shartnomasini tuzish maqsadida sug'urta tashkilotini tanlash bo'yicha tanlovning boshlanganini e'lon qiladi. Tanlovda ishtirok etish va tanlov hujjatlariga qo'yiladigan talablarni olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish lozim: Indeks 100017, Toshkent shahri, A.Qodiriy ko'chasi, 2-uy.
Tanlov hujjatlari 2026 yil 13 may kuni soat 12:00 gacha qabul qilinadi.
Ma'lumotnoma uchun telefon: 78-140-69-38, 78-140-69-00 (ichki raqamlar: 1255, 1262).
E-mail: [email protected], [email protected]
Aloqa shaxslari: Sarvar Djuraev, Komilbek Ergashev