Muomaladagi qog‘oz pullar qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, o‘z ko‘rinishi, sifati va rekvizitlarini yo‘qotadi. Shu bois, agarda Sizda eski banknota bo‘lsa, uni almashtirish imkoniyatini aniqlash uchun uning quyidagi belgilari bo‘yicha solishtiring.

 

Bank tomonidan almashtirish uchun quyidagi kupyuralar qabul qilinadi: 

 

- banknotaning rasmi (shakli)ni aniqlash imkonini beradigan ishqalangan va ifloslangan; 

- banknotaning ¼ qism kenglik (uzunlik)dagi yirtib ulangan; 

- aynan bitta banknotaning 1 kv. sm dan oshmagan yirtilgan va ulangan burchaklari yoki bo‘laklari bo‘lgan; 

- banknotaning haqiqiyligini belgilashga to‘sqinlik qilmaydigan hamda himoya belgilaridan birining 50% dan oshmaydigan qismini qoplamaydigan mayda dog‘lar, ikkitadan ko‘p bo‘lmagan yozuvlar va shtamp belgilari (banknotaning muomaladan chiqarilgani yoki banknota nusxasi ekanini tasdiqlovchi shtamplardan tashqari) bo‘lgan; 

- 1 mm diamertdan oshmaydigan 2 tadan ko‘p bo‘lmagan teshikli kupyuralar. Banknotlar yuqorida aytib o'tilganidan ham yomonroq holatlarda taqdim etilganda va yaroqsiz banknotalar toifasiga kirmasa (pastda), banknotlar nominal qiymatidan 2% miqdorida komissiya to‘lovi undiriladi. 

 

Quyidagi hollarda banknota yaroqsiz deb hisoblanadi: 

- agarda u bo‘laklarga bo‘lingan, jumladan yelimlangan bo‘lsa; 

- banknotaning geometrik o‘lchovi 3 mm yoki undan ko‘proq o‘zgartirilgan bo‘lsa; 

- banknotada undagi tasvir (rasm, portret, shakl)ni aniqlashga imkon bermaydigan ishqalanishlar va ifloslanishlar bo‘lsa; 

- banknotalar qattiqlik darajasini ancha yo‘qotib, yumshab qolgan bo‘lsa; 

- banknotaning ranggi o‘chib qolgan bo‘lsa; 

- kuygan yoki kuydirilgan bo‘lsa; 

- asosiy to‘lov belgilaridan birining 50% dan ko‘prog‘iga yog‘, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilib ketgan bo‘lsa; 

- kimyoviy reaktorlar ta’siridan zararlangan bo‘lsa; 

- banknotaga qasddan zarar yetkazish oqibatida undagi tasvir (rasm, portret), nominal sezilarli darajada o‘zgargan, uning himoya iplari yo‘qolib ketgan, unga anchagina chizilgan bo‘lsa; 

- banknotada aniq bosma nuqson (suv qog‘ozdagi belgi, himoya iplari yo‘q yoki kerakli tarzda joylashmagan), undagi tasvirlar yaxshi bosib chiqarilmagan yoki noaniq (surkalib) bosib chiqarilgan bo‘lsa; 

- xorijiy davlat bank-emitenti tomonidan e’lon qilingan sanadan keyin muomalaga chiqqan, banknotaning muomaladan chiqarilganligini isbotlovchi shtamp belgilari bo‘lsa yoki banknota soxta yoki nusxa (namuna) bo‘lsa, muomalaga yaroqsiz deb hisoblanadi va bunday banknotalar bilan ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi. 

 

Yuqorida tavsiflangan banknotalar faqat inkassatsiyaga topshirish uchun qabul qilinadi. Bu holda banknotalarning nominal qiymatidan 10% miqdorida komissiya to'lanadi. Keyinchalik ushbu banknotalar ayirboshlash uchun tashqi banklarga o'tkaziladi. Ayirboshlash vaqtida mijoz tomonidan tashqi sherik-bank komissiyasi qo'shimcha ravishda kompensatsiya qilinadi.

Bank kartada

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner

Boshqa postlar

Hammasi rejadagidek — onlayn mikroqarzi bilan

Hammasi rejadagidek — onlayn mikroqarzi bilan

Garovsiz va kafilsiz tezkor xaridlar uchun tezkor pul
Ipak Yuli Bank biznes uchun yagona QR-kodni ishga tushirdi — uni ulash bir necha daqiqada

Ipak Yuli Bank biznes uchun yagona QR-kodni ishga tushirdi — uni ulash bir necha daqiqada

To‘lovlarni tez va qulay qabul qiling: bitta QR-kod va oson ulanish
Keshbek – har kuni, har joyda

Keshbek – har kuni, har joyda

Keshbek — kundalik xaridlarni yanada foydaliroq qilishning eng oson usuli
Ipak Yuli Bank 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi

Ipak Yuli Bank 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi

2025-yilda erishilgan asosiy natijalar, yutuqlar va muhim tashabbuslar
Ipak Yuli Bank x She's Next, Empowered by Visa

Ipak Yuli Bank x She's Next, Empowered by Visa

She’s Next — bu xalqaro tashabbus bo‘lib, o‘z biznesini boshlashni orzu qilayotgan yoki uni rivojlantirayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bizning bank Visa’ning O‘zbekistondagi dasturini ishga tushirishdagi bosh hamkoriga aylandi.
 Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling

Firibgarlar tobora ayyorlashmoqda — o‘zingizni qanday himoya qilishni biling

Firibgarlik turlari va ularning ishlash usullari

Korporativ karta egalari uchun imtiyozlar

Korporativ kartalar biznesingiz uchun chegirmalar, bonuslar va premium xizmatlarga yo‘l ochadi.
Ipak Yuli Bank Namangan Flower Fest'da

Ipak Yuli Bank Namangan Flower Fest'da

Gullar qanday qilib yangi hayotga ega bo‘ladi
Tashkent𝑹𝒊𝒅𝒆 –– shahrimizda yashil harakat aynan shu yerdan boshlanadi

Tashkent𝑹𝒊𝒅𝒆 –– shahrimizda yashil harakat aynan shu yerdan boshlanadi

Shahar, texnologiyalar va odamlarni birlashtiruvchi platforma — yashash uchun qulay muhit sari qadam
Ipak Yuli Bank’dan Tradeloan

Ipak Yuli Bank’dan Tradeloan

Xalqaro bitimlarni moliyalashtirish