Taassurotlar hisobingizni to‘ldiring

“Taassurotlar hisobini to‘ldiring” aksiyasi
Ipak Yuli Bank Mastercard World Elite kartasi bilan kundalik xaridlaringizni ajoyib sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga aylantiring!
Aksiyada ishtirok etish uchun:
1. Ipak Yuli Bank Mastercard World Elite kartasini rasmiylashtiring;
2. Kamida 50$ miqdorida xarid amalga oshiring (xaridlar qancha ko‘p bo‘lsa, yutish imkoniyati shuncha yuqori).
Shartlarni bajargan mijozlar avtomatik ravishda oraliq va asosiy sovrinlar o‘yinida ishtirok etadi.
Aksiya bosqichlari va oraliq sovrinlar
1-bosqich: 2025-yil 18–27-dekabr
Sovrin: Toshkent – Amirsoy – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 5 kishilik vertolyot safari
O‘yin sanasi: 2025-yil 30-dekabr
2-bosqich: 2025-yil 28-dekabr – 2026-yil 6-yanvar
Sovrin: 5 kishilik havo sharida parvoz
O‘yin sanasi: 2026-yil 9-yanvar
3-bosqich: 2026-yil 7–16-yanvar
Sovrin: premium restoranda gastro-kecha:
– juftlik uchun — Ember & Embar restoranida 2 kishilik kechki ovqat (g‘olib nikohda bo‘lmagan taqdirda);
– oilaviy — Novikov Cafe restoranida 5 kishilik kechki ovqat (g‘olib nikohda bo‘lgan taqdirda).
O‘yin sanasi: 2026-yil 19-yanvar
Oraliq sovrinlar g‘oliblarini aniqlash
Bankning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida tasodifiy sonlar generatori yordamida onlayn formatda o‘tkaziladi.
Asosiy sovrinlar
Uchala bosqich ishtirokchilari quyidagi asosiy sovrinlar o‘yinida ham qatnashadi:
– Mavrikiyga 2 kishilik sayohat;
– Filippinga 2 kishilik sayohat;
– Dubayga 2 kishilik sayohat.
Bosh sovrinlar g‘oliblarini aniqlash: 21-yanvar 2026-yil.
G‘oliblar 2026-yil 21-yanvarda maxsus tadbirda, shuningdek Bankning rasmiy sahifalarida jonli efir orqali e’lon qilinadi.