08-august, 2025

Объявление о конкурсе на внедрение системы электронной очереди в отделениях банка

2025 yil 8 avgustdan 12 avgustgacha AITB «Ipak Yo‘li» yerdagi filiallar tarmog‘ida markazlashgan elektron navbat tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Loyihaning maqsadi — mijozlar tajribasini yaxshilash, xodimlar yuklamasini optimallashtirish va bank mijozlariga operatsion xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish.

 

Loyihaning asosiy maqsadlari:

  • Mijoz oqimini boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.
  • Navbatda kutish vaqtini qisqartirish va xizmat ko‘rsatish shaffofligini oshirish.
  • Elektron navbatni raqamli kanallar (veb, mobil ilova) bilan integratsiya qilish.
  • Filiallar samaradorligini markazlashgan holda tahlil qilish va monitoring yuritish.

     

Tizim quyidagi turdagi filiallar uchun moslashtirilishi kerak:

  • Ekspress-tsentrlar (mini-banklar)
  • Bank xizmatlari markazlari (o‘rta hajmli filiallar)
  • Asosiy filiallar (chakana mijozlar, premium mijozlar va MMСBga xizmat ko‘rsatish)

Takliflar texnik brif asosida tayyorlanishi kerak, u bilan quyida tanishish mumkin:

Tanlov e’lon qilingan sana: 2025 yil 8 avgust
Tijorat takliflarini qabul qilish muddati: 2025 yil 12 avgust, soat 18:00 gacha

Takliflar elektron pochta orqali yuborilishi kerak: [email protected]

 

 

Korruptsiyaga qarshi shart

Tanlov ishtirokchilari o‘zlari, ularning vakillari, xodimlari yoki ular nomidan harakat qiluvchi boshqa shaxslar ushbu tanlovda ishtirok etish jarayonida korruptsiya yoki boshqa noqonuniy amaliyotlarga aloqador harakatlar sodir etmagani va sodir etmasligini tasdiqlaydilar.

 

Ishtirokchilar quyidagilarga majbur bo‘ladilar:

  • Har qanday shaklda pora yoki boshqa noqonuniy imtiyozlarni bermaslik, olmaslik va talab qilmaslik.
  • Tanlovni o‘tkazishning shaffof va adolatli tamoyillariga zid ravishda vakolatlardan foydalanmaslik.
  • Pul mablag‘larini jinoyiy yo‘l bilan topilganligi yoki kelib chiqishini yashirish sxemalarida ishtirok etmaslik.
  • O‘zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi qonunchilik normalariga rioya qilish.

Agar qonunbuzarliklar yoki vijdonsiz xatti-harakatlarga shubha tug‘ilsa, ishtirokchi bu haqda tanlov tashkilotchisini darhol yozma ravishda xabardor qilishi shart.

Ushbu shart talablarini buzish tanlovda ishtirokdan chiqarish uchun asos hisoblanadi.

Texnik vazifa haqida batafsil

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner