Ekologik va ijtimoiy siyosat
Bank atrof tabiiy muhit va ijtimoiy sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan hamda ekologik xavfli mahsulotlar ishlab chiqaradigan loyihalarni moliyalashtirishni imkon qadar qisqartirishga intiladi. Bank ustuvor yo‘nalishlar qatorida ekologik toza ishlab chiqarishlarni, resurslarni tejaydigan loyihalarni va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanish texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan loyihalarni kreditlashga e’tibor qaratadi.
Bank o‘zining kredit faoliyati va mijozlari faoliyatidan kelib chiqadigan ekologik va ijtimoiy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun doimiy ravishda harakat qiladi, bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratadi:
(i) Moliyalashtirish taqiqlangan faoliyat turlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqiqlangan bank kreditlari turlari ro‘yxatidagi loyihalarni moliyalashtirishni taqiqlash
(ii) Bank tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish, aholi salomatligi va xavfsizligi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiqligini baholash;
(iii) Loyihalarni faqat ularni loyihalashtirish, qurish, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish, aholi salomatligi va xavfsizligi sohasidagi amaldagi talablarga muvofiq bo‘lgandagina moliyalashtirish;
(iv) Potensial qarz oluvchilar tomonidan quyidagi shartlarning bajarilishini ta’minlash:
• atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish, aholining sog‘lig‘i va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq o‘tmishdagi yoki joriy majburiyatlarning, shuningdek, har qanday jarimalar va undirishlarning yo‘qligi;
• atrof tabiiy muhit va ijtimoiy sohaga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ta’sirni to‘g‘ri boshqarishni ta’minlash uchun tegishli resurslarning mavjudligi (vositalar, xodimlar va ularning malakasi);
(v) Muhim ekologik va/yoki ijtimoiy ta’sirlarga (yuqori xavf darajasiga) ega bo‘lgan loyihalar uchun sub-loyihalarga XMI nizomlari talablarini qo‘llash, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda: Osiyo taraqqiyot bankining 2009-yildagi Himoya choralari siyosati;
• Osiyo taraqqiyot bankining 2009-yildagi Himoya choralari bo‘yicha siyosati;
• 2012-yildagi Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyat standartlari;
• YTTBning 2019-yildagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha talablari.
(vi) Bank tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning atrof-muhit, xodimlar va aholiga salbiy ta’sirining oldini olish, agar oldini olishning iloji bo‘lmasa, minimallashtirish;
(vii) moliyalashtiriladigan loyihalarda bolalar mehnati va/yoki majburiy mehnatning har qanday shakllaridan foydalanishni istisno qilish (qishloq xo‘jaligi va/yoki to‘qimachilik sohasidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratgan holda);
(viii) Bankning ekologik va ijtimoiy talablarini tushuntirish va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish, aholi salomatligi va xavfsizligi sohasidagi amaldagi talablarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida qarz oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash;
(ix) Bankning ichki faoliyati kadrlar ma’muriyatchiligining ilg‘or amaliyotlariga muvofiqligini ta’minlash, shu jumladan o‘z xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va teng imkoniyatlarni ta’minlash, bolalar va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik;
(x) Xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning ekologik xususiyatlarini hisobga olish va Bankning ta’minot zanjiri ishtirokchilarini ekologik va ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli biznes yuritishga rag‘batlantirish;
(xi) Atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish, aholi salomatligi va xavfsizligi sohasida afzalliklarga ega loyihalarni ilgari surish;
(xii) Bank tomonidan o‘zining ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda iste’mol qilinadigan resurslar hajmini, shu jumladan elektr va issiqlik energiyasi, suv, qog‘oz va boshqa tovar-moddiy boyliklarni kamaytirish, chiqindilar hajmini kamaytirish va ularni oqilona utilizatsiya qilishni ta’minlash, shu jumladan ofis texnikasi va AT komponentlari, shuningdek, xodimlarning ekologik xabardorligini oshirish;
(xiii) Bankning ekologik va ijtimoiy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish sohasidagi faoliyatining Bank hamkorlik qiladigan xalqaro moliya institutlari talablariga muvofiqligini ta’minlash;
(xiv) Ekologik va ijtimoiy risklarni risklarni boshqarish bank tizimiga integratsiyalash.