18 июля 2025 г.
2025-yil 1-avgustdan boshlab bir martalik o‘tkazmalar va depozit qutilari ijarasi tariflaridagi o‘zgarishlar
Hurmatli mijozlar!
2025-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy shaxslar uchun hisob-kitob va kassa xizmatlari tariflarining 3-bo‘limi (milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha hisobvaraqlar bo‘yicha) o‘zgaradi
Endilikda quyidagi naqdsiz pul o‘tkazmalari uchun komissiya to‘lovi pul o‘tkazmasi summasining 2% tashkil etadi:
- davlat va xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalariga xizmatlar uchun
- byudjetga, byudjetdan tashqari jamg‘armalarga va byudjet tashkilotlariga
- kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar
- boshqa banklardagi kreditlarni so‘ndirish uchun
- boshqa banklardagi mijozlar hisoblariga
Avval ushbu operatsiyalar bo‘yicha komissiya miqdori pul o‘tkazmasining 0,5% tashkil etardi.
Depozit qutilari ijarasi narxi ham o‘zgaradi. Yangi tariflar bilan quyidagi havola orqali tanishing.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
