Texnomartda Woman Card bilan yangi turmush qurganlar uchun sovg‘alar

Woman Card bilan yangi turmush qurganlar uchun 33% gacha chegirma
2026-yil 7-oktyabrdan 25-oktyabrgacha Woman Card egalari maxsus ro‘yxatdagi mahsulotlarni 10% dan 33% gacha chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Birgalikdagi hayotning boshlanishi — katta xaridlar davri. Ipak Yuli Bank va Texnomart yangi turmush qurganlar uchun maxsus mahsulotlar to‘plamini tayyorladi. Woman Card bilan to‘lov qilganda ushbu mahsulotlarni 10% dan 32% gacha chegirma bilan xarid qilish mumkin.


Texnomart bilan birgalikda yosh oilalarga yangi uylarini jihozlashda asqatadigan mahsulotlarni jamladik: idish-tovoqlar va kichik maishiy texnikadan tortib muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari va televizorlargacha.

 

Chegirmani qanday olish mumkin?

1. Texnomartning maxsus ro‘yxatidan kerakli mahsulotni tanlang.

2. Xarid vaqtida WMNCRD promokodidan foydalaning.

3. Tanlangan mahsulotni 10% dan 32% gacha chegirma bilan xarid qiling.


Chegirma faqat maxsus ro‘yxatdagi mahsulotlarga amal qiladi va Texnomartning boshqa takliflari bilan birlashtirilmaydi, agar hamkor tomonidan boshqacha shart belgilanmagan bo‘lsa.

 

Qanday mahsulotlarni chegirma bilan xarid qilish mumkin?

Aksiya doirasida oshxona, uy-ro‘zg‘or va kundalik hayot uchun kerakli mahsulotlar jamlangan:

- muzlatgichlar va kir yuvish mashinalari;

- televizorlar;

- idish-tovoqlar va oshxona anjomlari;

- aerogrillar va mikroto‘lqinli pechlar;

- qahva mashinalari va sharbat chiqargichlar;

- changyutgichlar;

- gaz plitalari va pishirish panellari;

- dazmollar, kiyim bug‘lagichlar va boshqa maishiy texnika.

Mahsulotlarning to‘liq ro‘yxati va har biri uchun belgilangan chegirma miqdori aksiya shartlarida ko‘rsatilgan.

 

Yangi uy uchun kerakli barcha narsalar — Woman Card bilan

Chegirmani qanday olish mumkin

1
Texnomartning maxsus ro‘yxatidan kerakli mahsulotni tanlang
2
Xarid vaqtida WMNCRD promokodidan foydalaning
3
Tanlangan mahsulotni chegirma bilan xarid qiling