Depozit qutichalar

Depozit qutichalar qanday foydalanish mumkin

1
Quticha hajmini tanlang
Qutichaning taxminiy o‘lchami va uning narxini aniqlang
2
Siz uchun eng yaqin bo‘lgan bank ofisini aniqlashtiring
Manzillarni xaritada ko‘rish mumkin
3
Ijarani rasmiylashtiring
Qimmatbaho narsalaringizni hamda qutichani ijaraga olish va undan foydalanishni rasmiylashtirish uchun pasportingizni bankka olib keling

Depozit qutichalari haqida batafsil ma'lumot

 

Depozit quticha (keyinchalik quticha) — mijozlarga qimmatbaho narsalar: pul, qimmatli qog‘ozlar, buyumlar va hujjatlarni saqlash maqsadida beriladigan bankdagi seyfdir.

 

Qutichalar bankdagi maxsus saqlash joyida joylashgan bo‘lib, bu ularni ruxsatsiz aralashuvlardan ehtiyot qiladi. 

 

Qimmatbaho buyumlarni seyfda saqlash to‘la maxfiylikni ta’minlaydi. Chunki bank seyfda saqlanadigan mol-mulkni tekshirmaydi va uning sir saqlanishini kafolatlaydi. Shu bilan birga mijozni bank qutichasida saqlanishi taqiqlangan predmetlarni qutichaga qo‘yish mumkin emasligi haqida ogohlantiradi. 

 

Depozit qutichasini ochish jismoniy va yuridik shaxslar uchun ham mavjud. 

 

 

Qutining balandligiOyiga narxi QQS bilan
50 mm75 000 so‘m
75 mm75 000 so‘m
125 mm100 000 so‘m
175 mm125 000 so‘m
300 mm175 000 so‘m
Depozit yacheyka kalitining yo‘qolishi/buzilishi*2 000 000 so‘m

 

Depozit qutichalar mavjud bo’lgan filiallar ro’yхati:

1. Amaliyot Boshqarmasi

Manzil: 100017, Toshkеnt shahri, A.Qodiriy ko’chasi, 2 uy

Mo’ljal: oldingi Yulduz Bouling (Yulduz fabrikasi)

 

2. Mirzo Ulugbеk filiali

Manzil: 100000, Toshkеnt shahri, Х.Olimjon ko’chasi, 5 uy

Mo’ljal: NUR rеstorani

 

3. Mirobod filiali

Manzil: 100015, Toshkent sh., Mirobod ko‘chasi, 25

Mo’ljal: "Premier Hall" kinoteatri

 

4. Shayхontoхur filiali

Manzil: 100021, Toshkеnt shahri, Shayхontoхur tumani, Navoi ko’chasi, 25 uy

 

5. Navoiy filiali

Manzil: 220100, Navoi shahri, Mеmorlar ko’chasi, 18 uy

 

6. Andijon filiali

Manzil: 170100, Andijon shahri, Istiqlol ko’chasi, 35 uy

 

7. Fargona filiali

Manzil: 150117, Fargona viloyati, Fargona shahri, Komus ko’chasi, 26 uy


 

Bank kartada

Kreditlar haqida bilish muhim

Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak

 

Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang: 

  • Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
  • Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
  • Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
  • Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay. 

 

Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.

Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari

  • Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.

     

  • Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.

     

  • Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

     

  • Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.

     

  • Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.