
17-Fevral, 2026
Endi O‘zbekistonda kreditni qanday olish mumkin?
Nima o‘zgardi
Identifikatsiya tizimining yangilangan talablari asosida, ayrim bank xizmatlari va kredit mahsulotlaridan foydalanish uchun endi OneID tizimi orqali bankka ma’lumotlaringizni taqdim etishga ruxsat berish talab etiladi.
Bu sizning shaxsingizni davlat tizimi orqali tasdiqlash va bank xizmatlarini xavfsiz taqdim etish imkonini beruvchi standart jarayon.
OneID — bu yagona davlat identifikatsiya tizimi bo‘lib, banklar ushbu tizim orqali mijoz haqidagi ishonchli ma’lumotlarni oladi.
Bunday ruxsatsiz bank kredit va boshqa moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarni amalga oshira olmaydi.
OneID orqali ruxsatni qanday berish mumkin
Jarayon bir necha daqiqa vaqt oladi:
1. OneID ilovasini yuklab oling
2. MyID orqali tizimga kiring
3. “Boshqaruv” bo‘limiga o‘ting
4. Foydalanish shartlariga rozilik bildiring
5. Qidiruv oynasiga “Ipak” deb yozing
6. “IPAK YO‘LI AITB” ni tanlang
7. “Ruxsat berish” tugmasini bosing
8. “Kengaytirilgan sozlamalar” bo‘limini oching
9. JSHSHIR uchun ruxsat yoqilganini tekshiring
Muhim: aynan JSHSHIR uchun ruxsat yoqilgan bo‘lishi kerak
Nega bu xavfsizlik uchun muhim
Sizning ma’lumotlaringiz to‘liq o‘z nazoratingizda bo‘ladi. Bu firibgarlik xavfini kamaytiradi va moliyaviy operatsiyalaringizni himoya qiladi.
Kredit rasmiylashtirish faqat sizning roziligingiz bilan beriladi va siz uni istalgan vaqtda OneID yoki MyGov ilovasi orqali boshqarishingiz mumkin.
OneID orqali ruxsat berish quyidagilarni anglatadi:
• faqat siz qaysi tashkilotlarga ruxsat berishni hal qilasiz
• bank ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy davlat tizimidan oladi
• noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlardan foydalanish imkoni bo‘lmaydi
• sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz davlat xavfsizlik mexanizmlari bilan himoyalangan bo‘ladi
Ipak Yuli Bank — katta maqsadlar sari
Keng tarqalgan firibgarlik usullari haqida ushbu maqolada ham o‘qing:
“Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling”
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
