Брендбук
Brend uslubi
Ushbu bo‘lim hamkorlar, pudratchilar va ommaviy axborot vositalari uchun mo‘ljallangan. U firma belgisidan to‘g‘ri foydalanishga va raqamli kanallardan bosma kanallargacha bo‘lgan barcha kanallarda brendning yagona vizual standartini saqlashga yordam beradi.
Asosiy qoidalar
· Faqat arxivda mavjud rasmiy logotip versiyalaridan foydalaning.
· Barcha maketlar, bosma materiallar va raqamli interfeyslar logobuk qoidalariga mos kelishi kerak.
· Logotip, rang, nisbat yoki tipografikadagi har qanday o‘zgarish marketing bo‘limi bilan kelishilishi kerak.
· Ikkilanish bo‘lsa — o‘qilishi qulay va kontrasti kuchli variantdan foydalaning.
· Nostandart holatlar (kobranding, murakkab fonlarga moslashtirish) bo‘yicha marketing bo‘limiga murojaat qiling.
To‘liq firma nomi
· «Ipak Yo'li» Aksionerlik Innovatsion Tijorat Banki
· «Ipak Yo'li» AITB
Qisqartirilgan firma nomi
Ipak Yuli Bank
Logotip versiyalari
Ipak Yuli Bank logotipining ikki ko‘rinishi mavjud — ikki qatorli va bir qatorli. Ikkalasi mazmunan teng, biroq turli sharoitlarda qo‘llanadi. Asosiy talab — logotip har qanday formatda o‘qiladigan bo‘lishi, vizual muvozanatni saqlashi va aniq ko‘rinishi. Ikkonkasiz faqat matnli qismini ishlatish mumkin emas — bu endi logotip hisoblanmaydi.

Asosiy versiya — ikki qatorli
Standart holatlarda odatiy tarzda qo‘llanadi: sayt (asosiy logotip), taqdimotlar, ish hujjatlari, vitrinadagi belgilar, tashqi reklama.

Kompakt versiya — bir qatorli
Balandlik yoki format bo‘yicha cheklovlar bo‘lgan hollarda qo‘llanadi: tor sayt shapkalarida, interfeyslarda, bannerlarda va maydoni tor bo‘lgan materiallarda.
Belgi (brandmark)
Ipak Yuli Bank belgisi — brend tizimining mustaqil elementi. U joy cheklangan va to‘liq logotip sig‘maydigan holatlarda qo‘llanadi. Belgining asosiy vazifasi — raqamli va kichik formatlarda brendning tanilishini saqlab qolish.

Qachon ishlatiladi:
· Raqamli ikonlar: favicon, ilova ikonkasi, ijtimoiy tarmoqlardagi avatarlar.
· Interfeyslar: yuklanish ekranlari, launcherlar, navigatsiya elementlari.
· Kichik merch: ruchkalar, fleshkalar, nishonlar, suvenirlar — matnli qism o‘qilmaydigan hollarda.
Belgi faqat brend ranglarida qo‘llanishi mumkin
(qarang: ranglar tizimi bo‘limi) va kommunikatsion yoki reklama materiallarida logotip o‘rnini bosa olmaydi.
Shrift
Ipak Yuli Bank kommunikatsiyalarida barcha materiallar Suisse Intl shriftiga asoslanadi.

Palitra

Brend ranglari kommunikatsiyalarning vizual yaxlitligini belgilaydi. Faqat tasdiqlangan ranglardan foydalaning va logotipning har qanday fonда o‘qilishini ta’minlang.
Ranglar tizimi
Logotipning rang kombinatsiyalari
Har qanday fonda logotip ikki qatorli yoki bir qatorli bo‘lishi mumkin — material formatiga qarab mos variantni tanlang.

Fon #02691A yoki boshqa to‘q rang bo‘lganda qo‘llanilsin.

Fon #4CEA4C yoki boshqa yorqin yashil bo‘lganda qo‘llanilsin.

Fon #FFFFFF bo‘lganda (qog‘oz/interfeys) qo‘llang.
Mono-variant
Monoxrom versiyalar faqat brend ranglaridan foydalanishning imkoni bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi.
Ular logotipni soddalashtiradi va taniluvchanlikni kamaytiradi, shuning uchun standart materiallar uchun mos emas.

Muhim
Elementlar orasidagi lokal nisbatlarni o‘zgartirish mumkin emas (kul ranglar yoki yarim tonlar qo‘llanilmaydi).
Faqat toza oq yoki toza qora rangdan foydalaniladi.
Materiallarda qo‘llash
Ushbu bo‘lim Ipak Yuli Bank logotipini turli formatlarda — bosma materiallardan tortib raqamli ko‘rinishlargacha — qanday joylashtirish kerakligini belgilaydi.
Asosiy qoida — logotip o‘qiladigan bo‘lishi, maketni ortiqcha yuklamasligi va brendga xos nisbatlarni saqlashi.



Kobrending
Kobrending kompozitsiyasi shunday quriladiki, Ipak Yuli Bank logotipi va hamkor logotipi teng darajada va muvozanatli ko‘rinsin. Asosiy prinsip — optik muvozanat: har ikkala belgi bitta tizim sifatida qabul qilinishi va vizual og‘irlik bir tomonga og‘masligi kerak.


Joylashtirish prinsipi
Tartib — логотип Ipak Yuli Bank всегда располагается первым (слева или сверху).
Bog‘lanish — logotiplar orasiga hamkorlikning neytral ramzi sifatida “×” belgisi qo‘yiladi.
Oraliqlar
· Bank logotipidan “×” belgigacha — 0.5X
· “×” belgidan hamkor logotipigacha — 0.5X
bu yerda X = brend belgisi (ikonka) kengligi
· Barcha kompozitsiya uchun safe zona — chetlarda kamida 0.5X
Vizual muvozanat
· Logotiplar balandlik yoki kenglik bo‘yicha qat’iy tekislanmaydi — dizayner ularni optik ravishda baholaydi.
· Bir logotip ikkinchisidan vizual jihatdan «og‘irroq» ko‘rinmasligi kerak.
· Belgilar proporsiyalari turlicha bo‘lsa, muvozanatni saqlash uchun kichik o‘lcham farqiga ruxsat beriladi.