
12-Mart, 2026
1-apreldan ayrim to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi
2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda ayrim to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Tegishli o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son Farmoni “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” bilan belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, quyidagi operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar naqdsiz shaklda amalga oshiriladi:
• davlat xizmatlari uchun to‘lovlar
• kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar
• alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilish
• avtomobil va ko‘chmas mulk xaridi
• 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan xaridlar
• qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa operatsiyalar.
Mazkur chora-tadbirlar naqdsiz to‘lovlar ulushini oshirish, moliyaviy operatsiyalar shaffofligini ta’minlash hamda yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishga qaratilgan.
Bunday to‘lovlarni quyidagi usullar orqali amalga oshirish mumkin:
• bank kartalari
• mobil bank ilovalari
• bank o‘tkazmalari
• elektron to‘lov tizimlari va terminallar.
Ipak Yuli Bank mijozlari ushbu to‘lovlarni Ipak Yuli Mobile mobil ilovasi yoki bank kartalari orqali amalga oshirishlari mumkin.
Kundalik xarajatlar uchun keshbekli kartalar haqida batafsil
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
