60 kunlik Yandex Plus obunasi sovg‘a
Tavallud kuningizga 60 kunlik Yandex Plus sovg‘a
Ipak Yuli Bank mijozlarni tavallud kuni bilan tabriklaydi va 60 kunlik Yandex Plus obunasini qo‘shimcha to‘lovsiz sovg‘a qiladi.
2026-yil 15-iyuldan 31-dekabrgacha Ipak Yuli Bankning ayrim mijozlari tavallud kuni munosabati bilan 60 kunlik Yandex Plus uchun shaxsiy promokod olishlari mumkin.
Sovg‘ani qanday olish mumkin
Agar Siz aksiya ishtirokchisiga aylansangiz, biz Sizni tavallud kuningiz bilan tabriklaymiz va shaxsiy promokodni Ipak Yuli Mobile orqali yuboramiz.
Obunani faollashtirish uchun:
1.Yandex Plus promokodini faollashtirish sahifasiga o‘ting.
2.Yandex ID hisobingizga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.
3.Shaxsiy promokodingizni kiriting.
4.Obunani faollashtirish uchun servis ko‘rsatmalariga amal qiling.
Agar Sizda Yandex Plus obunasi allaqachon mavjud bo‘lsa
Sovg‘adan baribir foydalanishingiz mumkin.
Faol obunasi bo‘lmagan mijozlar 60 kunlik Yandex Plus, faol obunasi mavjud mijozlar esa 60 kunlik Plus Multi obunasini qo‘shimcha to‘lovsiz oladi.
Muhim ma’lumot
Promokod shaxsiy bo‘lib, faqat Bank tomonidan yuborilgan mijoz uchun mo‘ljallangan. Promokodni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.
Agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, promokodni olingan kundan boshlab bir yil davomida faollashtirish mumkin.
Sovg‘a muddati tugagach, obuna uzaytirilgan sanadagi amaldagi tarif bo‘yicha avtomatik ravishda uzaytiriladi.
Promokodlar soni cheklangan. Promokod taqdim etish to‘g‘risidagi qaror Bank tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
Aksiya 2026-yil 15-iyuldan 31-dekabrgacha amal qiladi.